Javob: 10 kun, 15 kun.
9-masala. Hovuzni ertaga soat 16:00 gacha to’ldirish uchun bugun soat 13:00 da bitta quvurni ochishdi. Lekin hovuzni soat 12:00 gacha to’ldirish kerak bo’lgani uchun birordan vaqtdan so’ng ikkinchi quvur ochib qo’yildi. Ikkinchi quvurni soat nechada ochishgan? Javob: ertalab soat 8:00 da
10-masala. Bir kombayn daladagi hosilni 15 soatda, boshqasi esa shu hosilni 10 soatda yig‘ib oladi. Ikkala kombayn burgalikda hosilni nechi soatda yig‘ib oladi?
Yechish:1-tenglikda 𝑥 = 15, 𝑦 = 10 deb 𝑧 ni topamiz:
1 1 1 5 1
= + = = , 𝑧 = 6.
𝑧 15 10 30 6
Javob:6 soatda. 11-masala. Ali o‘rtog‘I bilan ishning 20% bajardi. Keyin o‘zi 4 kun ishlab qolgan ishning 25% ni bajardi. Ali bu ishning hammasini necha kunda bajara oladi?
Yechish: Ali 4 kunda qolgan 0,8 qism ishning 25% ni bajardi.
Demak, u 4 kunda jami ishning
20%
ni bajardi. Bu yerdan Ali 20 kunda ishning 100% ni bajarishi kelib chiqadi.
Javob: 20 kunda. Mustaqil bajarish uchun masalalar. 5-topshiriq. Bir ishni bir ishchining yolg’iz o’zi 𝑎 kunda, ikkinchi ishchi shu ishni 𝑛 kun kechroq, uchinchisi esa 𝑛 kun tezroq bajara oladi. Shu ishni uchalovi birga ishlasa, necha kunda bajara oladi?
Hovuzga 3 ta quvur o’tkazilgan bo’lib, birinchi va ikkinchisi uni to’ldiradi, uchinchisi bo’shatadi. Birinchi quvur yolg’iz o’zi hovuzni 5 soatda, ikkinchisi yolg’iz o’zi 3 soatda to’ldira oladi, uchinchisi to’la hovuzni 2 soatda bo’shatadi. Uchala quvur birga ishlasa, bo’sh hovuzni necha soatda to’ldiradi?
Bir ishni birinchi mashinistkaning yolg’iz o’zi 18 soatda, ikkinchisi yolg’iz o’zi 24 soatda tamomlaydi. Ikkalovi shu ishni bajarishga kirishdi. Lekin ma’lum vaqtdan so’ng ikkinchisiga boshqa ish topshirildi. Qolgan ishni birinchi mashinistka 4 soatda tamomladi. Birinchi mashinistka hammasi bo’lib necha soat ishlagan?
Rezervuarga ikki jo’rak orqali suv oqib kiradi. Agar har ikki jo’mrak orqali 10 minut suv oqib kirgach, ikkinchisi yopib qo’yilsa, rezervuar 3 minutdan so’ng to’lad. Agar har ikki jo’mrakdan 8 minut suv oqib kirgach, birinchisi yopib qo’yilsa, rezervuar 12 minutdan so’ng to’ladi. Har bir jo’mrak yolg’iz o’zi rezervuarni qancha vaqtda to’ldira oladi?
6 kg quruq o’tin va 8 kg kokos yoqilsa, 74800 kkal, agar 20 kg quruq o’tin 7 kg kokos bilan yoqilsa, 109700 kkal issiqlik chiqadi.
1 kg o’tin va 1 kg kokos qanchadan issiqlik chiqaradi?
Fermer yerini qismini ikki traktor 4 kunda haydaydi. Hamma yerni birinchi traktor yolg’iz o’zi ikkinchisidan 5 kun tez hayday oladi. Hamma yerni ularning har biri necha kunda hayday oladi?
Kinozaldagi tomoshabinlar ikki eshikdan 3 minutda chiqib keta oladi. Agar birinchi eshikning o’zi ochilsa, faqat ikkinchi eshikning o’zidan chiqarilganga qaraganda 4 minut vaqt kam vaqt ketadi. Har bir eshikning o’zidan tomoshabinlar necha minutda chiqib keta oladi?
Bir ishni bir brigada 3,5 kun ishlagandan so’ng, qolgan ishni boshqa brigada 6 kunda tamomladi. Hamma ishni ikkinchi brigada yolg’iz o’zi birinchisining o’ziga qaraganda 5 kun keyin tamomlardi. Har qaysi brigada shu ishni necha kunda tamomlay olardi?
Brigada soatiga 8 metr sim tortib topshiriqni soat 16 da tamomlashi mumkin edi. Topshiriqning yarmi bajarilgandan so’ng, bir kishi ketib qoldi, natijada brigada soatiga 6 metr sim torta boshladi va ishni soat 18 da tugatdi. Bridgada necha metr simtortgan va ishni necha soatda tugatgan? 10. Hovuz ikki quvur bilan 𝑝 soatda to’ladi. Agar uning 1 qismini
𝑛
birinchisi, qolgan qismini ikkinchisi to’ldirganda edi, 𝑎 soat ketardi. Quvurlarning har biri hovuzni qancha vaqtda to’ldira oladi?
Temir yo’l shpalini ikki brigada yotqizdi. Bunda ikkinchi brigada ishga tushguncha birinchisi 𝑡 kun ishlab, temir yo’lining 𝑆 km qismiga shpal yotqizib bo’lgandi. Ikkinchi brigada ishlagan vaqtda birinchisiga qaraganda kuniga 𝑚 kilometr ko’p shpal yotqizdi va butun ish vaqtida birinchidan 𝑛 km kam shpal yotqizdi. Har biri kuniga necha kilometr shpal yotqizgan?
Traktor 𝑎 metr yurgandan so’ng uning old g’ildiragi orqasinikidan 𝑏 ta ortiq aylanib chiqadi. Orqa g’ildirak aylanasi oldidagining aylanasidan 𝑐 metr uzun bo’lsa, har birining uzunligini toping.