1 -mavzu. Meva-sabzavotlarni quritish texnologiyasi faniga kirish reja


Sabzavotlarning energetik qimmati, 100 g yeyiladigan



Yüklə 249,61 Kb.
səhifə18/56
tarix20.04.2023
ölçüsü249,61 Kb.
#125683
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56
2 5391228724454621497

Sabzavotlarning energetik qimmati, 100 g yeyiladigan
qismi uchun kJ hisobida.(A.A. Kudryasheva ma‘lumoti)

Sabzavotlar

Energetik qimmati

Sabzavotlar

Energetik qimmati

Kartoshka

347

Chuchuk qalampir

113

Batat

251

Baqlajon

100

Karam

117

Bodring

63

Sabzi

138

Tarvuz

159

Lavlagi

201

Qovun

163

Sholg’om

117

Qovoq

121

Pomidor

79

Loviya

134

Piyoz

180

Ko’k no’xat

301

Sarimsoq

444

Ukrop

134



Nazorat savollari:

  1. Uglevodlarni tutgan o’rni.

  2. Sabzavotlar tarkibidagi pigmentlarning vazifasi?

  3. Sabzavotlar tarkibida qaysi organik kislotalar ko’proq uchraydi?

  4. Sabzavotlarni saqlashda kimyoviy tarkibining ahamiyati.

  5. Sabzavotlarni saqlashda kimyoviy tarkibining o’zgarishi.

  6. Sabzavot va poliz mahsulotlari tarkibida vitaminlarning tutgan o’rni.



4-mavzu. MEVA-SABZAVOTLARNI QURITISH MAYDONINI TASHKIL ETISH
REJA:

1.Quritish uchun joy tanlash.


2.Quritish maydonini quritishga tayyorlash.
3.Quritish uchun ishlatiladigan anjom va aslahalar.
4.Quritishda foydalaniladigan moddalar, ularni ishlatish tartibi.


Tayanch so’z va iboralar: konvektiv quritish, kontaktli quritish, radiatsiyali quritish, dielektrik quritish, sublimatsiyali quritish, vakuum, suspenziya.
Quritish jarayoni bo’yicha umumiy tushunchalar
Nam mahsulotlarni qurituvchi agent yordamida suvsizlantirish jarayoni quritish deb ataladi. Bu jarayonda namlik bug’lanish yo’li bilan qattiq faza tarkibidan gaz (yoki bug’) fazasiga o’tadi.
Ho’l meva va sabzavotlarni quritish jarayonini sanoatda tashkil etish katta ahamiyatga ega. Quritilgan mahsulotlarni transport vositasida tashish arzonlashadi, ularning tegishli xossalari yaxshilanadi, mikroblar ta‘siriga kam o’chraydi, saqlanish imkoniyati yuqori va kam joyni talab etadi.
Mahsulotlarni uch xil usulda: mexanik, fizik–kimyoviy va issiqlik yordamida suvsizlantirish mumkin.
Mexanik usul bilan suvsizlantirish ─ tarkibida ko’p miqdorda suv tutgan mahsulotlarni quritish uchun ishlatiladi. Bu usul bilan suvsizlantirishda namlik siqish yoki tsentrifugalarda markazdan qochma kuch yordamida ajratib olinadi. Odatda mexanik yo’l bilan namlikni ajratish ─ mahsulotlarni suvsizlantirishda birinchi bosqich hisoblanadi. Mexanik suvsizlantirishdan so’ng yana bir qism namlik qoladi, bu qolgan namlikni issiqlik yordamida, ya‘ni quritish yo’li bilan ajratib chiqariladi.
Fizik–kimyoviy usul bilan mahsulotlarni suvsizlantirish laboratoriya sharoitlarida ishlatiladi. Bu usul suvni o’ziga tortuvchi moddalar (masalan, sulfat kislota, kaltsiy xlorid) dan foydalanishga asoslangan. Yopiq idish ichida suvni tortuvchi modda ustiga nam mahsulot joylashtirish yo’li bilan uni suvsizlantirish mumkin.
Issiqlik ta‘sirida suvsizlantirish (quritish) oziq–ovqat sanoatida keng ishlatiladi. quritish ko’pchilik ishlab chiqarishlarning oxirgi, ya‘ni tayyor mahsulot olishdan oldingi jarayon hisoblanadi. Ayrim ishlab chiqarishlarda mahsulotlarni suvsizlantirish ikki bosqichdan iborat bo’lib, namlik avval arzon jarayon hisoblangan mexanik usul bilan, so’ngra qolgan namlik quritish yo’li bilan ajratiladi. Mahsulotlar tarkibidan namlikni bunday murakkab yo’l bilan ajratish usuli jarayonning samaradorligini oshiradi.
Quritish ikki xil (tabiiy va sun‘iy) yo’l bilan olib boriladi. Mahsulotlarni ochiq havoda suvsizlantirish tabiiy quritish deyiladi, bu jarayon uzoq vaqt davom etadi. Oziq–ovqat sanoatida mahsulotlarni quritishda sun‘iy usuldan ham foydalaniladi, bu jarayon maxsus quritish qurilmalarida olib boriladi.



Yüklə 249,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin