1. Iste’molchi ortiqchaligini egallash


Ishlab chiqarishni cheklash (ishlab chiqarish kvotasi)



Yüklə 91,16 Kb.
səhifə4/6
tarix28.09.2023
ölçüsü91,16 Kb.
#129513
1   2   3   4   5   6
Ishlab chiqarishni cheklash (ishlab chiqarish kvotasi). Davlatning bozor narxiga ta’sir qilish siyosatidan biri bu - mahsulot ishlab chiqarish hajmini cheklash orqali mahsulot narxini kerakli darajagacha ko‘tarish mumkin. Davlat har bir firmaning mahsulot ishlab chiqarish hajmini qonun chiqarish orqali belgilashi (kvotalashi) mumkin. Biror mahsulotni ishlab chiqarish yoki sotish bo‘yicha litsenziyaning davlat tomonidan berilishi, shunday siyosatni yuritishga misol bo‘lishi mumkin. Masalan, spirtli ichimliklarni sotishga beriladigan litsenziyalarni ko‘paytirish yoki kamaytirish orqali spirtli ichimlikni sotish hajmini oshirish yoki qisqartirish mumkin. Sotish hajmining qisqarishi tovar narxini kerakli darajaga oshirish imkonini beradi.
YAna AQSH davlatining qishloq xo‘jaligi siyosati qaraymiz. AQSH davlatining qishloq xo‘jaligi siyosati ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishni qisqartirishni rag‘batlantirishga qaratilgan. Fermerlar ekin ekish maydonining qisqatirsalar, ya’ni ekin maydonlarining bir qismi ekilmasdan qoldirilsa, shunga yarasha pul kompensatsiyasini oladilar. Ekin maydonlarini qisqartirish hisobidan narxni oshirish mexanizmini quyidagi 10-rasmda keltirilgan.


10-rasm. Ekin maydonlari cheklanganda taklif chizig‘i (taklif


chizig‘i S1 elastik emas bo‘lgani uchun u gorizotal ko‘rinishda).

SHuni ta’kidlash mumkinki ekin maydonlari cheklanganda taklif chizig‘i absolyut elastik bo‘lmay qoladi, ya’ni taklif ga teng bo‘lib, u o‘zgarmaydi, mahsulotning bozor narxi esa dan ga ko‘tariladi.


Bunday siyosatda iste’molchi yutug‘ining o‘zgarishi quyidagicha teng.

Fermerlar miqdorda mahsulot ishlab chiqarib, uni yuqori narxda sotadi. Natijada fermerlar yutug‘i A to‘rtburchak yuziga teng miqdorda oshadi. Lekin, ishlab chiqarish hajmi dan ga qisqargani uchun fermerlar S uchburchak yuziga teng bo‘lgan yutuqni yo‘qotadi. Bulardan tashqari, fermerlar ekin maydonini (ishlab chiqari hajmini ga) qisqargani uchun davlatdan pul kompensatsiyasi oladi. SHunday qilib, ishlab chiqaruvchilar yutug‘ining umumiy o‘zgarishini quyidagicha aniqlash mumkin:
i/ch=A - S + pul kompensatsiyasi
Davlat xarajatlari, ya’ni femerlarga to‘lanadigan rag‘batlantirish (kopensatsiya) puli kamida V+S+E ga teng bo‘lish kerak. Bu erda V+S+E fermerlar ekin erlarini qisqartirmaganda qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarib, uni yuqori narxda sotishi natijasida olish mumkin bo‘lgan qo‘shimcha foydaga teng. SHuning uchun ham davlat xarajatlari kamida V+S+E ni tashkil qiladi va u fermerlarga pul kompensatsiyasi tariqasida berilgani uchun ishlab chiqaruvchilar yutug‘i quyidagicha bo‘ladi:

Ushbu ishlab chiqaruvchi yutug‘ining o‘zgarishi davlatning narxlarni mahsulotning bir qismini sotib olish hisobidan barqaror bo‘lishini ta’minlash siyosatidagi yutuq o‘zgarishining o‘zi. Fermerlarga davlat yuqoridagi siyosatlaridan qaysi birini qo‘llashi farq qilmaydi, ikkalasi ham fermerlarga bir xil foyda olishga olib keladi.
Iste’molchilrga ham buni farqi yo‘q, nima uchun deganda, ular ikkala siyosatda ham bir xil yo‘qotishga ega. U ikkala siyosatdan qaysi biri davlat uchun qimmatroq bo‘lishiga qaraymiz. Bu erda 10-rasmdagi uchburchaklar yuzalari yig‘indisi V+S+E 9-rasmdagi yuzadan kichik bo‘lgani uchun ham davlatning ekin ekiladigan erlarni cheklash siyosati, ortiqcha mahsulot sotib olish asosida narxlar barqarorligini ta’mirlash siyosatidan ekanligi kelib chiqadi. Ammo davlatning ekin ekiladigan erlarni cheklash siyosati jamiyat uchun fermerlarga pul kompensatsiyasini berish siyosatiga ko‘ra qimmatroqqa tushadi.
Ekiladign erlarni cheklash siyosatidagi jamiyat farovonligining o‘zgarishi quyidagiga teng:
jamiyat farovonligining o‘zgarishi= ist+ i/ch - davlat xarajatlari=-A-V+A+V+E-V-S-E=-V-S,
bu erda davlat xarajati=V+S+E.
Agar davlat fermerlarga A+V+E pulni bevosita berib narx va ishlab chiqarish hajmiga ta’sir qilmasa, jamiyat bunday siyosatdan aniq yutadi. Bunday holatda fermerlar A+V+E foydani oladi, davlat A+V+E miqdorda yo‘qotadi va jamiyatning umumiy farovonligi o‘zgarishi nolga teng bo‘ladi. Lekin, ba’zi hollarda siyosat iqtisodiyotdan ustun keladi.



Yüklə 91,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin