1 – mavzu: Tilning sistema ekanligi. Sistema va struktura. Til sistemasining ichki tuzilish xususiyati. Fonetika va fonologiyaga oid g‘oyalar. Rus va chet el fonologik maktablari. O‘zbek (rus) tilshunosligida fonetika va fonologiya


Fonologik oppozitsiya va korrelyasiya



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə12/18
tarix09.05.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#126658
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
1 – mavzu Tilning sistema ekanligi. Sistema va struktura. Til s (1)

 

  •  
  • Fonologik oppozitsiya va korrelyasiya.
  • Fonologik oppozitsiya ikki fonemaning bitta farqlanish belgisi asosida o‘zaro zidlanishdir. Masalan, "p" (jarangsiz) va "b" (jarangli) undoshlari jarangsiz-jarangli belgisi asosida bir oppozitsiyaga birlashadi: p - b kabi. Bu ikki fonemaning boshqa belgilari farqlanmaydi: p (lab-lab) b (lab-lab), p (portlovchi) b (portlovchi) kabi. Demak, undosh fonemalarga xos bo‘lgan uchta fonologik belgidan (artikulyasiya o‘rni, artikulyasiya usuli va jaranglilik - jarangsizlik belgilaridan) faqat bittasi (so‘nggisi) p - b oppozitsiyasiga asos bo‘lgan. Shuning uchun u "birlik oppozitsiya" sanaladi .

Prof. A.Abduazizovning ta'kidlashicha, hozirgi o‘zbek adabiy tili konsonantizmi tarkibida quyidagi birlik oppozitsiyalar bir:

  • Prof. A.Abduazizovning ta'kidlashicha, hozirgi o‘zbek adabiy tili konsonantizmi tarkibida quyidagi birlik oppozitsiyalar bir:
  • 1. Talaffuzda ishtirok etuvchi asosiy nutq a'zosi va tovushning hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra:
  • a) labial-til oldi (dental, alveolyar) undoshlar oppizitsiyalari:
  • (p-t)+(b-d) + (m-n) + (f-s) + (v-z) + (f-sh)+(v-l)+(v-r);
  • b) labial-til o‘rta undoshlari oppozitsiyalari: (f-y)+(v-y);
  • d) labial-til orqa undoshlari oppozitsiyalari: (p-k)+(b-g) )+( (f-x)+(v-g);
  • e) labial bo‘g‘iz undoshlari oppozitsiyalari: (f-h)+(v-h);
  • f) til oldi-til orqa undoshlari oppoziyalari:
  • (t-k)+(t-q)+(d-g)+(s-x)+(z-g‘)+(n-ng);
  • e) til oldi-bo‘g‘iz undoshlari oppozitsiyalari:
  • (s-h)+(z-h)+(sh-h)+(j-h)+(ch-h)+(dj-h). Bunda (ch-h) va (dj-h) zidlanishlari "ikkilik oppozitsiyalar bo‘ladi", chunki ularda "til oldi-bo‘g‘iz undoshi" belgisidan tashqari, ikkinchi differensial belgi ham bor: ch (qorishiq portlovchi) -h (sirg‘aluvchi), -dj (qorishiq portlovchi)-h(sirg‘aluvchi) kabi.

2. Artikulyasiya usuli va to‘siqning qanday hosil bo‘lishiga ko‘ra:

  • 2. Artikulyasiya usuli va to‘siqning qanday hosil bo‘lishiga ko‘ra:
  • a) portlovchi-sirg‘aluvchi undoshlar oppozitsiyalari: (p-f)+(b-v)+(t-s)+(d-z)+(t-sh)+(d-j)+(k-x)+(g-g‘)+(q-x)+(k-h)+(g-h);
  • b) portlovchi-affrikatalar oppozitsiyalari: (t-ch)+(d-dj);
  • v) sirg‘aluvchi-affrikatalar oppozitsiyalari: (sh-ch)+(j-dj);
  • g) potrlovchi-burun sonanti oppozitsiyalari: (b-m)+(d-n)+(g-ng);
  • d) sirg‘aluvchi-sonantlar oppozitsiyalari: (z-l)+(j-r);
  • e) shovqinli sonant-burun sonanti oppozitsiyalari: (v-m)+(l-n)+(r-n);
  • j) yon sonant-titroq sonant oppoziyasiyasi: (l-r)
  • 3. Jarangsizlik-jaranglilik belgilariga ko‘ra: (p-b)+(t-d)+(s-z)+(f-v)+(k-g)+(sh-j)+(ch-dj)+(x-g‘)

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin