11. Qaysi qatorda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xato mavjud?
A) Mehmonlar, garchi bunday vaqtda kishiga hech qanday so‘z tasalli bera olmasligini bilishsa ham, kampirga tasalli bergan bo‘lib qo‘zg‘alishdi. B) Olimlar yaqin vaqtlargacha kosmik bo‘shliqni o‘rganishni faqat orzu qilishar edi. C) To‘g‘ri odamning hech qayerda qo‘li qaltiramaydi. D) Iliq so‘z dilni eritar.
12. Qaysi qatordagi gap uslubiy jihatdan xato qo‘llangan?
A) Do‘stlikni ardoqlash kerak. B) Bolalik uy bozor, bolasiz uy mozor. C) Eshik ochiq bo‘lsa ham, so‘rab kir. D) Yoqimli shamol esa boshladi.
13. Quyidagi gapda yo‘l qo‘yilgan uslubiy xatoning qaysi nisbatga aloqadorligini belgilang. Bu maqolada Turkiston xalqlarining birligi aniq misollar bilan asoslanib berilgan.
A) Aniqlik nisbat bilan o‘zlik nisbatiga B) o‘zlik nisbati bilan birgalik nisbatiga C) Aniqlik nisbat bilan majhul nisbatga D) majhul nisbat bilan o‘zlik nisbatiga
14. So‘z va gaplarning uslubiy bo‘yog‘ini ochish uchun qo‘llanadigan sintaktik va boshqa vositalar berilgan qatorni ko‘rsating.