1 -mavzu. Meva-sabzavotlarni quritish texnologiyasi faniga kirish reja


Quritilgan mahsulotlarning o’rni va ahamiyati



Yüklə 249,61 Kb.
səhifə19/56
tarix20.04.2023
ölçüsü249,61 Kb.
#125683
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56
2 5391228724454621497

Quritilgan mahsulotlarning o’rni va ahamiyati
Quritilishi lozim bo’lgan mahsulotlar uch turga bo’linadi: qattiq (donali, bo’lak–bo’lakli, zarrachali); pastasimon; suyuq (eritmalar, suspenziyalar).
Issiqlik tashuvchi agentning quritilayotgan materiallar bilan o’zaro ta‘sirlashuv usuliga ko’ra quritish quyidagi turlarga bo’linadi:

  1. konvektiv quritish ─ ho’l mahsulot bilan qurituvchi agent to’g’ridan–to’g’ri o’zaro aralashadi;

  2. kontaktli quritish ─ issiqlik tashuvchi agent va ho’l mahsulot o’rtasida ularni ajratib turuvchi devor bo’ladi;

  3. radiatsiyali quritish ─ issiqlik infraqizil nurlar orqali tarqaladi;

  4. dielektrik quritish ─ mahsulot yuqori chastotali tok maydonida qizdiriladi;

  5. sublimatsiyali quritishmahsulot muzlagan holda, yuqori vakuum ostida suvsizlantiriladi.

Oxirgi uchta usul sanoatda nisbatan kam ishlatiladi va odatda quritishning maxsus usullari deb yuritiladi.
Respublikamizda yuqori navli turli xil uzum va mevalar yetishtiriladi. Bu uzum va mevalar kimyoviy tarkibi, ya‘ni qanddorligi hamda vitaminga boyligi bilan shimoliy zonalardagi meva va uzumlardan ancha yuqori turadi. Meva va uzum inson organizmi uchun muhim ahamiyatga ega. Ularda yengil hazm bo’ladigan qand moddalari, organik kislotalar, vitamin va mineral moddalarning ko’pligi meva va uzumni inson organizmi uchun qanchalik ahamiyatli ekanligini bildiradi.
Bizning ho’l meva va uzumni uzoq vaqt saqlashga ham, boshqa uzoq joylarga jo’natishga ham vaqtimiz va imkoniyatimiz bo’lavermaydi. Imkoniyat bo’lgan taqdirda ham maxsus omborlarda meva va uzumni ko’p deganda 5–6 oy saqlash mumkin. Bunday saqlangan meva va uzumlarning sifati pasayadi, fizik og’irligi kamayadi. Shuning uchun ham meva va uzumni quritish muhim ahamiyatga ega. Quritilgan mahsulotni yuklash–tushirish, saqlash juda qo’lay, shu bilan birga bu mahsulotlar har xil ekspeditsiyalar va yo’lovchilar uchun ham bebaho, sifatli mahsulotdir.
Respublikamizning iqlim sharoitining harorati yuqori, havo namligi past bo’lishi meva va uzumni oftobda quritish uchun juda qulay bo’lib hisoblanadi. Oftobda quritilgan mahsulot, sun‘iy quritilganiga nisbatan sifati bo’yicha juda yuqori baholanadi.

Yüklə 249,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin