020 yil musiqa lotin + 1-2 chorak indd



Yüklə 5,43 Mb.
səhifə5/29
tarix21.09.2023
ölçüsü5,43 Mb.
#129168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Kitob Darsliklar 5-sinf Musiqa

dars. SIMFONIK ORKESTR VA UNING TORLI-KAMONLI CHOLG‘ULAR GURUHI

Simfonik orkestr–orkestr turlari ichida butun dunyoga keng tarqalganligi bilan barchaga ma’lum. Uning tarkibiga kiradigan cholg‘ular va ijro yo‘nalishlari asosan XVIII asrda shakllangan. Nemis kompozitori – Y.Gaydn, V.Motsart, Lyudvig Van Betxoven, rus kompozitori Pyotr Ilich Chaykovskiy, o‘zbek kompozitori Mir- sodiq Tojiyevlar simfonik orkestr uchun yuksak ijod namunalarini yaratib, simfoniya, konsert, poema, uvertyura kabi janrlardagi asarlarni yozib qoldirishdi. Bu orkestr uchun ko‘plab yangi avlod kompozitorlari ham namunali asarlar yaratib kelmoqdalar.


Simfonik orkestrda cholg‘ular 4 guruhga bo‘linadi va par- titurada yuqoridan pastga quyidagicha joylashadi:

    • Yog‘och damli cholg‘ular;

    • mis damli cholg‘ular;

    • urma-zarbli cholg‘ular;

    • torli-kamonli cholg‘ular.

Torli-kamonli cholg‘ular guruhi – orkestrning eng asosiy guruhi hisoblanadi. Bu guruhga I, II skripkalar, alt, violonchel, kontra- baslar kiradi va ular 5 ta nota qatorlarini egallab, partituralarning eng pastki qismidan joy olgan. Sanab o‘tilgan cholg‘ular asar- ning asosiy kuy yo‘llarini ijro etish bilan birga yo‘ldosh ohanglar va usul-garmoniya ko‘rinishlarida jo‘r bo‘lishlari ham mumkin.




Sinf fonotekasidan To‘lqin Qurbonovning “To‘yona”, Mirxalil Mahmudovning “Muhammasi ufor” asarlarini tinglang.






Skripka
Alt

Violonchel


Kontrabas






& MUSIQADA DINAMIK BELGILAR
Kuy-ohang, qo‘shiqlar ijrosi yoqimli bo‘lishi yoki biror musiqiy
obraz ta’sirini boyitib, tinglovchilarga eshittirish uchun musiqada dinamik belgilar qo‘llaniladi. Tovush qanday kengaytirilishini ko‘rsatuvchi, italyanchadan olingan bu belgilar nomlanishi va ma’nosini butun dunyo musiqalari bir xil tushunadilar.
Aziz o‘quvchilar ! Avvalgi sinflarda dinamik belgilardan p, f bilan tanishgan edingiz, endi esa ushbu belgilardan qolganlarini o‘rganamiz.
Dinamik belgilar quyidagicha yoziladi va talaffuz qilinadi:

Yüklə 5,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin