6.3-rasin. Banklarning orderli chcklari vositasidagi xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
7-importyor chekni eksportyorga uzatadi;
8-eksportyor chekni o‘zining bankiga uzatadi;
9-eksportyoming banki chekni qabul qilib oladi;
10-eksportyoming banki chekni importyoming bankiga jo‘natadi;
11-importyoming banki chek bo‘yicha to‘lovni amalga oshiradi;
12-importyoming banki eksportyoming bankini 11-operatsiya bajarilganligi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi;
13-eksportyoming banki to‘lov so‘mmasini eksportyoming joriy valyuta hisobraqamiga o‘tkazadi;
14-eksportyoming joriy hisobraqamidan ko‘chirma berish.
Rivojlangan xorijiy davlatlaming amaliyotida banklaming orderli cheklaridan eksport-import operatsiyalarini moliyalashtirish jarayonida keng ko‘lamda foydalaniladi.
Banklaming orderli cheklarining muhim afzalliklaridan biri shundaki, ulami indossament vositasida uchinchi shaxsga uzatish mumkin. Demak, orderli cheklar vositasida korxonalar o'rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlikni keskin qisqartirish mumkin.
Sof inkassoning mavjud emasligi naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmini yanada oshirishga to‘sqinlik qiladi. Chunki tijorat veksellari indossament orqali boshqa subyektlarga uzatilishi natijasida, birinchidan, naqd pulsiz to'lovlar hajmini oshiradi, ikkinchidan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlik hajmini qisqartirish imkonini beradi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblaming to'lov talabnomasi shakli bozor iqtisodiyoti munosabatlarining tabiatiga mos kelmaydi. Buning sababi shundaki, to'lov talabnomasi orqali to'lovi undirilmasdan jo'natilgan tovarlar va ko'rsatilgan xizmatlarning summalari to'lanadi. Aslida to'lovi undirilmasdan sotilgan tovarlar kreditga sotilgan deb hisoblanishi va unga ma’lum foizda qo'shimcha to'lov to'lanishi kerak. Yoki to'lovi undirilmasdan sotilgan tovarlar summasiga tijorat vekseli yozilishi kerak. Respublikamiz amaliyotida esa, to'lovi undirilmasdan sotilgan tovarlar kreditga sotilgan deb hisoblanmaydi.
To'lov talabnomasidan foydalanish borasidagi dolzarb muammolardan biri to'lovni solishtirish dalolatnomasi asosida o'z vaqtida undirish muammosi hisoblanadi. Muammoning mohiyati shundaki, ayrim fermer xo'jaiklari xususiy firmalardan tovarlar sotib olganlar. To'lovni undirishda ushbu firmalaming ko'pchiligini yopilib ketganligi qiyinchiliklaming yuzaga kelishiga sabab bo'lmoqda.
Mamlakatimiz amaliyotida to'lovlami amalga oshirishning maqsadli ketma-ketligi qo'llanilmoqda. Ushbu ketma-ketlikda to'lovlami undirishda ustuvorlik Davlat byudjeti oldidagi qarzdorlikni to'lashga qaratiladi. Bunda soliq to'lovlarini keyingi davrlar uchun undirilishi xo'jalik yurituvchi subyektlaming pul oqimiga nisbatan salbiy ta’simi yuzaga keltirmoqda.
6.4-rasm. 0‘zbekiston Respublikasida import hajmi69, mln. AQSH dollari 6.4-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2014-2016-yillarda respublikamizda import hajmi pasayish tendensiyasiga ega bo‘lgan. 2017-yilda esa, import hajmi 2016-yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan. Bu esa, mamlakat iqtisodiyotiga yangi texnika va texnologiyalami tobora katta hajmda import qilinayotganligi bilan izohlanadi.
TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR Hujjatlar aktseptga qarshi; hujjatlar to'lovga qarshi; bitim valyutasi; baholovchi valyuta; bank o‘tkazmasi; chek; sof inkasso; hujjatli inkasso; hujjatlashtirilgan akkreditiv; aktsept aval.
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR Xalqaro hisob-kitoblar nima?
Xalqaro hisob-kitoblaming qanday shartlari mavjud?
To‘lov topshiriqnomalarining qanday afzalliklari va kamchiliklari mavjud?
Cheklaming qanday afzalliklari va kamchiliklari mavjud?
Akkreditivning qanday afzalliklari va kamchiliklari mavjud?
Inkassoning qanday afzalliklari va kamchiliklari mavjud?
69 0‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining statistik byulletenlari ma'lumotlari asosida mualliflar tomonidan shakllantirildi.
Hujjatlashtirilgan akkreditivlaming qanday shakllari bor?
Hujjatlashtirilgan akkreditivlaming qanday turlari bor?
MUSTAQIL O'RGANISH UCHUN TOPSHIRIQLAR Xalqaro hisob-kitoblami amalga oshirish shart-sharoitlari.
Hujjatlashtirilgan akkreditivlar orqali amalga oshiriladigan xalqaro hisob-kitoblar tizimidagi o‘zgarishlar.
Xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish jarayonida tijorat banklari kreditlarining o‘mi.
O‘zbekiston Respublikasida xalqaro hisob-kitob shakllaridan foydalanish amaliyoti.
Banklaming orderli cheklari vositasidagi xalqaro hisob-kitoblar.
Xalqaro savdoda tovarlar bilan bog'liq bo'lgan hujjatlami rasmiylashtirish tartibi.
Cheklaming muddati tugab qolganda xalqaro hisob-kitoblami amalga oshirish tartibi.
Sof inkassoning o'ziga xos xususiyatlari.
Hujjatli inkassoning o'ziga xos xususiyatlari.
Ochiq hisobraqamlar bo'yicha hisoblashishlar va uning o'ziga xos xususiyatlari.
VII BOB. XALQARO KREDIT VA TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI KREDITLASH Xalqaro kreditning tamoyillari va funksiyalari
Xalqaro kreditning tamoyillari (prinsiplari) uning iqtisodiy mohiyatini yanada chuqurroq ochib beradi.
Xalqaro kreditning takror ishlab chiqarish bilan aloqasi uning quyidagi asosiy tamoyillari yoki prinsiplarida ko‘rinadi: