# Quyida qaysi javobda zamonaviy tarbiya mazmunining tamoyillarini modellashtirish to’g’ri berilgan? -J: Maqsadning aniqligi,birgalikdagi faoliyat, o‘z-o‘zini anglash. iroda erkinligi,tarbiyaning shaxsga yo‘naltirilganligi, jamoaning ta’siri.
# O‘qituvchi tomonidan ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat: - J: Rejalashtirish, tashkil etish, o‘quv harakatlar,natijalarni baholash va tahlil qilish.
# Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida yuksak mahoratli omilkor o‘qituvchini shakllantirish nechta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi? - J: Uchta, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bazaviy puxta tayyorgarlik (kasbiy va pedagogik-psixologik bilimlar); metodologik bilimlarni egallash madaniyati; pedagogik ijodkorlik va kreativlik.
# Ta’lim jarayonida o‘qituvchining ijodiy kayfiyatini boshqarishga ta’rif bering. -J: Ijodiy kayfiyat bu – o‘qituvchining ruhiy holatini bir maromda ushlab turuvchi, kasbiy jihatdan ijodkorligini ta’minlovchi, kasbiy xususiyatlarining o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatuvchi, o‘quvchilar jamoasiga tez kirishib ketishini ta’minlovchi vositadir.
# O‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘rishda qaysi talablardan foydalanib, o‘z imkoniyatlariga erishishadi? -J: Ta’limiy;tarbiyaviy; rivojlantiruvchi;
# Mahoratli o’qituvchi ta’lim jarayonida darsning quyidagi turlarigaamal qiladi.Bu…… -J: Aralash darslar;yangi materiallar bilan tanishish darslari; bilimlarni mustahkamlash va takrorlash darslari; o‘rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish darslari; ko‘nikma va malakalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari; bilimlarni tekshirish darslari;
# Texnik jihatdan nutqiy tajribaga ega bo‘lgan o‘qituvchining nutqi quyidagilarni ta’minlashi kerak. Bu….. - J: O‘qituvchi va uning tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi o‘zaro munosabati va mahsuldor muloqotini; ta’lim jarayonida bilimni to‘la qabul qilinishi, anglanishi va mustahkamlanishi;