1 -mavzu. Meva-sabzavotlarni quritish texnologiyasi faniga kirish reja


-mavzu. QUYOSHLI QURITISH USKUNALARI VA ULARNING ISHLASH PRINSIPI



Yüklə 249,61 Kb.
səhifə30/56
tarix20.04.2023
ölçüsü249,61 Kb.
#125683
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   56
2 5391228724454621497

8-mavzu. QUYOSHLI QURITISH USKUNALARI VA ULARNING ISHLASH PRINSIPI.
REJA:

1.Quritishda resurs tejamkor, istiqbolli issiqlik tashuvchilardan foydalanish.


2.Gelioquritgichlarning turlari, tuzilishi va ishlash prinsipi.
3.Quritishda resurs tejamkor, istiqbolli issiqlik tashuvchilardan foydalanish.
4.Quritgichlarda quyosh energiyasini quritish agentiga aylantirish prinsipi. 5.Quritishda. zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish.
Tayanch so‘z va iboralar: konvektiv quritish: tunnelli quritgich, lentali quritgich, barabanli quritgich, mavhum qaynash qatlamli quritgichlar, sochib beruvchi, sublimatsiya, valtsovkali quritgichlar.


Konvektiv usulda quritish: tunnelli quritgichlar.
Meva va sabzavotlarni bu usulda suvsizlantirish keng tarqalgan. Quritish agenti sifatida asosan issiq havodan foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda ilgari qo’llanilgan olov bilan qizdirib quritadigan davriy shkafli, karuselli, kanalli quritgichlar o’rnini, uzluksiz ishlaydigan qurilmalar egallamoqda. Bu quritgichlar kameradan iborat bo’lib, kamera ichida bir–biriga qarama–qarshi harakat qiladigan bir xil uzunlikdagi lentadan tashkil topgan ko’p qavatli to’rli konveyer joylashgan.
Meva va sabzavotlarni quritish uchun kerak bo’lgan havoni bug’ kaloriferlari yordamida isitish amalga oshiriladi, bu kaloriferlar har bir lentaning ishchi va bo’sh oraliqlariga joylashtiriladi. Ajralgan nam havo esa suruvchi ventilyator yordamida chiqarib yuboriladi.
Konveyer tipidagi bug’ quritgichlaridan eng samaradolari — SPK–4G–90, KSA-80, kam quvvatli — SPK-4G-45, SPK-4G-30, SPK-4G-15 va PKS-40, PKS-20, PKS-10.
Oson sharbat ajraluvchi (qorali, o’rik, uzum) mevalarni quritish uchun tunnelli quritgich yaxshi samara beradi. Bu esa balandlik bo’yicha ikki kanalga ajralgan kameradan iborat.
Yuqoridagi kanalida yonish kamerasi bilan gorelkasi, ventilyator, havo taqsimlash sistemasi, ya‘ni ishchi kanalga quritish agentini uzatuvchi qurilmalar joylashtirilgan.
Zamonaviy tunnelli quritgichlarda quritish agenti bo’lib issiq havo hisoblanadi. Bunday tipdagi quritgichlar to’g’ri burchak kesimiga ega bo’lgan uzun kameradan (koridordan) iborat bo’ladi. Kamera ichida vagonetkalarning sekin harakatlanishi uchun temir yo’l izlari o’rnatilgan. Koridorga kiruvchi va undan chiqadigan eshiklar zich yopiladi. Vagonetkalarning ichiga quritiladigan mahsulotlar joylashtiriladi. Qurituvchi agent (havo) kaloriferlardan beriladi. Havo oqimi ventilyatorlar yordamida quritiladigan mahsulotlarga nisbatan to’g’ri yoki qarama–qarshi yo’nalishda harakatga keltiriladi. Vagonetkalar esa mexanik chig’irlar yordamida harakatlanadi.
Tunnelli quritgichlarda qurituvchi agent qisman retsirkulyatsiya qiladi. Bunday qurilmalar katta o’lchamli mahsulotlarni quritish uchun ishlatiladi. Kamchiliklari: quritish tezligi kichik, jarayon uzoq vaqt davom etadi, quritish bir me‘yorda bormaydi, qo’l kuchidan foydalaniladi.



Yüklə 249,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin