Globallashuv davrida axborot madaniyatining zaruriyati



Yüklə 80,43 Kb.
səhifə1/6
tarix10.04.2023
ölçüsü80,43 Kb.
#125068
  1   2   3   4   5   6
8-mavzu. Globallashuv davrida axborot makoni va g’oyaviy mafkura


GLOBALLASHUV DAVRIDA AXBOROT MADANIYATINING ZARURIYATI

  1. Globallashuv davrida g’oyaviy va mafkuraviy kurashlar ko’rinishlari

  2. Axbrotli jamiyat, axborot xuruji va ma’naviy xavfsizlik.

  3. Axborot asrida mafkuraviy tazyiqlarning inson ma’naviyatiga ta’siri

  4. Yoshlarni ma’naviy tahdidlar, axborot xurujlari, “ommaviy madaniyat” va boshqa yot mafkuralarga qarshi immunitetini shakllantirish shart-sharoitlari.



  1. Globallashuv davrida g’oyaviy va mafkuraviy kurashlar ko’rinishlari

Globallashuv jarayoni hozirgi zamonning eng dolzarb va shiddat bilan ommalashayotgan muammosiga aylanib bormoqda. Globallashuvning salbiy oqibatlari uning ijobiy ko’rinishlarini tobora yo’qolishiga sabab bo’lmoqda. Aslida ham shundaymi? Globallashuv tushunchasining asl mohiyati nimada? Bu tushuncha XX asrning 80-yillari boshlarida amerikalik olim T. Levitt tomonidan iqtisodiy tushuncha sifatida uning "Garvard biznes revyu" jurnalida ilk marotaba qo’llanilgan edi. Mazkur maqolada u dunyoda iqtisodiy integrasiyaning ijobiy omili va milliy iqtisodiyotning natijali o’zgarishga ko’makchi sifatida qabul qilingan edi. Hozirgi davrda globallashuv ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy jarayon sifatida keng o’rganilmoqda. Hammamizga ma’lumki, globallashuv jarayonidan ikki xil maqsadda foydalaniladi: ezgulik va yovuzlik. Ezgulikni maqsad qilgan harakatlar davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Yovuzlik maqsadida qilingan harakatlar esa davlat va jamiyat tanazzuliga xizmat qiladi.
Globallashuv jarayoni jamiyatning barcha sohalariga birdek o’zining keskin ta’sirini o’tkazmoqda. Dastavval iqtisodiy sohada namoyon bo’lgan ushbu tushuncha dunyoda axborot almashinuvining o’sishi bilan madaniyat, ilm-fan sohasiga ham kirib keldi. Globallashuvning avj olishi millat «chegaralarini» yo’q qilib yubormoqda, ommaviy ma’naviyatni shakllantirishga olib kelmoqda. Buning natijasida har bir millatga xos bo’lgan urf-odat, an’ana, qadriyatlar o’z ahamiyatini «yo’qota» borish xavfi yuzaga kelmoqda. Bu millatning ma’naviy qashshoqlashuvi sodir bo’lishga, ularning o’zligini anglamaydigan manqurtlariga olib keluvchi tahdidlarni yuzaga keltirmoqda.
Mafkuraviy globallashuv sharoitida ulkan industriyaga aylanib ulgurgan kinematograf inson ongi va qalbi uchun kurashning muhim bo’g’iniga aylandi. Jahon kinosi rivojiga o’ziga xos ta’sir ko’rsatgan, undagi ko’plab yo’nalishlarni belgilab bergan, bugun ham shunday ta’sir quvvatini saqlab qolayotgan Gollivudda yiliga taxminan 1000 ta film ishlab chiqariladi. Dunyo bo’yicha esa uning soni o’n mingdan ortiqni tashkil etadi.
Mafkuraviy globallashuv saviyasi past, axloqsizlik, tubanlik va yovuzlikni targ’ib qiladigan «san’at asarlari»ning keng tarqalishiga zamin yaratmoqda.
Yoshlar o’zining harakatchanligi va yangilikka intiluvchiligi hamda bo’sh vaqt resursiga egaligi tufayli yuksak kommunikativ faollik ko’rsatishadi. Ularga xos bunday xususiyatlar salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Bu ularning «yumshoq erotika»dan tortib “ochiq pornografiya”gacha, tajovuzkorlikdan tortib, ochiq vahshiylikkacha bo’lgan hodisalarni o’zida mujassam etayotgan, turli shakllar va “go’zal” ko’rinishlarda inson ongiga kuchli tazyiq o’tkazadigan kinoobrazlar yordamida tobora faolroq amalga oshirilayotgan agressiv g’oyaviy ta’sirga berilib ketish xavfining mavjudligi bilan belgilanadi. Zero, Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek, “...ongi shakllanib ulgurmagan aksariyat yosh tomoshabinlar bunday filmlardan ko’pincha turli yovuzlik, yirtqichlik, shafqatsizlikni o’rganadi, xolos. Natijada ularning diydasi qotadi, qalbidan toshbag’irlik, zo’ravonlik, axloqsizlik kabi illatlar joy olganini o’zi ham sezmay qoladi. Hatto shunday tomosha va filmlarning qahramonlariga ko’r-ko’rona taqlid qilishni istaydigan yigit-qizlar ham topiladi. Chunki, ular bunday uydirma talqinlar ta’sirida qo’l urayotgan ishi qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishini tushunib yetmaydi”.
