Maxsus yoki yo‘l-yo‘lakay ekspeditsiyalar tashkil qilinib aholidan ma’lumotlarni to‘plash, o‘simlik va mahsulotlardan na’munalar olish va boshqalar. Boshidan izlanayotgan dorivor o‘simlikni asosiy shifobaxsh xususiyati borligini tekshirish lozim. Agar birlamchi farmakologik (biologik) tekshirishlar, ma’lumtlardagi ta’sirini tasdiqlasa, ularni kelajakda chuqur o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi: ya’ni farmakognostik (birinchi fitokimyoviy), texnologik (individual moddalarni ajratish yoki yig‘indi preparatlar yaratish), farmakologik (yaratilgan preparatlar asosida chuqur) va nihoyat klinikadagi sinovlar orqali tekshiriladi.
Ilmiy tibbiyotda qo‘llanilib kelinayotgan o‘simliklarni yanada chuqurroq o‘rganish. Ko‘pincha hozirgi zamonaviy usullar qo‘llanilib qayta ko‘rib chiqilganda, dorivor o‘simliklarni kimyoviy tarkibi va xossalari o‘rganilganda, tibbiyotda ko‘pdan qo‘llanilib kelinayotgan dorivor o‘simliklar to‘g‘risidagi dunyo qarashlar o‘zgarib, o‘simliklarni tibbiyotda ishlatilish sohalari kengayishiga olib keladi.
YAngi dorivor o‘simliklarni ularni o‘zaro botanik qardoshligiga asoslangan holda qidirib topish (Filogenetik usul). Ma’lumki botanik jihatdan qardosh o‘simliklarni kimyoviy tarkibi bir xil yoki bir-biriga tarkib jihatdan yaqin, demak farmakologik ta’siri ham o‘xshash bo‘lishi mumkin. O‘simliklardagi biologik qonuniyatni bilish, dorivor o‘simliklarni izlab topishda maqsadli va samarali natija beradi.
Quyida yovvoyi holda O‘zbekistonda o‘sadigan o‘simliklarni o‘rganish va tibbiyotga joriy etilish misollari keltirilgan: Samarqand bo‘znochi-tibbiyotda qo‘llaniladgan qumloq bo‘znochi bilan bir qatorda ishlatishga, Turkiston aroslonquyrug‘i - besh bo‘lakli arslonkuyruq va oddiy arslonquyruq bilan bir qatorda, Regel qo‘ziqulog‘i, tikonli ko‘ziquloq bilan bir qatorda, maydagul tog‘rayxon – oddiy tog‘rayhon bilan bir qatorda sariq andiz - qora andiz bilan bir qatorda, dag‘al dalachoy - teshik (oddiy) dalachoy bilan bir qatorda tibbiyot amaliyotida ishlatishga ruxsat etilgan va boshqalar. Hozirgi kunda Samarqand bo‘znochi guli, Turkiston arslon quyrug‘i o‘ti (er ustki qismi), Regel qo‘zikuloq o‘ti, maydagul tog‘rayxon o‘ti, dag‘al dalachoy o‘ti va sariq andiz ildizi O‘zbekiston davlat farmakopeyasiga kiritildi.
“Elak” usuli. Ushbu usulda ma’lum bir joy yoki tumandagi barcha o‘sayotgan o‘simliklarni biologik faol moddalarini fitokimyoviy tahlil qilish. Bunda tahlil qilinayotgan o‘simliklar orasidan (tahlil elagidan o‘tkazilganda), alkaloidlar, yurak glikozidlari, saponinlar, efir moylari, kumarinlar, flavonoidlar, antraglikozidlar va boshqalar saqlovchi o‘simliklar topilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |