2. Dinlar negizida shakllangan qadriyatlar haqiqiyligini tahlil qilish. Dinni tushunish uchun san’at, musiqa yoki adabiyot kabi hissiy qabul qilinadigan omillarni faraz qilish talab etiladi. Chunki bu orqali bir inson qalbida chuqur o‘rnashgan e’tiqod tuyg‘usi, boshqa bir insonda pastroq darajada aks etishini tushunish mumkin bo‘ladi. Qolaversa, sevgi, rashk, rahm-shafqat, orzu-istak yoki qo‘rquv kabi hissiy kechinm alarni tushunish uchun ular borasida subyektiv tajribaga ega boMish kerak. Shu bilan birga, dinshunoslikning maqsadi tadqiqotchi yoki olim uchun tadqiqotlari natijasida o‘ziga munosib din topishdan iborat emas. Dunyo dinlarini o‘rganishda ulardagi ijobiy jihatlarga yaxshi xulosa berish va voqelikni obyektiv tahlil qilish o‘rtasidagi nozik muvozanat saqlanishi lozim. Chunki, bir dinga ijobiy yondashib, uning yaxshi jihatlari ko‘klarga ko'tarilsa, u haqidagi tanqidiy qarash salohiyatiga to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, asosiy vaqt va intellektual kuch faqat birgina dinni o‘rganishga sarflanadi. Vaholanki, dinshunos olim betaraflikning eng yuqori darajasida o‘z kuchi va salohiyatini bir necha diniy an’analarni o‘rganishga sarflashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Dinshunoslikning o‘rganilmagan jabhasi yuqori darajadagi subyektiv qiziqish bilan tadqiq qilinsa, ana o‘shanda, «falonchi yuksak obyektivlik miqyosida sohaning ochilmagan qirrasini ochdi» deyish mumkin.
Dinning ilk shakllari sifatida totemizm, animizm, fetishizm, shomonlik, sehrgarlik olinadi.
Totemizm — diniy tasavvurlarning eng qadimgi shakllaridan biri bo‘lib, hindular tilida «urug‘, kelib chiqish» m a’nolarini beradi. Uning mohiyati ishonuvchilarning o‘zlari bilan ayrim hayvonlar, o‘simliklar orasida g‘ayritabiiy aloqa, yaqinlik qon-qarindoshlik bor, deb faraz qilishlaridan iboratdir. Totemizmda urug‘-qabila, xususan, shu urug‘ har bir a’zosining hayoti va farovonligi ayni shu urug‘ning haqiqiy ajdodi hisoblangan totemizm
— o‘simlik yoki hayvonga bog‘liq deb ishoniladi. Muqaddas joylarda saqlanadigan biror urug‘ ruhini ifodalovchi hayvon yoki o‘simlik sur’ati solingan tosh taxtachalar totem ruhlarining makoni sanaladi. Hayvon yoki o‘simlik shu urug‘ yoki qabila uchun totem, binobarin, muqaddas va homiy hisoblangan. Shuning uchun ham kishilar totemlardan yordam so‘raganlar, ularga sehr yordamida ta’sir qilishga uringanlar. Totemizm bilan bog‘liq tasavvurlarning an’anaviy kompleksi— urug‘ning yangi tug‘ilgan a’zolariga, ya’ni tirik avlodlarga «роk уо‘l» bilan totemning o‘tib qolishiga ishonish, sehr jodu yo‘li bilan totemga ta’sir qilib, muayyan urug‘ yoki qabila hududida o‘sha xildagi hayvon yoki o‘simliklarni ko‘paytirish va ularning moddiy farovonligini ta’minlash, totem timsoli bo‘lgan narsaning halokati uning avlodini halokatga olib borishiga ishonishdan iborat bo‘lgan. Animizm (lotincha «anima» soV.idan olingan bo‘lib, «jon»,«ruh» degan ma’nolarni anglatadi) — in son, tabiat jismlari va hodisalarining ruhi, joni bor deb e’tiqod qilish, ular bilan muloqot qilish, ularga ta’sir o‘tkazish mumkin, degan qarashlar bilan bog‘liq e’tiqod shakllaridan biri.
Animizmda real moddiy obyektlar dunyosi ruhiy mavjudotlar dunyosi bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Ajdodlarning ruhlari, tirik kishilarning jonlari, tabiiyki kuchlarning jonlantirilishi — animistik timsollardir. Animizmda ruhlar tabiiy hodisalarni boshqaruvchilar hisoblanadi. Bu ruhlar ezgu yoki yovuz bo‘lishi mumkin.Markaziy Osiyoda marhumning joni «arvoh» deb atalgan. Arvohning bir xususiyati shundaki, u o‘likni tashlab uzoqqa ketmaydi, lekin u qabrdan tashqariga chiqadi, deb hisoblangan.
Shuning uchun ham qadimgi zamonlarda arvoh uchun go‘rni teshib qo‘yganlar yoki mozor oldida arvoh uyi qurganlar. Arvoh hamma joyda — daraxtlarda, ariq va daryolarda, hovuz va xarobalarda yuradi. Shunga ko‘ra, kishilar o‘z boshlariga biror-bir mushkul ish tushsa, o‘sha yerlarga borib sig‘inganlar, pul tashlaganlar, arvohlardan madad so‘raganlar.
Fetishizm (portugalcha «fetisho», fransuzcha «fetish» so‘zlaridan olingan bo‘lib, «sehrli narsa» degan m a’noni anglatadi) — jonsiz narsalarni g‘ayritabiiy xususiyatga ega deb ishonish va ularga sig‘inish. Sig‘inish obyektlari, ya’ni fetishlar — tosh, tayoq, daraxt, um um an har qanday buyum bo‘lishi mumkin. Xullas, ishonuvchilar g‘ayritabiiy xususiyati bor deb faraz qilingan moddiy buyumlar fetish deb ataladi. Fetishizm tirik bo‘lmagan, jonsiz predmetlarga sig‘inishdir.Fetishizm sehrgarlikdan ko‘ra diniy tasavvurning ancha murakkabroq shaklidir. Bu murakkablik diniy tasavvur shakllangan makonlardagi odamlarning dastlab har xil buyumlardan, tog‘-toshlardan, daraxtlardan, keyinchalik esa tumor, but-sanam va hokazolardan ko‘mak olishga umid bog‘laganliklari bilan belgilanadi. G ‘arbiy Afrikadagi xalqlarda daraxtlar, toshlar va boshqa predmetlarga sig‘inish keng tarqalgan edi. Bu xalqlarda fetishlarni, ya’ni ilohiylashtirilgan predmetlarni hatto savalash, urish odati ham tarqalgan. Ular o‘zlari xohlagan narsalarni yuzaga keltirishlarini talab qilib fetishlarga mix qoqqanlar. Fetishizmning yana bir xususiyati shundaki, uning ko‘rinishlari boshqa dinlarning mushtarak unsuriga aylanib ketgan. Shuning uchun ham uning qoldiqlari o‘sha dinlarda yashab keladi.
Dinga berilgan ta’riflar. Diniy nuqtayi nazarga ko‘ra, din — muayyan diniy e’tiqodlarga, ya’ni ilohga, uning tomonidan insonlarga xabar yetkazuvchilarning g‘ayrioddiy salohiyatga ega ekaniga (payg‘ambarlik), insonlar atrofida unga ko‘rinmaydigan, ammo undan ancha yuqori darajada turuvchi mavjudotlar (farishtalar, jinlar) borligiga, inson ideal hayot kechirishi uchun azaldan belgilangan qonuniyatlar mavjudligiga (muqaddas kitoblar), inson hayoti muntazam nazorat ostida ekaniga, qilingan barcha yaxshilik va yomonlik uchun mukofot yoki jazo muqarrarligiga (oxirat, hisob-kitob qilinish), inson qismati avvaldan belgilanishiga (taqdir) va shu kabi qarashlarga ishonish, ularni aqida sifatida qabul qilishdan iborat.