Mavzu: Balandlik mintaqasi va qayir tuproqlari Reja: Balandlik mintaqasi tuproqlari Gidromorf tuproqlar



Yüklə 258,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix21.01.2023
ölçüsü258,16 Kb.
#122403
1   2   3   4
Ma\'ruza matni Balandlik mintaqasi va qayir tuproqlari

inversiyasi deyiladi. Ko’pincha bir tuproq zonasi boshqasiga qiyalik 
ekspozisiyalariga qarab yoki tog’ vodiylari bo’ylab kirib boradi. Bir 
tuproq zonasining boshqasiga ana shunday aralashib ketishi tuproq 
zonasining migrasiyasi nomini olgan. Nihoyat qator tog’li o’lkalardagi 
normal zona qatorlaridan ayrim tuproq zonalarining mutlaqo tushib 
qolishi hodisasiga zona interferensiyasi deb ataladi. 
Tog’li o’lkalarning tuproq paydo bo’lish tabiiy sharoitlari nihoyatda 
xilma-xilligi bilan farq qiladi. Iqlimi tekislik hududlaridagidan o’zini yil 
davomida haroratning pastligi, yog’inlar miqdorining ko’pligi, havo 
nisbiy namligining va quyosh radiasiyasining yuqori bo’lishi bilan farq 
qiladi. Aniqlanganki, har 100 m balandlikka ko’tarilgan sayin havoning 
o’rtacha harorati 0,6ºC ga pasayib, yog’inlar miqdori (ma’lum 
balandlikkacha) ko’payadi. Yillik o’rtacha yog’in miqdori 800-1200 dan 
1500 mm va undan ko’p bo’ladi. Tog’li o’lkalarning qishi uzoq bo’lib, 
qor ko’p yog’adi, yozi qisqa. 
Tog’ o’lkalarida relyef juda murakkab. Shu sababli tuproq qoplami 
ham nihoyatda turli-tuman. Bu yerdagi relyef nurash mahsulotlarining 
taqsimlanishi (tarqalishi) va tuproq hosil bo’lish jarayonlariga juda katta 
ta’sir etadi. Joyning ekspozisiyasi, (kunga yoki soya tomondaligi) 
tuproqning suv va issiqlik rejimlariga ta’sir etadi. Nam va issiqlik 
rejimlaridagi farqlar o’simlik va tuproq qoplamiga ham ta’sir qiladi. 


Turli tarkibli va yoshdagi tog’ jinslarining nurash mahsulotlari 
tuproqning ona jinslari hisoblanadi. Ayniqsa bo’r, paleogen va neogen 
davr (ohaktoshlar, qumtoshlar, slaneslar kabi) cho’qindi jinslar va 
shuningdek, magmatik jinslarning nurash mahsulotlari keng tarqalgan. 
Tog’ oralig’i vodiylarida va cho’kmalaridagi tub jinslar yuzasi 
to’rtlamchi davrning turli qalinlik va tarkibdagi skeletli yotqiziqlari bilan 
qoplangan. Tyanshan va Pomir tog’ tizmalari va boshqa joylardagi ona 
jinslar tarkibida suvda oson eruvchi tuzlar bo’lganidan, odatda tuproqlar 
sho’rlangan. 
Atmosfera yog’inlari miqdori va harorati rejimiga qarab o’simliklar 
qoplami ham o’zgaradi va o’ziga xos mintaqa hosil qiladi. Turli 
balandlik va ekspozisiyalarda biogidrotermik sharoitlarning o’zgarishi 
turlicha tuproqlarning shakllanishiga olib keladi. 
Murakkab tuzilishli, xilma-xil tog’ tuproqlari orasida uning 
quyidagi asosiy tiplari (MDH tuproqlarining umumiy maydoniga 
nisbatan foiz hisobida) ajratiladi: tog’ tundra tuprog’i 7,6, tog’ o’tloqi 
tuproqlari 0,7, tog’ o’tloqi-dasht tuproqlari 0,5, tog’ podzolllashgan va 
muzloq-tayga tuproqlari 15,3, karbonatli tog’-muzloq-tayga tuproqlari 
1,4, tog’-chimli-subtropik tuproqlari 0,4, tog’-sur-o’rmon tuproqlari 0,7, 
tog’-chim karbonatli tuproqlar 0,1, tog’-o’rmon-qo’ng’ir tuproqlari 0,9, 
tog’-sariq tuproqlar 0,1, tog’ jigarrang tuproqlar 0,3, tog’ qora tuproqlari 
0,5, tog’ kashtan tuproqlari 0,6, tog’ bo’z tuproqlar 0,2, baland tog’ 
cho’l tuproqlari 0,2, tub tog’ jinslari chiqib turadigan maydonlar 0,1. 
Tog’ tuproqlari asosan tog’larning yonbag’irlarida tarqalganligidan, 
tuproq paydo bo’lish jarayonlari ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. 
Yonbag’irlardan yog’inlarning tez oqib ketishi sababli tuproqlar yuqori 


kserofit (quruq) xususiyatga ega. 
Tog’ tuproqlarini klassifikasiyalash borasida ikki xil nuqtai nazar 
mavjud bo’lib, uning birinchisiga ko’ra tog’ tuproqlari tekisliklardagi 
o’ziga o’xshash tuproqlardan farq qiladigan mustaqil tip sifatida 
qaraladi. Ikkinchi nuqtai nazarga asosan MDH ning tekisliklarida 
uchramaydigan va tog’lardagi o’ziga xos orginal tog’ tuproqlarinigina 
mustaqil tipga ajratiladi. Bularga tog’-o’tloqi, qora tuproqlarga o’xshash 
tog’-o’tloqi va tog’-o’tloqi-dasht tuproqlari kiradi. 
Reylef sharoitlariga qarab qishloq xo’jaligida foydalanish 
imkoniyatlariga ko’ra tog’ tuproqlari 3 guruhga bo’linadi:
1. Qiyaligi 10
0
dan ortiq bo’lgan sharoitda shakllanadigan tog’-
qiyalik tuproqlari, bunda tuproq nomiga “Tog’” so’zi qo’shiladi 
(masalan, tog’-podzol tuproqlar va boshqalar). Ulardan dehqonchilikda 
foydalanish chegaralangan.
2. Tog’li tekislik tuproqlari tog’larning nisbatan tekislangan va 
qiyaligi 10
0
dan kam bo’lgan uchastkalarida tarqalgan va ko’pincha 
dehqonchilikda 
foydalaniladi 
(masalan, 
tog’li 
tekisliklarning 
ishqorsizlangan qora tuproqlari).
3. Tog’ oralig’i botiqlari va tog’ vodiylarining tuproqlari, qiyaligi 4-
5º dan oshmaydigan tekislik va yonbag’irlarda (daryo terrasalari, 
delyuvial shleyflar va boshqa joylarda) rivojlangan va bularga 
tog’oraligi tekisliklarining ishqorsizlangan qora tuproqlari kiradi. Bu 
tuproqlar dehqonchilikda keng foydalaniladi. 

Yüklə 258,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin