xavfsizligi sohasida ilmiy bilimlarni tashkil qilishda xavflarni taksonomiyalash muhim rol
o'ynaydi va ularning tabiatini chuqur bilishga undaydi.
Hozircha xavflarning yetarlicha to'liq, mukammal taksonomiyasi yaratilmagan. Bu
o'qituvchi va olimlar oldida kelgusida juda katta ilmiy izlanishlar olib borishini ko'rsatadi.
Nomenklatura - ma'lum belgilariga ko'ra tizimlashtirilgan xavfli nom va so'zlar
ro'yxatidir. Hozirgi kunda xavflarning nomenklaturasini umumiy holda alfavit tartibida
quyidagicha keltiramiz: Ajal, alanga, alkogol, buzilish, vakuum, vulkan, vahima, gaz, gerbitsid,
dahshat, dard, dinamik zo'riqish, yemirilish, yomg'ir, yong'in, zahar, zilzila, ifloslanish, ichkilik
kasalligi, kamchilik, kuyish, lat yemoq, loyqalanish, lazer nurlari, magni maydoni, momaqaldiroq,
meteoritlar, mikroorganizmlar, namlanish, plusatsiya, pasayish, radiatsiya, rezonans, sog'aymoq,
saqlanish, sirpanish, tebranish, tok urishi, toymoq, uzilish, urmoq, ultratovush, hujum, xavf,
.charchash, shamol, shovqin, elektr toki, elektr maydoni, yaxmalak hamda yadro.
Aniq ilmiy izlanishlar olib borilganda, har bir alohida obyektlar uchun (ishlab chiqarish,
sexlar, ish joylari, jarayonlar, kasblar va hokazo) xavflar nomenklaturasi tuziladi.
Dostları ilə paylaş: