Qadimgi Italiya tabiiy sharoiti va aholisi.
Apennin yarimorolida iqlim iliq bo‘lib, yil bo‘yi o‘rtacha yomg‘ir yog‘ardi. Yarimorolni to‘liq egallagan Italiya zaminida qurg‘oqchilik ham, qattiq sovuq ham
bo‘lmasdi. Yegulik mahsulotlar mo‘l-ko‘lligi va tuproq unum dorligi tufayli ko‘p asrlar davomida qadimgi Italiya aholisining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik va chorvachilik bo‘lgan. Qadim zamonlardan boshlab Apennin yarimorolida turli xil qabilalar yashagan. Lig‘urlar Italiyaning qadimgi qabilalaridan biri bo‘lib, chorvachilik bilan shug‘ullanganlar.
«Italiya» so‘zi (yunoncha «vitulus» so‘zidan) buqa, buzoqchama’nosini bildiradi. Mil.
avv. VIII-VI asrlardaItaliya sohillarida koloniyalarga asos solgan yunonlar bu mamlakatda
sigirlarni o‘tlatish uchun ajoyib o‘tloqlarni topganlar. Apennin yarimorolidagi eng katta daryo Po daryosidir. Yarimorolning qabilalari italiklar deb nomlangan. Italiyaning shimoli-g‘arbiy qismida etrusklar yashagan. Ularning asosiy mashg‘uloti dehqonchilik bo‘lgan. Mil. avv. VIII asrdaetrusklar Italiyada 12 ta shahar-davlatning ittifoqini tuzishadi. Etrusklar Sharq mamlakatlari bilan erkin savdo-sotiq qilish uchun yunon koloniyalariga qarshi kurash boshladilar. Afrikaning shimoliy sohilida joylashgan Finikiya koloniyasi Karfagenshahar-davlati ham ularga qo‘shildi. Avvaliga karfagenliklar va etrusklar g‘alaba qozonishdi, ammo ko‘p o‘tmay yunon qo‘shini ularni quruqlik va dengizda tormor qildi.
Dostları ilə paylaş: |