3. Fonema nutq oqimining bo‘linmas birligidir. Bunday ta'rif ham L.V. Shcherba nazariyasiga tayanadi. U fonemaning nutq oqimida bo‘laklarga ajralmasligini, masalan, a fonemasi ad so‘zida olti xil tovush tarzida talaffuz qilinadi - cho‘ziq , qisqa bo‘lishi , bir ko‘rinishdan ikkinchi ko‘rinishga ohista o‘tishi mumkin bo‘lsa-da , artikulyasion-akustik jihatdan har xil bo‘lgan bu tovushlar bir a fonemasi sifatida idrok qilinadi , demak , fonema lisoniy nuqtai nazardan eng kichik , bo‘linmas til elementi hisoblanadi .

O‘zbek tilshunosligida fonetika va fonologiya

O‘zbek tilshunosligida tilning fonetik-fonologik tizimlarini aniqlash ishiga dastlab ( XX asrning birinchi choragida) adabiy til , alifbo va imlo masalalari doirasida yondashilgan edi: ayni shu yillarda " Chig‘atoy gurungi " jamiyati a'zolari faol ish olib borganligi tarixdan ma'lum . Bu jamiyat a'zolari nomidan 1921 yilning 2 -yanvarida 1 - o‘lka til va imlo quriltoyida ma'ruza o‘qigan Fitrat " Olti cho‘zg‘ili imlo qabul etilsin " degan edi , shu yig‘ilishda so‘zga chiqqan Ashurali Zohiriy o‘zbek tili unlilari ( cho‘zg‘ilari ) 6 ta emas , 5 tadir , deydi . O‘zbek tili unlilari Toshkent shevasining 6 unlisiga asoslanganligini Y.D. Polivanov ham ta'kidlaydi .
9 unlili vokalizm tarafdorlarining o‘sha yillarda faollashuvida 1926 - 1927 yillarda yuzaga kelgan "Birlashgan (mushtarak ) turk alifbosi " yaratish g‘oyasining ham ta'siri bo‘lganligi shubhasiz , chunki bunday mushtarak alifboning yaratilishida ko‘pchilik turk-tatar tillariga xos bo‘lgan singarmonizm qonuniyatining hisobga olinishi taqozo qilinardi . Masalaning bunday hal etilishiga e'tiroz bildirgan Botu ( M. Hodiyev ) o‘zining bir maqolasida shunday deydi : " Biz mushtarak alifbe qabul qildik ; to‘qqiz cho‘zg‘i oldik , biroq , janjal butunlay yeshilgani yo‘q . To‘qqiz cho‘zg‘ining tilimiz uchun ozligini da'vo qiluvchilar bo‘lgani kabi , bularning ko‘pligini isbot etuvchilar ham bor . Albatta , bu masalani" mushtarak alifbedan chetga chiqish yaramaydi " nuqtai nazaridan hal etishga to‘g‘ri kelmaydi . Ozarbayjon ham mushtarak alifbeni butunlay qabul qilishni rad qilgan . O‘zbek tilining xususiyati , taraqqiysi o‘zbek yangi alifbesida bir qancha yangiliklarni to‘ldirishni talab qilar ekan , mutaassiblik qilish yaramaydi .