11. Aralash sonni toping.
A) yarim, chorak, nimchorak B) ikkidan bir, uchdan ikki, to‘qqizdan besh C) o‘ttiz ikki, sakson sakkiz, bir yuz ellik besh D) uch yarim, olti butun o‘ndan besh, ikki butun uchdan bir
12. Ki hisob ichra bor edi o‘n lak, Har laki o‘n tuman kelib beshak. (Navoiy) Navoiyning misralarida qo‘llangan bir lak nechaga teng?
A) yuz B) ming C) o‘n ming D) yuz ming
13. Bir so‘zi qaysi gapda chegaralash ma’nosini bildirgan?
A) U Toshkentdan vakil bo‘lib kelgan bir rus kishi bilan gaplashmoqda. B) Choy mahalida bir kulib, bir yig‘lamsirab, o‘zi, bolalari to‘g‘risida gapirdi. C) Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi menda. D) Hammamiz imtihonlardan yaxshi o‘tdik, bir Ahmadning mazasi bo‘lmadi.
14. Qaysi javobda jamlovchi son shaklini hosil qiluvchi qo‘shimcha berilgan?
A) -ta B) -lab C) -lar D) -ovlon
15. Chama sonni toping.
A) Ularning har ikkalasi ham shu to‘g‘rida o‘ylar edi.
B) ...to‘rt-beshtacha chakana havaskorlargina kelibdi. C) Lekin ular yiqqan kitoblar chol yiqqan kitoblarning o‘ndan biriga ham teng kelmaydi. D) Hozir ular bo‘lajak shiyponning to‘rtinchi ustunini tayyorlashyapti.
16. Qurbon ota ikkinchi samovarga xumdan suv olib quymoqda edi. Shu gapdagi tartib sonning sintaktik vazifasini belgilang.
A) kesim B) ega C) to‘ldiruvchi D) aniqlovchi.
17. Qaysi qatorda sonlarni yozishda imlo xatoga yo‘l qo‘yilgan?
A) bitta, ikkita B) uchchala, to‘rttala C) besh-o‘n, ellik-oltmishtacha D) uchdan bir, beshdan uch
18. Sifatlarga qo‘shilib keluvchi -roq, -g‘ish, -imtir, -ish; sonlarga qo‘shilib keluvchi -ta, -tadan, -tacha, -larcha, -ala, -lab kabilar qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra qaysi turiga mansub?
A) -roq, -g‘ish, -imtir, -ish shakl yasovchi; -ta, -tadan, -tacha, -larcha, -ala, -lab so‘z yasovchi B) -roq, -g‘ish, -imtir, -ish so‘z yasovchi; -ta, -tadan, -tacha, -larcha, -ala, -lab shakl yasovchi C) sanab o‘tilgan qo‘shimchalarning barchasi shakl yasovchi D) -roq, -g‘ish, -imtir, -ish so‘z o‘zgartuvchi; -ta, -tadan, -tacha, -larcha, -ala, -lab so‘z yasovchi
Dostları ilə paylaş: |