talab etsa, ikkinchi omil – tovar mahsulotlarni yetkazib kelish maqsadida avtotransport
yo‗llarini yaratishdir. Yopiq bozorlarni aholiga xizmat ko‗rsatish qullay bo‗lishi uchun
shahar tumanlarida joylashtirish maqsadga muvofiq. Bunda, ehtimolga yaqin rejadagi
xizmat ko‗rsatish radiusini, ya‘ni yopiq bozor va xaridor orasidagi eng ko‗p uzoqlashuv
oralig‗ini nazarda tutish zarur.
54. Savdo zalining arxitekturaviy interyerini yaratishda nimalarni hisobga olish kerak?
Tayanch so‟zlar:
keng va to„siqsiz ko„rinish, silliq va uzoq vaqtga chidamli
,
tabiiy
ranglarni yaqqol ko„rsatish
Savdo zalining arxitekturaviy interyerini yaratishda quyidagilarni hisobga olish
kerak:
- Bozor binolarindagi savdo zallarida keng va to‗siqsiz ko‗rinishni ta‘minlash maqsadida
tirgaksiz, ustun va boshqalarsiz yopmalarni qo‗llash masadga muvofiq;
- Devor yuzalari, orayopmalar, vitrajlar va pol yuzalari silliq va uzoq vaqtga chidamli
hamda tozalash qulay bo‗lishi (suv bosimi ostida yuvishga mo‗ljallangan), shuningdek
savdo jihozlari (rastalar, stendlar va b.) suv va havo o‗tkazmaydigan va qullay
tozalanadigan silliq qoplamalarga ega bo‗lishi kerak;
- Savdo zalining arxitektura interyeridagi ranglar mahsulotlar rangini neytrallashtirmay,
balki tabiiy ranglarni yaqqol ko‗rsatish xususiyatiga ega bo‗lishi –
xaridorning taqdim
etilayotgan mahsulotlarga baho berishiga to‗sqinlik qilmasligi zarur. Shu sababli bozor
interyerida asosan yorqin, oq kolorit ranglardan foydalangan ma‘qul.
55. Ochiq va Yopiq turdagi tarmoqqa qanday binolar kiradi?
Tayanch so‟zlar:
sanoat muassasalari qoshidagi, maktab yoshigacha bo„lgan bolalar,
dam olish, o„quv yurtlari, sanatoriya-sog„lomlashtirish va shifoxona muassasalari, aholi
yashash joylaridagi umumshahar qurilish hududlaridagi, mehmonxonalardagi, savdo-
sotiq jamoat markazlaridagi hamda barcha yo„llardagi umumiy ovqatlanish
muassasalari
Yopiq turdagi tarmoqqa sanoat muassasalari qoshidagi, maktab yoshigacha
bo‗lgan bolalar,
dam olish, o‗quv yurtlari, sanatoriya-sog‗lomlashtirish va shifoxona
muassasalari kiradi. Ochiq turdagi tarmoqqa aholi yashash joylaridagi umumshahar
qurilish hududlaridagi, mehmonxonalardagi, savdo-sotiq jamoat markazlaridagi hamda
barcha yo‗llardagi umumiy ovqatlanish muassasalari kiradi.
Shahardagi umumiy ovqatlanish muassasi turlariga restoranlar, ixtisoslashgan,
yarimtayyor
mahsulotlar, kulinariya va konditer mahsulotlaridan iborat kafe-barlar,
umumiy tarzdagi gazakxonalar, maxsuslashtirilgan majmualar kiradi
.
56.
Garderobli vestibyullar qanday loyihalanadi?
Tayanch so‟zlar:
bufet va oshxonalarda o„tirish joylari, 0,254 m2, yarimtayyor
mahsulotlar
Garderobli vestibyullar har kishi uchun 0,254 m2 bo‗lgan me‘yor asosida
loyihalanadi. Bufet va oshxonalarda o‗tirish joylarining soni bino umumiy sig‗imining
20% tashkil etadi. Bufetlar 50 kishidan ko‗p bo‗lgan binolarda, oshxonalar esa 250
kishidan ortiq xodimlar mavjud bo‗lgan binolarda joylashtiriladi. Oshxonalarning
faoliyati yarimtayyor mahsulotlardan taomlar tayyorlashga asoslanadi.
57.
Boshqaruv idoralari qanday tuzilishda boladi?
Tayanch so‟zlar:
mayda yacheykali, ko„p marta takrorlanuvchi, mebellar, ish jihozlari,
ko„kalamzorlar, ish o„rinlarini guruhlash
Boshqaruv idoralari
binosi kompozitsiyasini, odatda, mayda yacheykali, ko‗p
marta takrorlanuvchi modul tuzulishi aniqlab beradi. Binoning hajmiy kompozitsiyasini
tanlashda uning sodda yoki murakkab shaklda ekanligiga, gorizantal yuza bo‗yicha
rivojlanib boruvchi, asosiy yoki bir necha tarqoq yo‗nalishlardagi o‗qlarda
tashkillashtirilganligi, binoning kattaligi, maydonning o‗lchamlari va tuzilish shakliga,
binoning shaharda tutgan o‗rniga va uning qurilish jarayonidagi roliga bog‗liq. Asosiy
muammo balandligi 10 qavat va undan ortiq bo‗lgan binolarning yong‗in xavfsizligidir.
Bu muammo tutun kira olmaydigan zinapoya bo‗limlari va lift shaxtalari, tutunni
kamaytiruvchi
maxsus tizimlar, xabar berish, yong‗inni o‗chirish, yong‗in avtomatikasi
kabi moslamalar bilan ta‘minlanishi orqali yechiladi.
Boshqaruv idoralari binolaridagi ishxonalarning arxitekturaviy interyeri tavsifi
maydonni mebellar, ish jihozlari, ko‗kalamzorlar, ish o‗rinlarini guruhlash, bo‗lish
spesifikasi bilan aniqlanadi: u bir xilda hal etilgan pol, shift tekisligi va funksional
xususiyatlari,
plastik boy ish jihozlari, devorlari hamda turli-tuman materiallarni bir-
biriga taqqoslash yordamida quriladi.
58. Mehmonxona binolari qanday maqsadlarda quriladi
Dostları ilə paylaş: