1. Mavzu: Biosfera Reja


Mavzu: Tabiatshunoslik fanidan mavzular bo’yicha tabiiy va suniy matriallardan ko’rgazmali qurollar tayyorlash



Yüklə 123,82 Kb.
səhifə10/15
tarix10.02.2023
ölçüsü123,82 Kb.
#123230
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
tabiat mustaqil ishlar

7.Mavzu: Tabiatshunoslik fanidan mavzular bo’yicha tabiiy va suniy matriallardan ko’rgazmali qurollar tayyorlash
Reja:

1. Ko’rgazmali metodlar ta’rifi.

2. Ko’rgazmali tamoil bilan ko’rgazmali metodning tafovuti.

3. Kuzatish-ko’rgazmali metodning turidir.

4. Ko’rgazma vositalarning guruhlari.

5. Ko’rgazmali metodning o’quv jarayonidagi o’rni.


O’quv jarayonida ko’rgazmali metoddan foydalanish, bilimlarni puxta o’zlashtirish uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Ular ta’lim jarayonida ko’rgazmalilik printsipi bilan bog’langanda yanada kengayadi va takomillashadi.

Ma’lumki, ko’rgazma vositalar o’quv jarayonida turli didaktik maqsadlar bilan qo’llaniladi, xususan, o’qitish vositasi sifatida metodik qo’llanma, og’zaki metodda bilish imkoniyatini kuchaytiruchi, amaliy ishlarda fikr uyg’atuvchi vosita sifatida qo’yiladi.

Ko’rgazmali metodning esa vazifasi boshqacha bo’lib, o’quv jarayonida o’quvchilar qarab turib, predmetlarni kuzatib va idrok qilib, sezgi organlari yordamida jism yojarayonlar haqida m’lum axborotga ega bo’ladilar, ularni taqqoslash va farqiy belgilarini topish asosida fikrlaydilar, shu asosida muayyan bilimlar shakllanadi, keyinchalik so’zlar, ko’rsatish va tushuntirish orqali qayta ishlanadi, fikrlaydilar.

Ko’rgazmali metod, shu bilan belgilanadiki, ularni qo’llash asosida yangi bilimlar olish maqsad qilib qo’yiladi. Bu jarayonda o’quv filmlaridan, diafilm va diapazitivlarning axborot matnlari (ostidagi sur’at) yozuvlar yangi bilimlar egallash uchun bilimlar manbai bo’lib izmat qiladi. Ko’pchilik tabiatshunoslik darslarida tabiiy jismlarda va turli xil kartina va jadvallar yoki b. namoyish qilinadi.

O’quvchilar esa o’qituvchi tomonidan qo’yilgan ko’rgazma vositalarning kuzatish asosida (topishi) berilgan topshiriqqa asoslanib, javoban fikrlaydilar, tahlil qiladilar, so’ngra xulosa chiqaradilar. Har qanday holatda ham ko’rgazma vositalar qo’llanilganda bolalarning faol idrok etishlari va fikrlashlari ko’zda tutiladi, shuning uchun ham ular oldida aniq bilish vazifasi qo’yiladi. Unda jsmlar va jarayonlarni kuzatish, qarab chiqish va namoyon bo’lgan borliq va jarayonlarni o’rgatish ko’rsatilishi lozim.

Kuzatish va o’rgatish holati frontal, guruh yoki yakka tartibda o’tkazilishi mumkin.

Tabiatshunoslik darslarida tabiiy ob’ektlarni namoyish qilishga katta e’tibor beriladi. Bu bolalarga faqat ularni hajmi, shakli va boshqa belgilari haqida tasavvur qilibgina qolmay, shu bilan birga o’zlashtirish jarayonini tezlashtiradi va faollashtiradi. O’quvchilar tirik o’simlik va hayvonlar, shuningdek, gerbariylar tulumi-chuchelalar va sut emizuvchilarning ayrim vakillarini amaliy ahamiyat va ularni muhofaza qilish bilan ham tanishadilar. Shu bois o’qituvchi darsga tayyorlanish jarayonida diqqat bilan jismlarni ajratadi, ularni yaxshi namoyish qilinishi mumkinligini kuzda tutardi. Bu paytda asosiy didaktik talab o’quvchilarni o’rganadigan jismning barcha belgi va xususiyatlarini ko’zdan kechirishlaridir, ya’ni yaxshi ko’rishlari hisoblanadi.

Shu maqsadda namoyish qilinayotgan jismmaxsus stolda-o’rtada qo’yilishi va atrofidan yetarlicha yorug’lik tushishi lozim. Buning uchun stol lampasi yoki boshqa yoritgichdan foydalanish lozim. Kichikroq hajmli jismlarni esa o’qituvchi partalar orasida yurib ko’rsatishi darkor.

