1.Gastnilyasiya va uning tiplari. 2. Gastrulyasiya sabablari. 3. Taraqqiyotning dastlabki bosqichlarining molekulyar-genetik mexanizmi
Morula yoki blastuladan keyin, ya'ni embrionning bir qavatlilik davridan keyin embrionning ikki qavatlik davri boshlanadi. Embrionning ikki qavatlik davri gastrula deb, bu jarayonning o'zi esa gastrulyasiya deb ataladi. Gastrulyasiya grekcha gaster - qorincha degan ma'noni bildiradi. Bu qavatlar embrion varaqlari yoki qavatlari deb ataladi. Bu qavatlarning tashqisi ektoderma (ectos - tashqi, derma - teri), ichkisini esa entoderma (entos - ichki) qavatlar deb nomlanadi. Ikki qavatli embrion bosqichini deyarli hamma ko'p hujayrali hayvonlar bosib o'tadi.
Gastrulyasiya jarayoni embrionning blastula yoki morula davrining davomi hisoblanadi-Blastulaning ma'lum tipigagastrulyasiyaning ham ma'lum tipi mos keladi.Gastrulyasiyaning quyidagi tiplari mavjud:
Ichga botib kirish - invaginasiya. Bu seloblastuladan keyin sodir bo'ladi. Bunda blastulaning vegetativ qutbi blastosel bo'shlig'iga botib kiradi. Asta-sekinlik bilan u animal qutbga yetadi va embrion ikki qavatli bo'lib qoladi. Vegetativ qutbdagi blastomerlar blastosel bo'shlig'iga botib kirishi tufayii bu bo'sbliq yo'qoladi va uning o'mida boshqa bo'shliq-birlamchi ichak bo'shlig'i yoki gastrosel bo'shlig'i hosil bo'ladi.
Immigrasiya. Bunda ayrim blastomerlar blastula devoridan blastosel bo'shlig'iga ko'chib (qaynab) chiqadi va bu blastomerlardan entoderma hosil bo'ladiAgar blastomerlar bir qutbdan ko'chsa, buni unipolyarli, blastulaning hammajoyidan ko'chsa multipolyarli, ikki qutbdan ko'chsa bipolyarli immigrasiya deb ataladi. Birinchi holat gidromeduzalarda, ikkinchisi sarkomeduzalarda va ba'zi bulutlarda sodir bo'ladi. Gastrulyasyaning bu turini 1884 yilda I.I.Mechnikov aniqlagan.
Qatlamlanish - delyaminasiya. Bunda blastula devoridagi blastomerlar ikki qavatga ajraladi. Tashqarida qolganlaridan ektoderma, ichkaridagilaridan esa entoderma qavatlari hosil bo'ladi. Bunday delyaminasiya birlamchi delyaminasiya deb ataladi va meduzalarda uchraydi. Gastrulyasiyaning yuqorida aytilgan usullari blastomeriarning blastosel bo'shlig'iga chiqishi bilan hosil bo'ladi.
Gastrulyasiyaning yuqoridabayon etilgan tiplari alohida-alohidaholatda kamdan-kamuchraydi.Butiplar bir vaqtningo'zidabittaembriondakuzatilishi mumkin. Demak, uiar bir-birini to'ldirib turadi.
Gastrulyasiyaning oxiriga borib blastosel bo'shlig'i o'rnida gastrosel bo'shlig'i hosil bo'ladi. Blastopor esa kichkina teshikka aylanadi. U og'izga, anal teshigiga (birlamchi yoki ikkilamchi og'izlilarda) yoki har ikkalasiga (bulutlar va kovakichlilarda) aylanishi mumkin.