Islomda fan va ta\'lim, madaniyat va san\'atga munosabat
1. ISLOM DININING ILM-FANGA MUNOSABATI.
1. ISLOM DININING ILM-FANGA MUNOSABATI.
2. ISLOM MADANIYATI VA MA’NAVIYATI.
3. ISLOM DINI VA SAN’AT .
4. XULOSA.
Islomning ilm-fanga ijobiy munosabati natijasida islom dunyosida o‘rta asrlarda ilm-fan keskin rivojlanib, butun jahon taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. Agar Yevropa Uyg‘onish davri – Renessansning natijalari sifatida adabiyot va san’at asarlari, arxitektura durdonalari, tibbiyot va insonni anglash borasidagi yangi kashfiyotlar yuzaga kelgan bo‘lsa, Sharqda ilm-fanning taraqqiy etishi, avvalo, matematika, astronomiya, fizika kabi aniq va tabiiy fanlar, shuningdek, tarix, falsafa va adabiyot kabi gumanitar fanlarning rivojlanishida namoyon bo‘ldi. Sharq, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasida bamisoli po‘rtanadek otilib chiqqan ikki davr – IX-XII va XIV-XV asrlarda ilmiy-madaniy yuksalishga erishildi.
IX-XI asrlarda “Baytul-hikma”, ya’ni “Donishmandlik uyi” degan nom bilan atalgan ilm maskani shuh-rat qozongan. Bag‘dod hamda Xorazmda tashkil etilgan Ma’mun akademiyasida,XV asrda Samarqandda asos solingan Mirzo Ulug‘bek madrasasidan ko‘plab olimlar yetishib chiqqan. Islom olimlarining e’tirof etishlaricha, “ilm” so‘zi Qur’onda 765 marotaba takrorlanadi. Buyuk matematik, astronom va geograf olim Muhammad Muso Al-Xorazmiy
IX-XI asrlarda “Baytul-hikma”, ya’ni “Donishmandlik uyi” degan nom bilan atalgan ilm maskani shuh-rat qozongan. Bag‘dod hamda Xorazmda tashkil etilgan Ma’mun akademiyasida,XV asrda Samarqandda asos solingan Mirzo Ulug‘bek madrasasidan ko‘plab olimlar yetishib chiqqan. Islom olimlarining e’tirof etishlaricha, “ilm” so‘zi Qur’onda 765 marotaba takrorlanadi. Buyuk matematik, astronom va geograf olim Muhammad Muso Al-Xorazmiy
Xivada tug‘ilgan. U 783–850-yillarda yashagan. Al-Xorazmiy algebra faniga asos soldi. “Algebra” so‘zi uning “al-Kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala” nomli risolasidan olingan. Uning arifmetikaga bag‘ishlangan risolasi hind raqamlariga asoslangan bo‘lib, hozirgi kunda biz foydalanadigan o‘nlik hisoblash tizimi va shu tizimdagi amallarning Yevropada tarqalishiga sabab bo‘ldi. Olimning “al-Xorazmiy” nomi esa “algoritm” shaklida fanda abadiy qoldi.
Islom dini ilm dinidir. Yuksak madaniyat faqat islom bilandir. Bu haqiqatni hozir ko'pchilik e'tirof etayotir. Ilm-fan, madaniyat musulmonlar orqali butun dunyoga tarqaldi. Musulmonlar diniy ilmlar bilan bir qatorda tabiiy fanlarda ham yetuk bo'lishganligi tarixdan ma'lum. Buni hozirda ilm-fan rivojlangan G'arb davlatlari olimlari ham e'tirof qilishmoqda. Musulmon ajdodlarimiz o'zlarining iymon-e'tiqodlari, ixloslari ta'sirida ilm-fan va madaniyatda ham yuqori cho'qqilarga erishishdi, ta'bir joiz bo'lsa butun dunyoga ustoz bo'lish sharafiga musharraf bo'lishdi. Alloh taolo butun bashariyatga O'zining rahmati o'laroq Qur'onni nozil qildi. Payg'ambar (s.a.v) Allohning elchisi sifatida xalqlarga iymon va islom ziyosini tarqatdilar. Ajdodlari johil bo'lgan, madaniyatdan yiroq xalq iymon va islom ne'mati bilan sarafroz bo'lganidan so'ng dunyoning eng madaniyatli xalqiga aylanib, Alloh Qur'onda maqtaganidek, ummatning afzali bo'lishga muyassar bo'ldi.
Aynan Arabiston yarim orolidan dunyoning barcha burchiga tarqalgan islom insonlarni zalolatdan nurga olib chiqdi. Bu nur shunday nurediki, johiliyatda, adashishda yurgan millatni ilm va madaniyatning sultoni darajasiga olib chiqdi.Insoniyat madaniyatida Islom ta'sir o'tkazgan maydonlarni aniqlash va belgilash mushkul. Chunki islom dinining insoniyat madaniyati va ilm-faniga ta'siri qon bilan jon misoli aralashib, singib ketgan. Yer kurrasidagi turli millat va elatlar Islom madaniyatidan ta'sirlanganliklarini sezmaydi. Ulardagi insoniy madaniyat aslida yot, islomiy madaniyat ekanini hech kim xayoliga keltirmaydi. Chunki, islomiy madaniyat unsurlari allaqachon hamma millatning ajralmas bir bo'lagi, madaniyati va hayotiga aylangan.Islom ta'siri turli millat va elatlarning falsafalarida, dinlarida, madaniyatlarida namoyon bo'lar, ichki dunyolari esa buni fosh etardi. Musulmonlar tanazzulidan keyin islohot harakatlarini g'ayrimuslimlar olib borgani, ularning Islomdan ta'sirlanganidan darak beradi.