Mavzu: Balandlik mintaqasi va qayir tuproqlari Reja: Balandlik mintaqasi tuproqlari Gidromorf tuproqlar



Yüklə 258,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix21.01.2023
ölçüsü258,16 Kb.
#122403
  1   2   3   4
Ma\'ruza matni Balandlik mintaqasi va qayir tuproqlari



Mavzu: Balandlik mintaqasi va qayir tuproqlari 
Reja: 
1. Balandlik mintaqasi tuproqlari 
2. Gidromorf tuproqlar 
3. Qayir allyuvial tuproqlar 
 
1. Balandlik mintaqasi tuproqlari 
Tog’li hududlar Yer sharida keng tarqalgan bo’lib, maydoni 30,65 
mln. kv. km. yoki uning 21 foizini tashkil etadi (V.G.Rozanov, 1977). 
MDH hududida tog’li tuproqlar 652,7 mln. ga. (29,6 foiz). Tog’ 
tuproqlar maydonining ko’p bo’lishi, tog’ tizmalarining mavjudligi bilan 
bog’liq. Bular jumlasiga Karpat, Qrim, Kavkaz tog’lari, shuningdek
Sharqiy va Janubiy Sibir, Uzoq Sharq va O’rta Osiyo tog’ tizmalari 
kiradi. 
Tog’ tuproqlarining shakllanishi va tarqalishi vertikal zonallik qonuniga 
bo’ysunadi. Vertikal zonallik deganda joyning balandligi bo’ylab iqlim va 
o’simliklarning o’zgarishiga bog’liq holda turli tuproqlarning bir-biri bilan 
almashinib borishi tushuniladi. 
1898 yilda V.V.Dokuchaev birinchi marta tuprolarning vertikal 
zonalar bo’yicha tarqalish qonunini aniqladi. Keyinchalik, bu qonun 
L.I.Prosolov, 
S.A.Zaxarov, 
S.S.Neustruev 
va 
boshqa 
sovet 
tuproqshunoslari tomonidan ancha mukammallashtirilib kengaytirildi va 
rivojlantirildi.
Tog’li o’lkalardagi tuproq zonalari tekisliklardagi kabi mintaqalar 
bo’ylab joylashadi, ammo joyning balandligiga qarab tuproqlarning 
birin-ketin o’zgarish tartibi ancha boshqacharoqdir. Shuning uchun ham 


tuproqlarning vertikal zonalligi gorizontal zonallikning oddiy tarzda 
tarqalishi bo’lmasdan, balki o’ziga xos tuproqlarini tashkil etadi. 
Tog’li o’lkalarda tuproqlar nihoyatda murakkab tarqalgan va ba’zan 
vertikal zonalar tekisliklardagidek bo’lsa-da, ular ba’zan teskari 
yo’nalishda “noto’g’ri” joylashadi. Bu hodisaga tuproq zonasining 

Yüklə 258,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin