Buyumning A nuqtasidan ikki nur: optik markazdan sinmasdan o`tuvchi ikkilamchi AA' nurni va bosh optik o`qqa parallel, hamda sinib linzaning F2 dan o`tuvchi AC nurni o`tkazamiz, ikki nurning kesishish nuqtasi A1 nurlanuvchi buyum A nuqtasining haqiqiy tasviri bo`ladi. A' nuqtadan 2.2-rasm
bosh optik o`qqa perpendikulyar tushurib, buyumning A'V' tasvirini hosil qilamiz. quyidagi kattalik linzaning kattalashtirishi deyiladi.
(4)
Bu tenglik AVO va A'V'O' uchburchakning o`xshashligidan kelib chiqadi (2.3-rasm).
A’
A C
B’
F B F2 2.3-rasm
Bu holda buyumning kattalashtirilgan haqiqiy va teskari tasviri olinadi. Agar buyum linzaga yaqin (linza bilan F1 fokus orasida) joylashsa, u holda haqiqiy tasvir hosil bo`lmaydi, chunki AO va SG‘2 nurlar linzaning o`ng tomonidan uchrashmaydi (2.3-rasm). Agar bu nurlarni buyum tomonga davom ettirsak, ular uchrashadi va mavhum , kattalashgan va to`g`ri tasviri hosil bo`ladi. Yupqa linzaning umumiy formulasi
(5)
Ko`rinishda bo`lib, uning linzaning optik markazidan fokusgacha bo`lgan masofasini aniqlash mumkin (2.2-rasm):
va bunda:
a1- buyumdan linza bosh tekisligigacha bo`lgan masofa;
a2- linza bosh tekisligidan tasvirgacha bo`lgan masofa;
x1- buyumdan eng yaqin fokusgacha bo`lgan masofa;
x2- tasvirdan eng yaqin fokusgacha bo`lgan masofa;
n- linzaning nisbiy sindirish ko`rsatkichi;
R1 va R2-linza sirtining egrilik radiuslari; f - fokus masofa.
Linzaning optik kuchi deb (6)
nisbatga aytiladi va dioptriyalarda (m-1) o`lchanadi.
Agar optik kuchlari D1 va D2 bo‘lgan linzalardan iborat bo`lsa, uning optik kuchi D=D1+D2 sistemaning fokus masofasi esa
(7)
Bo`ladi. Ikki tomonlama qavariq linza uchun bo`lib, D>0 va ikki tomonlama botiq (sochuvchi) linza uchun D<0.Bu natija ushbu formuladan kelib chiqadi: (8)
Ishni bajarish usuli Shisha plastinaning sindirish ko`rsatkichini aniqlashda, yorug`likning sinish qonuniga asosan shisha plastinaning haqiqiy qalinligi “kichrayib” ko`rinadi. Buning uchun ikki tomoni o`zaro perpendikulyar tirnalgan shisha plastinka olamiz. Shisha plastinaning kichrayib ko`ringan qalinligini “mavhum” qalinlik deylik (2.4-rasm).
Yassi parallel plastinaning 0 nuqtasi tirnalganligi tufayli nurlar dastasi har xil yo`nalishida ketayotgan bo`lsin. OA o`q nur shishadan havoga
2.4-rasm
sinmasdan o`tadi, qolgan hamma nurlar dastasi o`z yo`nalishini o`zgartiradi.
Agar kuzatuvchi A nuqtaga qarasa, uning ko`zi OA nurlar dastasidan tashqari OVS, ODE, hakoza nurlarni ham ko`radi. Bu nurlar O dan kelayotgandek ko`rinadi. O' esa O nuqtaning mavhum tasviridir. Masofa OA=N haqiqiy qalinligi shtangentsirkul va AO'=h mavhum qalinlik mikroskop yordamida aniqlanadi. OVS va ODE nurlar aksincha, havodan shishaga o`tadi deb hisoblansa, hamda sinish qonunidan foydalanib, tushish burchagi i va sinish burchagi r desak, (2) ga asosan sinuslarni tangens bilan almashtiramiz (burchaklar kichik bo`lgani uchun):
(9)
To‘?ri burchakli uchburchak AV O' va AVO lardan ga bo`lib, (9) ga asosan (10) ni hosil qilamiz.
Mavhum qalinlik h ni aniqlash uchun mo`ljallangan mikroskop qisqa fokusli ob'ektiv va katta fokusli okulyardan iborat (2.5- rasm).