Ko’rgazmali metodning asoiy turlari kuzatishdir. Kuzatish atrofidagi borliqning, jism va hodisalarning rejali, maqsadga yo’nalgan, ongli qabul qilishdir.

Kuzatishda 2 belgi mavjuddir. Aniq maqsad qo’yilishi hamda diqqatni kuzatish ob’ektga qaratilishi lozim.

O’qituvchi kuzatishni tashkil qilib, bolalarni unga safarbar qilishi, kuzatiladigan jismlarning muhim belgilarini ajratib ko’rsatish zarur. O’quvchilar kuzatilayotgan ob’ektini arakterli belgilarini bilib olishga harakat qiladilar. Chunonchi, bolalar chinor bilan zarangni birgina, ularning ranglarini taqqoslaydilar, ularning farqiy tomoni va umumiy belgilarini aniqlaydilar: zarangli shumtol, chinor, tol, terak, sada qayrag’och mevalarini qarab chiqib, ular o’zaro nima bilan farq qilinishini, ularning qarab chiqib, ular o’zaro nima bilan farq qilinishini, ularning shakli ringini faq qilishini, ularning shakli rangini aniqlaydilar. Maktab oldi maydonchada o’simlik urug’larini ekib, bolalar urug’lar o’simta hosil qilishi, birinchi, ikkinchi barglarni qanday hosil bo’layotgani o’simliklarning rivojlanish jarayonlarini kuzatadilar.

Kuzatishning ahamiyati shundaki, borliqni kuzatish, o’zaro taqqoslash, o’xshashlik va farqiy belgilarini aniqlash, bolalar tafakkuri diqqati va irodasini rivojlanishga dunyoviy, ularni saralari haqidagi bilimlarni egallashga yordam beradi.

Kuzatishlar ikki xil bo’ladi: qisqa muddali va uzoq muddatli.

Qisqa muddatli kuzatishlar bir necha mnutdan to 2-3 soatgacha davom etadi. Bu paytda biror narsani idrok qilish yoki qabul qila olish bilan belgilanadi. Hayvonlarning ko’pi, toshbaqa, ilon, qurbaqa, ninachi, kapalak, qushlar tuzilishi va harakati kuzatiladi.

Uzoq muddatli kuzatishlar uzoq vaqt talab qiladi yoki vaqt oraliqlari bilan bo’linadi, lekin uzluksiz jarayonni hosil qilgan hodisalarni o’z ichiga oladi. Xususan, o’simliklarning o’sishi, barglar rangini o’zgarishi, qushlarning uchib ketishi yoki kelishi, urug’lar unib toki meva hosil qilish jarayonigacha bo’lgan davrdagi o’zgarishlar kuzatilib, qayd qilib boriladi, to’plangan ma’lumotlar taqqoslanadi, umumlashtiriladi va ulardan muayyan xulosalar chiqariladi. Uzoq muddatli chiqish sabablarini aniqlashga esa yordam beradi. Kuzatishlar o’lkashunoslik arkteriga ega bo’lishi kerak.

Ko’rgazmali metodni amalga oshirishda ko’rgazma vositalar asosiy o’rin tutadi.

Ko’rgazma vositalar ikki guruhga bo’linadi, tabiiy va tasviriy.

Tabiiy ko’rgazma qurollar tabiat jismlaridir. Ular xona o’simliklari, daraxt shoxlari, barglar, gullar, mevalar, urug’lar, ildizlar, gerbariylar, urug’lar kollektsiyalari, guldastalar va meva sabzavotlar xo’l preparatlaridir.

Hayvonlar bo’yicha esa hayvonlarning tirik namunalari, tulumlari, skeletlari, hashoratlar kollektsiyalari. (Mulyajlar, modellar, rasmlar, gulqog’ozlar, xo’l preparatlar va hokazo).




8.. Mavzu: Tuproq va uning tabiiy hususiyatlari


Тuproq — unumdorlik xususiyatiga ega bo‘lgan murakkab tabiiy hosila. Odamlar qanday tuproqlar unumdor bo‘lishini juda qadim zamonlardayoq bilishgan. Тuproqning hosil bo‘lishi yer yuzida qattiq tog‘ jinslarining yemirilib (nurab), maydalanishidan boshlangan. Тog‘ jinslari yemirilib, hosil bo‘lgan mayda, g‘ovak tog‘ jinslari hali tuproq emas. Ular tuproqning ona jinsi, tuproq hosil qiluvchi jinslar deyiladi. Bularga urug‘ sepsangiz ko‘karib chiqsa ham, lekin o‘smaydi, hosil bermaydi. Ona jinslarga tirik va o‘lgan organizmlar tushib, tog‘ jinslari orasida chirisa, issiqlik, nam, havo va boshqalar ta’sir ko‘rsatsa, ona jinslar o‘zgarib, asta-sekin tuproqqa aylanib boradi. Тuproqqa tushgan o‘simlik va jonivorlarning qoldiqlari zamburug‘lar, bakteriyalar, ishqorlar ta’sirida parchalanadi va yangi modda - chirindi (gumus)ga aylanadi.

Тuproqda yashaydigan chuvalchanglar, turli qurt-qumursqalar, yer qaziydigan hayvonlar tuproqqa tushgan organik modda va chirindilarni tuproq ona jinsi bilan aralashtiradi. Mikroorganizmlar faoliyati va suvning erituvchanlik xususiyati ta’sirida kimyoviy moddalar (azot, fosfor, temir, kaliy, kalsiy va boshqalar) o‘simlik ildizlari so‘rib oladigan eritmalar hosil qiladi. Shunday qilib, tuproq hosil bo‘lish jarayoni to‘xtovsiz davom etadi.

Tuproqlar tarkibi, asosan, uch qismdan iborat: 1) tuproqning ona jinsi — har bir joyda tarqalgan tog‘ jinslari; 2) tuproqning organik moddalari — o‘simlik, hayvon qoldiqlari, mikroorganizmlar, tuproq hasharotlari, chirindi; 3) tuproq eritmasi — o‘simliklar uchun zarur moddalar erigan suv (eritma). Har qanday tuproqning unumdorligi ana shularga bog‘liq. Тuproqlarning eng muhim xususiyati ularning unumdorligidir.

Тuproq qatlami shartli ravishda to‘rt qavatga ajratiladi. Тuproq qatlamining qalinligi, qavatlarining holati ularning turlariga bog‘liq.

Тuproqlarning hosil bo‘lish jarayoniga yana iqlim sharoiti (issiqlik, namlik), relyef va tog‘ jinslarining xususiyatlari ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham turli xil tog‘ jinslari ustida va har xil iqlim sharoitida turli xil tuproqlar tarkib topadi. Тuproqlarning ona jinsi (noorganik tarkibi — mayda tog‘ jinslari) katta-kichikligi turlicha bo‘lgan zarralardan iborat bo‘ladi. Bularning hammasi birgalikda tuproqning mexanik tarkibi deyiladi. Тuproqlar mexanik tarkibiga ko‘ra gilli tuproq, qumoq tuproq, qumli tuproq, shag‘alli, chag‘ir toshli tuproqlarga bo‘linadi.

Тuproq tarkibidagi gil va chirindilar bir-biriga yopishib, mayda kesakchalar hosil qiladi. Shunday kesakchalar bor tuproqlar donador bo‘lib, unumdorligi oshadi. Kesakchasiz tuproqlar mayda zarrali bo‘lib, havo va suvni yaxshi o‘tkazmaydi, chirindilarning minerallarga aylanishi qiyin bo‘ladi.

Тuproqlarga organik va mineral o‘g‘itlar solish, o‘z vaqtida ishlov berish, sug‘orib turish bilan ularning unumdorligini oshirish mumkin. Shunday yo‘llar bilan unumdorligi oshirilgan tuproqlar madaniy tuproqlar deyiladi. O‘rta Osiyo vohalarining tuproqlari asrlar davomida haydalib, turli o‘g‘itlar solinib, sug‘orilib, vaqtida sho‘ri yuvilib, ishlov berilib, madaniy tuproqlarga aylantirilgan. Lekin tuproqlar suv yuvib ketishi dan, shamol uchirishidan, sho‘r bosib ketishdan, ifloslanishdan saqlanmasa, ularning tarkibi buzilib, unumdorligi yo‘qoladi.

Тurli tabiat zonalarining o‘ziga xos iqlim sharoitida tarkib topgan tuproqlar bir-biridan farq qiladi. Yer yuzida arktika tuproqlari, tundra tuproqlari, kulrang, sur, qora, kashtan, qo‘ng‘ir, bo‘z, sariq, jigarrang, qizil tuproqlar mavjud. Тog‘li o‘lkalarda tekislikdan tog‘larga ko‘tarilgan sari, tabiiy sharoitning o‘zgarishi bilan birga, tuproqlar ham o‘zgaradi.

Mavzu: Gerbariy tayyorlash va tayyorlash usullari haqida ma’lumot berish



Yüklə 123,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin