1. Investitsiya faoliyatini huquqiy tartibga solishning yaxlit mexanizmi


Tuzilishiga ko‘ra 12 bob, 69 moddadan



Yüklə 32,6 Kb.
səhifə2/5
tarix13.12.2023
ölçüsü32,6 Kb.
#140295
1   2   3   4   5
inv. fozil.

Tuzilishiga ko‘ra 12 bob, 69 moddadan iborat bo‘lgan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun ilgari investitsiyaga oid qonun hujjatlarida mavjud bo‘lmagan yangi tartib va qoidalar bilan yanada takomillashtirildi. Xususan:
· Investitsiyalar va investitsiya faoliyatining asosiy prinsiplari belgilandi.
· Qonun hujjatlarining investor uchun noqulay o‘zgarishlariga qarshi kafolatlari yanada mustahkamlandi.
· Mahalliy davlat hokimiyati organlarining investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini tartibga solish bo‘yicha vakolatlari kengaytirildi.
· “Investitsiya vizasi” va uni rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha norma kiritildi.
· O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasi tuzish tartibi belgilandi.
Qonunda ilk bor investitsiyalar va investitsiya faoliyatining asosiy prinsiplari mustahkamlab qo‘yildi. Bu esa investitsiya sohasida huquqiy tartibga solishning mazmuni va yo‘nalishlarini belgilab berdi.Mazkur prinsiplar investitsiya qilish va investitsiya faoliyatini amalga oshirish jarayonining barcha bosqichlarida qo‘llaniladi.
Ushbu pritsiplar qatorida investorlarning vijdonliligi prezumpsiyasi, ularga nisbatan kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik kabilarni alohida ta’kidlash joiz. Bu kabi pritsiplarning qonun darajasida belgilanishi investitsiya faoliyati sub’ektlarining huquq va majburiyatlariga rioya etilishida muvozanatni ta’minlashga xizmat qiladi.
Ma’lumki ilgari investorlar faoliyatining kafoltlari alohida qonun bilan tartibga solinardi. Shuningdek, ushbu kafolatlar boshqa qonun va qonun osti hujjatlarida ham tarqoq holda berilgan. Bu o‘z navbatida kafolatlar to‘g‘risidagi qoidalarni o‘z ichiga olgan turli normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida takrorlanish va ziddiyatlarni keltirib chiqarayotgan edi.
Investorlar uchun birinchi navbatda kafolatlanishi zarur bo‘lgan sohalarni huquqiy jihatdan tartibga solishga ehtiyoj sezilayotgan edi.
Shu maqsadda, “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda O‘zbekiston Respublikasining keyingi qonun hujjatlari investitsiyalash shartlarini yomonlashtirsa, investitsiya kiritgan sanada amalda bo‘lgan qonun hujjatlari investorlarga nisbatan o‘sha sanadan boshlab o‘n yil mobaynida qo‘llanilishi, shuningdek, ushbu kafolatlarning aynan qaysi holatlarda amal qilishi aniq belgilab qo‘yildi.
Mazkur yangi tartibdan hududlardagi rahbarlar samarali foydalanib, chet ellik investorlar bilan turli sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, qator korxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘ydilar.
Qayd etish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning ta’sischilari (ishtirokchilari) va ularning oila a’zolari uchun muddatini mamlakatdan chiqmasdan uzaytirish imkoni bo‘lgan, amal qilish muddati uch yilni tashkil etuvchi “investitsiya vizasi” joriy etilishi belgilangan edi.
Farmonda belgilangan ushbu vazifa “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda bevosita o‘z ifodasini topdi. Xususan, investitsiya faoliyatini amalga oshirish jarayonida investorlar va chet el investorlari ishtirokidagi korxonalarga chet el fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan mehnat shartnomalarini erkin tuzish huquqi qonun darajasida mustahkamlanib, bunday shaxslarga mehnat shartnomasining butun amal qilish davrida ko‘p martalik vizalarni olgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish va uning hududida bo‘lish huquqi kafolatlandi.
Aytish lozimki, bu turdagi viza asosan mamlakatimiz hududida tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha korxonalar tashkil qilish uchun 3 million AQSh dollaridan ortiq miqdorda investitsiya kiritgan xorijiy davlatlar fuqarolariga beriladi. Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi 10 yil muddatga soddalashtirilgan tartibda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning ta’sischilariga ham taqdim etiladi.
Ushbu qoidalar investorlarga malakali chet el mutaxassislarining ko‘nikmalaridan erkin foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Davlat va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar o‘rtasidagi munosabatlarni ta’minlashning yana bir samarali usuli bu hukumat darajasidagi investitsiya shartnomalaridir. Darhaqiqat, Hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, avvalambor, iqtisodiyot tarmoqlarini, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini jadal rivojlantirish va modernizatsiya qilish, sanoat ishlab chiqarishni kompleks diversifikatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida tuziladigan investitsiya shartnomalari hayotga izchil tatbiq etilishi muhim ahamiyatga ega.
Ayni shu maqsadda, Qonunda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuziladigan investitsiya shartnomasining o‘ziga xos xususiyatlari, xususan uning tuzish tartibi, taraflari, shartlari va davlatning majburiyatlari aniq belgilab qo‘yildi.
Chet el investorlariga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan shartnoma tuzilganda qo‘shimcha kafolatlar va qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etilishi mustahkamlandi.
Shuningdek, chet ellik investorlarga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasi tuzish bo‘yicha mustaqil ravishda taklif kiritish tashabbusi taqdim etildi.

Yüklə 32,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin