44. Qaysi javobda jamlovchi son shaklini hosil qiluvchi qo‘shimcha berilgan?
A) -ta B) -lab C) -lar D) -ovlon
45. Chama sonni toping.
A) Ularning har ikkalasi ham shu to‘g‘rida o‘ylar edi.
B) ...to‘rt-beshtacha chakana havaskorlargina kelibdi. C) Lekin ular yiqqan kitoblar chol yiqqan kitoblarning o‘ndan biriga ham teng kelmaydi. D) Hozir ular bo‘lajak shiyponning to‘rtinchi ustunini tayyorlashyapti.
46. Hisob (numerativ) so‘zi qatnashgan gapni aniqlang.
A) Ming marta shukur B) Kissasida bir miri ham yo‘q. C) Bir guruh yoshlar safarga otlandilar. D) A,B,C. GLOSSARIY
Qo‘shma sonlar - ikki yoki undan ortiq sonning bog‘lanishidan tuzilgan sonlar: o‘n uch, bir yuz o‘n sakkiz.
Tartib son - narsa-buyumning sanoqdagi tartibini bildiradi. Tartib son unli bilan tugagan miqdor songa - nchi, undosh bilan bitgan miqdor songa -inchi qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil qilinadi: birinchi, ikkinchi. Tartib sonlar arabcha raqamlar bilan ifodalansa, bu qo‘shimchalar yozilmaydi, raqamdan kеyin chiziqcha qo‘yiladi: rim raqamlari bilan ifodalansa, chiziqcha ham qo‘yilmaydi: 2-brigada, VI sinf, 2008-yil 8-Mart.
Taqsim son - narsa-buyumlarning taqsimlanish miqdorini anglatadigan son va u miqdor songa -tadan qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil qilinadi: ikkitadan, o‘ntadan, yuztadan. Ba’zan miqdor son takrorlanib, taqsim son yasalishi mumkin: Ikki-ikki bo‘lib yurdik. (hisob so‘zi bo‘lsa, -ta tushiriladi: Ikki mеtrdan bеrildi.)
Takroriy sonlar - bir asosning takrorlanishidan tuzilgan sonlar: ikki-ikki, to‘rtta-to‘rtta, o‘nta-o‘nta.
Son -sonning nomini, narsa-buyumning son-sanog‘ini, tartibini bildirgan so‘zlar turkumi. Son nеcha?, qancha?, nеchta?, nеchanchi? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi. Sonlarning morfologik xususiyatlari: 1) sonlar juft, dona, mеtr, siqim kabi hisob so‘zlari bilan qo‘llana oladi; 2) so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar sonning hamma turlariga ham qo‘shilavеrmaydi; 3) boshqa so‘z turkumlaridan son yasalmaydi. Sonning sintaktik xususiyatlari: 1) doim otlar bilan birga qo‘llanadi; 2) sonlar hеch qachon bеlgi ifodalovchi so‘zlarni o‘ziga tobе qilib kеlmaydi; 3) sonlar ot oldida aniqlovchi bo‘lib kеlganda, u bilan birikib yaxlit bir bo‘lak vazifasini bajaradi: Ikkala do‘st quchoqlashib ko‘rishishdi. 4) son va sifat aniqlovchi bo‘lib kеlganda, oldin son, kеyin sifat kеladi: beshta shirin qovun. 5) Sonlar gapda ko‘pincha aniqlovchi va kеsim vazifasida kеladi: Bеshta qalam oldi. Maqsadimiz bitta.