Olmosh haqida ma’lumot
Gap ichida ot, sifat, son, ravish, ba’zan so‘z birikmasi va gap o‘rnida qo‘llana oladigan, aniq lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmagan so‘z turkumi olmosh deb ataladi:
Ot o‘rnida: Karim juda quvondi, chunki u o‘z orzusiga erishgan edi.
sifat o‘rnida: Kechagi kitobingni berib tur, men shu kitobdan misollar olmoqchiman.
son o‘rnida: Menda ikkita qalam bor, senda nechta bor?
4. Ravish o‘rnida: Men bugun ketaman, sen qachon ketasan?
5. So‘z birikmasi o‘rnida: Yomon so‘z bosh qozig‘idir, shunday so‘zni gapirmagan ma’qul.
6. Gap o‘rnida: Sen mehnat qilishni yoqtirmaysan, bu esa insondagieng yomon xislatdir. Olmoshlar turlanadi, gapda ko‘pincha ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi va undalma bo‘lib keladi: Hamma keldi. Bizni tabriklang. Shu kitobni bering.
Olmoshning grammatik xususiyatlari :
so‘z yasalish xususiyati yo‘q (lekin olmoshlar asosida ot, fe’l, ravish, sifat yasalishi mumkin: o‘zlik, sensirama, o‘zicha, menbop);
juftlanib, boshqa so‘z turkumi vazifasida keladi: o‘sha-o‘sha, shu-shu (ravish);
olmoshlar otlarga xos so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarni olishi mumkin: unga, shunisi;
olmosh hech vaqt o‘zidan oldin aniqlovchi olmaydi.
Olmoshlarni gapda bajargan vazifasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘lsa bo‘ladi:
ot toifasidagi olmoshlar
sifat toifasidagi olmoshlar.
son toifasidagi olmoshlar.
Olmoshlarning ma’no turlari:
Olmoshlar ma’no jihatdan quyidagi turga bo‘linadi:
Kishilik (shaxs) olmoshlari
O‘zlik olmoshlari
Ko‘rsatish olmoshlari
So‘roq olmoshlari
Belgilash olmoshlari
Bo‘lishsizlik olmoshlari
Gumon olmoshla
Dostları ilə paylaş: |