ochilganligi va tabiat elementlarining maktab binosining interyeriga kirib borishiga ham
tegishlidir. Shakllari va mazmun-mohiyati bo‗yicha turli-tuman bo‗lgan arxitekturaviy
muhit bolalarga ma‘lum bir ijobiy emotsional zaryad beradi va aksincha bir-biriga yaqin
bo‗lgan hamda bir jinsli muhit maktabga, o‗qishga bo‗lgan qiziqishni kuchaytirmaydi.
Arxitekturaviy komfort, qulaylik, shinamlik, go‗zallik, kun davomida arxitekturaviy
muhitning ko‗p qirrali almashinuvi o‗quvchilar ongli faoliyatining psixologik
stimullashuvi deb hisoblanadi.
42. Sig‗imi 800 o‗ringacha bo‗lgan kinoteatrlarda qanday jihozlangan bo‘lishi kerak?
Tayanch so‟zlar: oddiy va keng ekranoli filmlar
Me‘yorlarda belgilanishicha, sig‗imi 800 o‗ringacha bo‗lgan kinoteatrlarda ham
oddiy, ham keng ekranoli filmlarni namoyish qilish uchun ular keng ekran bilan
jihozlangan bo‗lishi kerak.
43. Kinoteatrlarning qanday turlari mavjud?
Tayanch so‟zlar: zal soni, o„rinlar soni, klub va kafe bilan birga, yozgi, ochiq va
yopiq, kombinatsiyali
Bir zalli – 150, 200, 300, 500, 800 o‗rinli;
- Ikki zalli – 200x300, 300x500, 500x800 o‗rinli;
- Uch va to‗rt zalli – 100x200x300 (500), 100x200x200x300 (500) o‗rinli;
- Bolalar uchun – 300 va 500 o‗rinli;
- Klub xonalari bilan birga 150 va 200 o‗rinli (qishloq joylari uchun);
- Kafe (50 o‗rinli) va klub xonalari bilan birlashgan 200x300 o‗rinli, 100 o‗rinli
kafesi
bilan 300x500 o‗rinli;
- Yozgi yopiq – 500 va 800 o‗rinli;
- Yozgi ochiq (kinomaydoncha) – 500, 800, 1200 o‗rinli;
- Kombinatsiyali: 300 o‗rinli 500 o‗rinli kinomaydonchasi bilan;
44. Teatr binosi xonalari qanday komplekslarga taqsimlanadi?
Tayanch so‟zlar: tomoshabin, namoyish, sahna, ishlab chiqarish va yordamchi
xonalar
Tomoshabin kompleksi. Namoyish kompleksi.
Sahna kompleksi; Ishlab chiqarish xonalari va rezerv omborlar. Tomoshabin
kompleksiga quyidagilar kiradi: kassa vestibyuli, kirish vestibyuli, taqsimlovchi
vestibyul, garderob, kiyimlarni almashtirish xonasi, foye, kuluarlar, tamaddixona, muzey,
chekish
xonalari, xojatxonalar, kassalar va navbatchi ma‘mur xonalari, bosh ma‘mur
xonasi, garderob xizmatchilari va farroshlarning dam olish xonasi va h.k.
Namoyish kompleksi tarkibiga quyidagilar kiradi: tomosha zali, avassena, yon kuluarlar,
tryum (sahna osti), o‗rama
deklaratsiyalar seyfi, sahnaning ustki qismi, rioproeksiya
xonasi, sahnani yoritish xonasi, sahna va zal yorug‗ligini boshqarish apparatxona, o‗rta
va yon lojalar,
ovoz apparatxonalari, suxondon va tarjimon bo‗lmalari. Namoyish
kompleksining o‗zagini sahna tashkil etadi. Kolosnikli va boshqa tipdagi (panoramali,
uch tomoni ochiq, sahna-arena va boshqalar) sahnalar mavjud.
45. Tomoshabin kompleksiga tarif bering.
Tayanch so‟zlar: vestibyullar, garderob, foye, kuluarlar va boshqalar
Tomoshabin kompleksiga quyidagilar kiradi: kassa vestibyuli, kirish vestibyuli,
taqsimlovchi vestibyul, garderob,
kiyimlarni almashtirish xonasi, foye, kuluarlar,
tamaddixona, muzey, chekish xonalari, xojatxonalar, kassalar va navbatchi ma‘mur
xonalari, bosh ma‘mur xonasi, garderob xizmatchilari va farroshlarning dam olish xonasi
va h.k.
46. Namoyish kompleksi tarif bering.
Tayanch so‟zlar:
tomosha zali, avassena, yon kuluarlar, tryum (sahna osti) va
boshqalar
Namoyish kompleksi tarkibiga quyidagilar kiradi: tomosha zali, avassena, yon
kuluarlar, tryum (sahna osti), o‗rama deklaratsiyalar seyfi, sahnaning ustki qismi,
rioproeksiya xonasi, sahnani yoritish xonasi, sahna va zal yorug‗ligini boshqarish
apparatxona, o‗rta va yon lojalar, ovoz apparatxonalari, suxondon va tarjimon bo‗lmalari.
Namoyish kompleksining o‗zagini sahna tashkil etadi. Kolosnikli va boshqa tipdagi
(panoramali, uch tomoni ochiq, sahna-arena va boshqalar) sahnalar mavjud.
47.
Dostları ilə paylaş: