1-AMALIY MASHG’ULOT Mavzu: Yerning geologik evolutsiyasi.
Mashg’ulotning ta’limiy maqsadi: Yerning geologik evolutsiyasi to’g’risida bilimlar berish.
Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: Organik olam evalutsiyasini isbotlashda tarixiy, dolzarblik prinsiplari asosli ekanligiga talabalarni ishontirish.
Mashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: Talabalarning bilimlarni kengaytirish va ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish.
Jixozlar: Yerning geologik evolutsiyasiga oid rasmlar va multimediyani noutbuk, proyektor orqali ko’rsatish.
Mashg’ulotning borishi: 1.Tashkiliy qism.
2.Talabalarni mashg’ulot mavzusi
3.Yangi mavzuni o’rganish.
Mavzu 4 qismga ajratiladi. 1. Yer taraqqiyotining astronomik bosqichi
2. Yer taraqqiyotining geologik bosqichi
3. Yer taraqqiyotining biologik bosqichi.
4. Yer taraqqiyotining antropogen bosqichi.
Ushbu qismlar bo’yicha talabalar 4 kichik guruhga bo’linadilar.
Mavzu mazmuni: Yerning paydo bo‘lishi haqidagi hozirgi zamon nazariyalariga ko‘ra, yer murakkab taraqqiyot bosqichlarini o‘z boshidan kechirgan. So‘nggi yillardagi ma’lumotlarda keltirilishicha, yer taraqqiyotining astronomik, geologik, biologik va antropogen bosqichlarini ajratish mumkin.
Astronomik bosqich 5–4,6 mlrd yillar oralig‘ini o‘z ichiga oladi. Bundan 5 mlrd yil oldin koinotdagi disksimon gaz va chang massasining gra-vitatsion mexanik quyuqlashuvi oqibatida Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralar singari yer ham sharsimon shaklga ega bo‘lgan. Yer tarkib topib borayotgan vaqtda radioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik hisobiga, uning ichki qismi asta-sekin qizib, moddalarning saralanishiga olib kelgan. Oqibatda yerning turli
qatlamlari hosil bo‘la boshlagan, vulqonlar harakatlanishi kuzatilgan.
Vulqon va tektonik harakatlarning boshlanish paytidan yerning geologik bosqichi boshlangan. Yer po‘sti yuzlab million yillar davomida doimiy ravish-da o‘zgarib turgan, materiklar goh shakllanib, goh parchalangan. Materiklar doimiy harakatda bo‘lgan va ba’zida birlashib yirik materiklarni hosil qilgan. Yerda 3,8 mlrd yil avval hayot paydo bo‘lishi bilan yer taraqqiyotining biologik bosqichi boshlangan. Yerda dastlabki odamlarning paydo bo‘lishi (3–1,5 mln yil) antropogen bosqichni boshlab bergan.
Yerning geologik taraqqiyot tarixi, uning rivojlanish davrlari va rivojlanish bosqichlariga ajratish bilan ko‘plab geologlar shug‘ullanganlar. Natijada geoxronologiya paydo bo‘lgan. Geoxronologiya (geologik yilnoma) – yer po‘stidagi tog‘ jinslarining hosil bo‘lish ketma-ketligi va yoshi haqidagi ta’limot. Geoxronologiya mutlaq va nisbiy geoxronologiyaga bo‘linadi. Mutlaq geoxronologiyada yerning yoshi yillar bilan ifodalanadi. Nisbiy geoxronologiyada esa, tog‘ jinslarining ketma-ket qatlamlanib joylanishiga asoslaniladi. Bunga ko‘ra, ustida yotgan qatlam (cho‘kindi jinslar qatlamlarining dastlabki holati buzilmaganda) ostidagidan yosh bo‘ladi.
Tog‘ jinslarining yoshini aniqlashda paleontologik metod ham ishlatiladi. Bu metod hayvon va o‘simliklarning tog‘ jinslaridagi toshqotgan qoldiqlarini o‘rganishga asoslangan. Har qaysi davr uchun o‘ziga xos hayvon va o‘simliklarning toshqotgan qoldiqlari mavjud. Geologlar ko‘p yillik tadqiqotlar natijalarini umumlashtirib, yer po‘stida qat-lamlar yo‘nalishining umumiy ketma-ketligini aniqlaganlar. Keyinchalik bu stratigrafiya shkalasi nomini oldi. Stratigrafik shkala geoxronologiya shkalasi tuzish uchun asos hisoblanadi.
Qadimgi davrlarda yashagan tirik organizmlarning qoldiqlarini o'rganish yer tarixini aniqlashda nihoyatda katta ahamiyatga ega ekanligi М.V.Lomonosov va J. Byuffon tomonidan qayd qilingan. Lekin shunga qaramay, XVIII asr oxiri, XIX asr boshlarida geologiya fanida Kyuvening «halokatlar nazariyasi» hukmronlik qildi. Ingliz olimi Charlz Lyayel (1797-1876) juda ko‘p dalillarga asoslanib, «halokatlar nazariyasi» ga qarshi chiqdi. U ikki tomdan iborat «Geologiya asoslari» degan asarida yer tarixida va hozirgi vaqtda ham o‘z ta’sirini ko'rsatayotgan suv, shamol, vulqonlar otilishi, issiqlik, o‘simliklar, hayvonlar va hokazolardan tashqari, boshqa omillar bo‘lmaganligini ta’kidlaydi. Lyayel birinchi bo‘lib, yer qobig'ini tadqiq qilish uchun tarixiy usulni fanga joriy etdi va bu bilan tarixiy geologiyaga asos soldi. Qayd qilingan faktorlarning sekin, lekin uzoq muddatli muntazam ta’siri tufayli turli geologik davrlarda uzluksiz o'zgarishlar sodir bo’lgan. Uchlamchi zamonni Lyayel eotsen, miotsen va pliotsen davrlarga bo‘lib, ular orasidagi bog'lanishlarni ta’kidlaydi. Chunonchi, eotsenda yashagan organik formalar hozirgilardan farq qilgan. Lyayelning yer qiyofasining sekinlik bilan o‘zgarishi haqidagi ta’limoti hayvonlar bilan o‘simliklar turi doimiy, degan ta’Iimotga qarama-qarshidir. Tabiiyki, Lyayel ta’limoti evolyutsion g‘oyalarning keyingi rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. K. A. Timiryazev Lyayel g'oyasi umuman tabiatshunoslikning, xususan, biologiyaning kelgusi rivojlanishiga, shubhasiz, ta’sir ko‘rsatganligini ta’kidlagan. Lyayel ishlari tufayli tabiatni o‘rganish bo‘yicha tarixiy prinsip joriy etildi va yer tarixini tushuntirishda hozirgi vaqtda ta’sir etayotgan omillarni o‘rganish lozimligi ta’kidlandi.
1. Arxey (eng qadimgi) era bo’lib, 900 mln.yil davom etgan. Unda hayotning izlari topilmagan. Lekin ohaktosh va ko’mirli qatlamlar-prokariotlar (bakteriyalar, ko’k-yashil suv o’tlari) bo’lganligini bildiradi. Ular faqat suvda bo’lmasdan quruqlikda ham yashagan va organik moddalarga ega bo’lgan tuproq hosil qilganlar, arxeyni 2-yarmida fotosintez, jinsiy ko’payuvchi, ko’p hujayrali organizmlar paydo bo’ladi.
2. Proterozoy (dastlabki hayot) erasi 200 mln.yil davom etib unda ko’p quruqliklar hosil bo’lgan. Unda fotosintez qiluvchi o’simliklar aerob organizmlar rivojlanadi. Hayvonlar umurtqalilargacha rivojlanadi. Bu erani oxirida bosh xordalilar paydo bo’lgan, jabra bilan nafas oluvchi hayvonlar paydo bo’ladi.
3. Poleozoy erasi 340 mln.yil davom etib unda hayot ancha takomillashgandir. Unda eukariot organizmlarda skelet hosil bo’ladi.
1. Kembriy erasida iqlim mutadil bo’lib,o’simlik va hayvonlar suvda tarqalgan.
Hayvonlardan ikki pallali chig'anoqli, qorin oyoqli, boshoyoqli molyuskalar, halqali chuvalchanglar, trilobitlar keng tarqalgan. Umurtqalilardan qalqondor baliqlar yashagan, ularda jag' bo'lmagan.
2. Ordavik davrida dengizlar sathi oshib-yashil, qo'ng'ir, qizil suvo'tlari, boshoyoqli, qorinoyoqli molyuskalarning hilma-hilligi ortgan.
3. Sillur davrga kelib quruqlik ko’paygan, suvda yashaydigan o’simliklarni ba’zilari quruqlikda yashashga ham moslashgan. Tuproqda organik moddalar ko’payib zamburug’larni paydo bo’lishiga olib kelgan.
4. Devon davrida quruqlik yanada ko’paya borgan, suvda suyakli baliqlar hosil bo’lgan, panja qanotli baliqlar yashagan, hasharotlar paydo bo’lgan, qirqbo’g’imlar, paporotniklar ko’plab yashagan. Devon oxirida suvda va quruqda yashovchilar ham paydo bo’lgan.
5.Toshko’mir davrida namlik va botqoqlik ko’p bo’lgan. Balandligi 40 m keladigan paporotniklar o’sgan, ochiq urug’li o’simliklar ham paydo bo’lgan. Uchuvchi hasharotlardan ninachilar rivojlangan. Toshko’mirlar hosil bo’lgan.
6. Perm davrida iqlim quruqroq va sovuq bo’lgan. Unda sudralib yuruvchilar hosil bo’lgan.
4. Mezozoy erasi 175 mln.yil davom etgan.
1.Trias davrida iqlim quruq kelgan. O’simliklardan ochiq urug’li o’simliklar ko’paygan. Sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi ortgan. Ulardan dastlabki sut emizuvchi hayvonlar kelib chiqqan. Tahmin qilinishicha, ular hozirgi o'rdakburun, yexidna kabi tuxum qo'yib ko'paygan.
2.Yura davrida iqlim issiq va nam bo’lgan. O’simliklar ko’plab yashagan.
3. Bo’r davrida gulli o’simliklar tez ko’paygan. Atmosfera quruq bo’lgan. Bo’rni 2-yarmida xaltalilar va yo’ldoshlilar paydo bo’lgan.
5. Kaynozoy erasi 70 mln.yil davom etgan. Bu era gulli o’simliklar, hasharotlar, qushlar, sutemizuvchilar avj olib rivojlangan eradir. 1.Uchlamchi davrni oxirida Primatlar kelib chiqqan. Uni oxirida esa dastlabki maymunsimon odamlar paydo bo’lgan.
2.To’rtlamchi davrga kelib odam evolyusiyasi tezlashadi. Endi odamlar o’rmonlarga va yirik o’txo’r hayvonlarga tajavuz qila boshlaydilar. Asta sekin xonaki hayvonlar, madaniy o’simliklarni dastlabki navlari hosil qilingan.