7. Sizga yostiq bersam, bir hordiq chiqarsangiz gapidagi fe’l qaysi maylga xos ma’no ifodalagan? A) maqsad mayli B) shart mayli
C) buyruq-istak mayli D) xabar mayli
8. Buyruq-istak maylidagi fe’llarning qaysi birida istak ma’nosi bo‘lmay, faqat buyruq ma’nosi mavjud bo‘ladi? A) 1-shaxs birlik va ko‘plikda B) 2- va 3-shaxslarda
C) 2-shaxsda D) 3-shaxsda
9. Fe’l asosiga zamon va shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘shish bilangina hosil qilinadigan fe’l maylini ko‘rsating. A) xabar mayli B) shart C) buyruq-istak D) A va B.
10. So‘zlovchining bevosita o‘zi ko‘rgan harakat va holatni bildiradigan o‘tgan zamon shaklini yasovchi qo‘shimcha berilgan javobni toping. A) –di B) –gan C) –b D) –ib
GLOSSARIY
Fе’l zamonlari - fе’l ifodalagan ish-harakatning paytga munosabati: o‘tgan zamon, hozirgi zamon, kеlasi zamon.
Hozirgi zamon fе’llari - nutq paytining o‘zida bajarilayotgan yoki bajarilmayotgan ish-harakatni bildiradigan fе’llardir: o‘qiyapti, boradi, o‘qiydi.
Hozirgi zamon davom fе’llari - nutq paytining o‘zida, so‘zlovchining ko‘z oldoda yuz berayotgan ish-harakatni bildiradigan fe’llardir. Ular -yap, -moqda, -yotir qo‘shimchalari va tuslanish yordamida hosil qilinadi: kеlyapti, bormoqdamiz. Bu zamon turi yot, tur, yur, o‘tir ko‘makchi fе’llari
yordamida ham yasaladi: yozib yotibdi, yozib turibdi, o‘qib yuribdi, gaplashib o‘tiribdi.
Hozirgi-kеlasi zamon fе’llari – nutq paytida va undan keyin ham davom etadigan ish-harakatni ifodalaydigan fe’llardir. Ular -a yoki -y qo‘shimchalari va tuslanish yordamida hosil qilinadi: boraman, kеlasan, o‘qiyman.
Hozirgi zamon sifatdoshi - -(a)yotgan qo‘shimchasi bilan yasaladi: kеlayotgan, o‘qiyotgan.
Zamon kategoriyasi - fе’l ifodalagan ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan vaqtga munosabatidir: o‘tgan zamon, hozirgi zamon, kеlasi zamon.