Pararotatsizmlar. Bularning turi ham har xil: chunonchi «г» tovushi o‘rniga «а», «V», «d» tovushlari va boshqalar talaffuz etilishi mumkin. Masalan archa-adcha, ari-adi, xo‘roz-xo‘noz, o‘rik-o‘niq, archa-aycha, anor-anoy, archa-avcha.
Rotatsizm va pararotatsizmlarni bartaraf etishda turli metodlarni qo'llash mumkin.
Oynaga qarab taqlid qilish. Bu usul eng oson, yengil rotatsizmlarni bartaraf etishda qo‘llaniladi. R tovushining artiku- latsiyasini o‘rgatishda tayyorlov mashqlarining roli nihoyatda katta. Ular ikki yo‘nalishda olib boriladi.
Birinchisi r tovushining asosan vibratsiyasiz artikulatsiyasini o'rgatish, ya’ni frikativ r ni hosil qilish.
Ikkinchisi tilning vibratsiyasini hosil qilish. Shu maqsadda quyidagi tayyorlov mashqlarini o‘tkazish mumkin.
Keng yoyilgan tilni yuqori labga ko‘tarib, tekkazish. Bunda til yonlari ham yuqori labga zich bo‘lib turishi kerak. Pastki lab tilga tegmasligi lozim.
Tilni shu shaklda tutib turib, tishlar orqasiga tortiladi.
Tilning uchi harakatlarini rivojlantirish maqsadida quyidagi gimnastika o‘tkaziladi:
til uchini yuqori labga - pastki labga, yuqori tishlar orasiga - pastki tishlar orasiga qo‘yish.
Chapga-o‘ngga (og‘iz burchaklariga), so‘ngra o‘ngga- chapga harakat qildirish.
D) Lablami aylanasiga yalash; lab va jag‘lar o‘rtasida tilni aylanasiga harakatlantirish (chapdan o‘ngga va teskari yo‘nalishda). Bunda til uchi lablar tashqarisiga chiqib ketmasligiga e’tibor berish kerak. Gimnastikani bolalar oynaga qarab bajarishi lozim.
Tayyorlov mashqlarini o‘tkazishda logoped bolalarga shpatel bilan yordam berishi mumkin yoki bolaning o‘zi barmoqchasi bilan tilni kerakli holatga keltiradi. Bolalar bilan til vibratsiyasini hosil qilish, kerakli holatga keltirishga yordam beradigan mashqlar ham o‘tkaziladi. Bu mashqlarni har xil ovozlarga taqlid qilish tariqasida o‘tkazish va ayni vaqtda bolaga tegishli savollami berib, uni taqlid qilib ko‘rishga undash mumkin, chunonchi, mushuk suvni qanday ichadi? Ot chopganda qanday tovush eshitiladi? va hokazo.
Titrovsiz-frikativ tovushni sh-j tovushlaridan hosil qilish mumkin. Buning uchun og‘izni kattaroq ochib, til uchini alveolalarga tekkazib turi'o, sh yoki j tovushini ayttirish tavsiya etiladi. Keyinchalik bu usulda hosil bo‘lgan tovushni mustahkamlash, avtomatlashtirish maqsadida frikativ tovushni avval bo‘g‘inlarda, so‘ngra so‘z va gaplarda talaffuz etishga o‘rgatish mashqlari o‘tkaziladi. Logoped bu bosqichda frikativ r tovushining to‘g‘ri aytilishiga ko‘proq e’tibor bermog‘i lozim.
Agar sh-j tovushlari ham noto‘g‘ri talaffuz etiladigan bo‘lsa, logoped oldin shu tovushlar talaffuzini o‘rgatishi kerak.
Tilni tebrantirishni ham bir necha usul bilan ishlab chiqish, o‘rgatish mumkin. Oyna qarshisida o‘tirgan bolaga og‘zini keng ochtirib, til uchini yuqori tishlar orqasiga ko‘tarib «z» tovushini cho'zib ayttirish tavsiya etiladi. Shu payt logoped shpatel yordamida tilning tagida tebranma harakatlar qiladi. Natijada r tovushining hosil bo‘lishida ishtirok etadigan titrash hosil bo‘ladi.
Til uchini tepaga ko‘tarib turib, «t» tovushini bir dam bilan ketma-ket bir necha marta talaffuz etiladi. Ayni vaqtda tovushlar qatorining eng oxirini urg‘u bilan talaffuz etmoq kerak
LAMBDATSIZM VA PARALAMBDATSIZM L tovushining noto‘g‘ri talaffuz etilishi lambdatsizmdir. Uni boshqa tovushlar bilan almashtirib talaffuz etilishi paralambdatsizm deyiladi.
L tovushining hosil bo‘lish mexanizmi quyidagicha: bu tovush talaffuzida lablaming qanday holatda bolishi shu tovushdan keyin kelayotgan unliga bog‘liq. Tishlar orasida ma’lum oraliq bo‘lishi kerak. Til uchi yuqori tishlarga yoki milkka tegib turadi. Uning yonlari esa yuqori jag‘ tishlariga tegmasligi kerak, chunki «1» tovushi hosil bo‘lishida havo oqimi yon tomonlaridan o‘tadi. Ba’zilarida havo oqimi bir yondan, ko‘proq chap tomondan chiqadi. Bu normal holatdir. Tilning orqa qismi esa ko‘tarilib, til egar shakliga keladi. Yumshoq tanglay ko‘tariladi. Ovoz boylamlari jipslashadi.
Lambdatsizmning turlari rotatsizmning turlariga o‘xshashdir. Ular quyidagicha:
L tovushi umuman talaffuz etilmasligi, masalan, sholg'om- shog‘om, olcha-ocha;
L tovushini yumshatibroq talaffuz etilishi, masalan, olcha- olcha, olma-olma, lug‘at-lyug‘at.
Burun lambdatsizmi. Bunda yumshoq tanglay tilning orqa qismi bilan jipslashadi, natijada havo oqimi burun bo‘shlig‘idan o‘tadi.
Paralam odatsizmlarga kelganda bularning turlari ham ko‘p, xususan «1» tovushi, «г», «v», «и» tovushlari bilan almashtirilib talaffuz etiladi. Masalan, gilos-givos, olma-ovma; lampa-uampa, olma-ouma, ro‘mol-ro‘mou. Ba’zan «1» o‘rniga ruscha «о‘» tovushiga o xshash tovush talaffuz etilishi mumkin. Masalan, olma-oo‘ma. olcha-oo‘cha, gilos-gio‘os. Paralambdatsizmning boshqa turlarida «1» tovushini «у», «п», «d» tovushlari bilan almashtirilishi mumkin, masalan lampa-yampa, kalish-kayish, lola-nona, lampa-nampa, bola-boda, olma-odma.
Lambdatsizmni bartaraf etishda taqlid yo‘lini qo‘llash kam- dan kam hollarda natija beradi. Chunki uning artikulatsiyasi murakkabroqdir. Bu tovushni talaffuzini yo‘lga qo‘yishdan ol- din tayyorlov mashqlarini o‘tkazish foydalidir. Bularga lablarni cho‘chchaytirish, yoyish, cho‘zish kabi mashqlar kiradi. Til bilan quyidagi gimnastika o‘tkaziladi: tilni keng yoyib ko‘rsatish, kurak shakliga keltirish, uni chaynash, tilning eng keng qismida qog‘ozchani puflab tashlash, tilni keng qilib ko‘rsatish. Shu mashqlar orqali bola havo oqimini tilning yon tomonlaridan chiqarishga o‘rganadi, tilni kerakli holatda ushlay oladi.
«L» TOVUSHI TALAFFUZINI YO LGA QOYISH Logopad oynaga qarab turib logopedning ko‘rsatganini taqlid yo‘li bilan bajaradi. Bunda logoped tilni keng yoyib tishlar orasiga qo‘yadi. Shu holatda bolaga «а» yoki rus tilidagi «о‘» unlilari ayt- tiriladi. Bunda logoped harakatlarni yaxshilab tushuntirib beradi.
Shu holatda aytilgan «а» yoki «о‘» tovushi «е» tovushiga o‘xshab ketadi. Lekin logoped buni bolaga aytishi kerak emas, chunki bola oldin noto‘g‘ri talaffuz etib yurgan 1 tovushiga o‘tib ketadi.
Agar bola yuqorida aytib o‘tilganlarni bajara olmasa shu mashqlarda qiynalsa, havo oqimini tilning yon tomonlaridan chiqara olmasa, og‘iz bo‘shlig‘ini kerakli shaklga keltira olmasa, bola bilan quyidagi tayyorlov mashqlari o‘tkaziladi.
Logoped keng yoyilgan tilini tishlab, lunjlarini bo'rttirib turib puflashi kerak. Bola puflashni o‘rgangandan so‘ng xuddi shu mashqni ovoz chiqarib turib bajaradi. Natijada shovqin aralash «е» tovushi hosil bo‘ladi. So‘ngra «1» tovushi bo‘g‘in va so‘zlardagi talaffuzi avtomatlashtiriladi. Avtomatizatsiyalashtirish davomida shovqinsiz L tovushi hosil bo'lishiga asta-sekin erishiladi. Bu ishni «al» kabi yopiq bo‘g‘inlar talaffuzini mashq qilishdan boshlash maqsadga mu- vofiqdir. Bunday bo‘g‘inlar talaffuzi o‘zlashtirilgandan so‘ng «al-a» so‘ngra «1а» bo‘g‘inlari ustida ish olib boriladi. Keyingi bosqichlarda (Ali) so‘zidagi «i» tovushi, «о» va «o‘»lardan tuzilgan bo‘g‘inlar ustida ish olib boriladi. Masalan, ala, ali, alo, alu, la, lu, li vujudga keltiriladi.
«L» tovushini to‘g‘ri talaffuz etishga o‘rgatishda bolani havo oqimini yon tomonlardan chiqara bilishiga o‘rgatish juda qiyin bo‘ladi. Ayniqsa «1» tovushini «п» tovushi bilan almashtirilishini yengish qiyin. Logoped maxsus zond yoki shpatel bilan tilning yon qismlarini bosib turib, til uchini yuqori tishlarga tekkazib turadi. Bu holda havo oqimi tilning yon qismi bilan yuqori jag‘ tishlari o‘rtasida hosil bo'ladigan yo‘ldan o‘tadi. Zond o‘rniga qalam yoki plastmassadan tay- yorlangan tayoqchani qo‘llash mumkin. Agar «1» tovushi «v» bilan almashtirilsa, logoped pastki labni zond, shpatel yoki barmog‘i bilan tushiradi. Shunday usul bilan paralambdat- sizm tuzatiladi. «L» tovushi o‘zbek tilidagi «V» tovushining tusini qo‘shib turib talaffuz etilishi ham mumkin, masalan: lampa-vampa.
Bu kamchilikni ham lablarning cho‘chchayishiga yo‘l qo'ymasdan, ularni kerakli holatga keltirish yo‘li bilan tuzatish mumkin.
Burun lambdatsizmida havo oqimini og‘iz bo‘shlig‘idan, tilning yon tomonlaridan chiqarishga o‘rgatish kerak.