Internet bugungi axborot makonining muhim bo’g’iniga aylandi. Hozirda internetdan nafaqat kompyuter tarmog’i, balki kosmik aloqa yo’ldoshlari, radiosignal, kabel televideniyesi, telefon, uyali aloqa orqali ham foydalanish mumkin. Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. 1 milliard 250 million kishi u yoki bu darajada undan foydalanishi ham mazkur fikrlarning to’g’riligini tasdiqlaydi.
Shu bilan birga, internet bir qator salbiy jihatlarni ham keltirib chiqarmoqda. Unda o’z-o’zini o’ldirishning oson yo’llarini targ’ib qiluvchi 9 mingdan, erotik mazmunga ega 4 mingdan ziyod saytlarning mavjudligi ham buning isboti bo’la oladi. Mutaxassislar o’tkazgan maxsus tadqiqotlar, barcha mavjud saytlarning taxminan 12 foizi pornografik xarakterga egaligini ko’rsatadi. Mavjud maxsus dasturlar internet tarmog’idagi pornografiyaning faqat 90 foizinigina filtrlaydi, ya’ni komyuterdan foydalanuvchining ixtiyoridan tashqarida ekranda paydo bo’lishi yo’liga to’siq qo’ya oladi. Demak, qanchalik harakat qilinmasin pornografik mazmunga ega saytlar internetdan foydalanuvchilarning xohish-istagidan qat’i nazar, ularning ixtiyorini torta oladi. Jumladan, tadqiqotlarda 42 foiz bolalar va o’smirlar onlayn pornografiya ta’siriga tushishi qayd qilinadi.
Shuningdek, mutaxassislar ma’lumotlariga ko’ra, internet orqali tarqatiladigan komyuter o’yinlarining 49 foizi sezilarli darajada zo’ravonlik va yovuzlik ko’rinishiga ega, 41 foiz jangari (turli otishmalar va portlashlarga asoslangan) o’yinlarda esa, o’yin qahramoni o’z maqsadiga yetishish uchun shunday zo’ravonlik va yovuzlik sodir etadi. 17 foiz o’yinlarda ana shu zo’ravonlik va yovuzlikning o’zi bosh maqsad hisoblanadi.
Globallashuv sharoitida ommaviy axborot vositalarining o’rni haqida gap ketar ekan, masalaning yana bir muhim jihatiga e’tibor qaratish lozim. Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek, “Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o’quv dargohlarida, balki radio-televideniye, matbuot, Internet kabi vositalar orqali ham rang-barang axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o’rab-chirmab, uni o’qima, buni ko’rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o’rab olish, hyech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to’g’ri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o’z oldimizga qat’iy maqsad qilib qo’yganmiz va bu yo’ldan hyech qachon qaytmaymiz”.
Kimki axborotga ega bo’lsa, u, dunyoga egalik qiladi”,- degan fikr bugungi kunda barcha tomonidan e’tirof etilgan. Shunday ekan, har bir fuqaromizda axborot olami imkoniyatlaridan oqilona foydalanish malakasini shakllantirish, ularda axborot iste’moli madaniyatini tarbiyalash hayotiy-amaliy ahamiyatga ega. Buning uchun esa, eng avvalo, har bir inson u yoki bu axborotni eshitar ekan, hyech bo’lmaganda “Bu axborotni kim uzatayapti?”, “Nima uchun uzatayapti?” va “Qanday maqsadda uzatayapti?” degan savollarni o’z-o’ziga berishi, unga asosli javob topishi kerak bo’ladi. Ana shundagina turli g’oyalar ta’siriga tushib qolishning oldi olinadi.
Kishilarda axborot iste’moli madaniyati shakllangan bo’lsa, milliy qadriyatlarimizga zid bo’lgan xabar, ma’lumotlarni baholash paytida, albatta, har bir shaxsning o’z qarashlari, qadriyatlar tizimi muhim rol o’ynaydi. Lekin, aksariyat hollarda bunday paytda, ayniqsa, baholanilayotgan hodisa o’zga madaniyatga tegishli bo’lsa, o’zimiz mansub bo’lgan madaniyat, ruhimizga singdirgan qadriyatlar tizimi ustuvor bo’ladi va butun bo’y-basti bilan o’zligini namoyon qiladi hamda tanlanish, seleksiya sodir bo’ladi, madaniyatdagi barqarorlik, har bir davrdagi ayniylik, o’ziga xoslik, ayni paytda, davomiylik, vorislik ta’minlanadi.


  1. Yüklə 80,43 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin