A) Onasi tokchadagi ettinchi lampani yoqdi. B) Ukam beshinchi sinfda o‘qiydi. C) Ettinchilar, shanbalikka chiqdilar.
D) Beshinchi, oldinga chiqing.
37. Qaysi qatorda songa oid grammatik xususiyatlar noto‘g‘ri berilgan?
A) son boshqa so‘z turkumidan yasalmaydi B) sonning turlari maxsus qo‘shimchalar qo‘shish bilan yasalmaydi C) son otlashmasa turlanmaydi D) son odatda aniqlovchi so‘z bilan qo‘llanadi
38. Nutqimizda faol ishlatiladigan nechta sodda (tub) son bor?
A) 26 B) 23 C) 35 D) 10
39. Qaysi sonlarga –lanqo‘shimchasini qo‘shish orqali yangi so‘z yasash mumkin?
A) ikki B) yuz C) uch D) A,B
40. Sonning sintaktik xususiyatlarini aniqlang.
A) Sonlar gapda aniqlovchi va kesim vazifasida keladi.
B) Sonlar hech qachon belgi ifodalovchi so‘zlarni o‘ziga tobe qilib kelmaydi. C) Boshqa so‘z turkumlaridan son yasalmaydi.D) A, B
41. Kasr sonni toping.
A) Ikki hovli qo‘shib yuborilgan edi. B) ... qizarib-bo‘zarib, ketmondek oyning yarmi ko‘rinadi. C) ... to‘rt-beshtacha chakana havaskorlargina kelibdi. D) Novvoyxonadan ikkita issiq non olib chiqay.
42. Aralash sonni toping.
A) yarim, chorak, nimchorak B) ikkidan bir, uchdan ikki, to‘qqizdan besh C) o‘ttiz ikki, sakson sakkiz, bir yuz ellik besh D) uch yarim, olti butun o‘ndan besh, ikki butun uchdan bir
43. Birso‘zi qaysi gapda chegaralash ma’nosini bildirgan?
A) U Toshkentdan vakil bo‘lib kelgan bir rus kishi bilan gaplashmoqda. B) Choy mahalida bir kulib, bir yig‘lamsirab, o‘zi, bolalari to‘g‘risida gapirdi. C) Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi menda. D) Hammamiz imtihonlardan yaxshi o‘tdik, bir Ahmadning mazasi bo‘lmadi.