2. Gidromorf tuproqlar
Gidromorf tuproqlar o’tloqi, botqoq-o’tloqi va botqoq tuproqlar hamda
sho’rxoklardan iborat Gidromorf tuproqlarda atmosfera yog’inidan
tashqari yuza joylashgan sizot suvlari hisobiga tuproq kapillyarlar orqali
namlanadi tuproq paydo bo’lish va rivojlanishlar bo’ladi.
Gidromorf tuproqlar cho’l va bo’z tuproqlar zonasidagi daryolarning
quyi terrasalarida, ko’l qirg’oqlarida, daryolarning eski o’zanlari hamda
ko’llarning qadimgi o’rinlarida, shuningdek tog’
oldi qiyaliklari va
havzalarning quyi qismlarida uchraydi.
3. Qayir allyuvial tuproqlar
Tuproqlar yil sayin yoki davriy ravishda
suvi toshib turadigan daryo
yoqalarida, daryodan uzoqda joylashgan,
lekin u bilan tarmoqchalar
orqali birlashgan pastliklarda va daryo toshqinida suv bosadigan yerlarda
kichikroq maydonni egallayd. Toshqin suvlari juda loyqa bo’lganidan
qayirni suv bosganda suv oqimining tezligiga qarab,
turli mexanikaviy
tarkibli allyuviy yotqiziladi. Shuning uchun qayir-allyuvial tuproqlar
qatlamli bo’lib, bu qatlamlar qumdan tortib sazgacha bo’lgan
turli
mexanikaviy tarkibga ega. Suv toshqini qaytgandan keyin yangi
keltirmalar betini (tutash chim hosil qilmagan holda) o’simliklar
qoplaydi. Qayta suv toshqini bo’lganda o’simlik
qoldiqlari allyuviy
yotqiziqlari tagida qoladi. Shuning uchun keltirilmalar orasida
o’simliklar mintaqasining chala chirigan qoldiqlari ko’p uchraydn.
Tuproq profili genetik qatlamlarga aniq ajralmagan va strukturasizdir.
Karbonatli va gipsli qatlamlari bo’lmaydi.
Balandroq joylarnnng tuproqlari mexanikaviy tarkibining yengilligi,
chirindisining kamligi va serkarbonatligi
bilan pastlik joylarning
tuproqlaridan farq qiladi. Bu tuproqlarda kaliy bilan fosfor ko’p.
Cho’l iqlimi sharoitidagi gidromorf tuproqlarning sizot suvlari kuchsiz
minerallashgan
(0,5-1,2
g/l)
bo’lishiga
qaramasdan
yuzada
joylashganligi sababli ko’pincha ular kuchsiz sho’rlangan bo’ladi.
Tuzlarning asosiy qismi ustki yupqa qatlamda va tuproq betida bo’lib,
ularning ko’pchiligini natriy xlorid tuzi tashkil etadi. Sizot suvi chuchuk
bo’lgani holda yerni sho’r bosishi cho’llardagi suvning nihoyatda ko’p
bug’lanishi bilan bog’liq. Toshqin vaqtida suv bosishi bilan tuproq ancha
chuqur yuviladi va grunt suvlari chuchuk bo’lib qoladi. Pastliklardagi
tuproqlar ayniqsa kuchli yuviladi. Chunki bunday yerlar 15-30 kungacha
xalqob bo’lib yotadi, deltalardagi pastliklarda esa, toshqin suvi bir necha
oygacha turadi. Qayir va deltalarning suv bosmaydigan yoki qisqa vaqt
davomida suv bosadigan balandroq qismlari kam yuviladi.
Bunday
yerlar atrofdagi pastliklardan suvni shimib oladi va juda ko’p miqdorda
bug’latadi. Shuning uchun bunday yerlarning tuprog’i juda sho’rlangan
bo’lpb, ko’pincha ular sho’rxokka aylanadi. Tuzlar tarkibida xloridlar
eng ko’p uchraydi.
Qayir allyuvial tuproqli yerlardap poliz ekinlari, mosh, jo’xori va sholi
kabi ekinlarni ekib foydalanish mumkin.