1-mavzu: Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanining nazariy asoslari Reja


Ijtimoiy va yosh psixologiyasi hamdaijtimoiy pedagogika



Yüklə 25,65 Kb.
səhifə3/7
tarix26.11.2023
ölçüsü25,65 Kb.
#136410
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanining nazariy asosla-fayllar.org

Ijtimoiy va yosh psixologiyasi hamdaijtimoiy pedagogika.ijtimoiypsixologiya insonlarni ijtimoiy guruhlarga qoʻshilishlari faktini keltirib chiquvchi inson faoliyati va yurish-turish qonuniyatlari, shuningdek bu guruhlarning psixologik ta’riflarini ham oʻrganadi. Yosh psixologiyasi inson ruhiyati dinamikasi va yosh xususiyatlari shuningdek shaxs rivojlanishining yoshga bogʻliq omillarini ham oʻrganadi.Ijtimoiy pedagogika ijtimoiylashuv va viktimologiya (jinoyatshunoslik) muammolarini oʻrgana turib vaijtimoiy tarbiya uslubiyat va psixologiyasini ishlab chiqa turibijtimoiy va yosh psixologiyasi ma’lumotlaridan foydalanadi.
Bola ijtimoiylashuvining asosiy institutlari

Jamiyat ozining qurilishiga kora turli xildagi ozaro bog’langan va ozaro ta'sir etuvchi ijtimoiy institutlarga ega. Ijtimoiy institut – insonlar jamiyatdagi hayotining tarixan murakkab shaklda tashkil etilganligi va artibga solinganligini organadi. Xuddi ana shular orqali bola jamiyat mе’yorlari va axloq qoidalarini ozlashtiradi. Shunday ijtimoiy institutlarni ijtimoiylashgan institut dеb nomlash mumkin va bularga oila, ta’lim, madaniyat va din kabilar kiradi

Oila – ijtimoiylashishning yеtakchi instituti, bu orqali bola asosiy ijtimoiy bilimni egallaydi, ahloqiy mohirlik va konikmani oladi, ma'lum baho va eng yuksak maqsad qilishni ozlashtiradi, hayotida nima kеrak bolsa shu jamiyatdan oladi.


Bolalarning ijtimoiy moslashuvi ijtimoiy pedagogika negizida vujudga kelgan fandir.
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi ijtimoiy pedagogika negizida vujudga kelgan fandir.Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi tutgan oʻrni, mohiyati haqida fikr yuritishdan ilgari «Ijtimoiy pedagogika» atamasiga e’tiborni qaratish zarur. Zero unda mustaqil “Ijtimoiy”, “Pedagogika” yoʻnalishdan iborat boʻlgan mustaqil fan mujassamlashgandir. Bir necha fanlarning bunday birlashuvi tasodifiy xol boʻlmasdan balki, u ixtisoslashuv jarayonlari bilan bogʻliqdir. Darhaqiqat fan olamida keyingi yillarda ixtisoslashuv jarayoni bir muncha rivojlandi. Buni birgina pedagogika fani misolida ham koʻrishimiz mumkin. Jumladan, «Maktabgacha pedagogika», «Maktab pedagogikasi», «Maxsus pedagogika», «Kasb-xunar pedagogikasi», «Oila pedagogikasi», kabilar. Fanlarni bu taxlitdagi oʻzaro birlashuvining asosida ma’lum bir maqsadga qaratilganlik yotadi. Bu xolni «Ijtimoiy pedagogika» dan ham aniq koʻrish mumkin. Darxaqiqat ijtimoiy pedagogika ham pedagogika kabi ta’lim tarbiya jarayoni va xodisalarini oʻrganadi Ammo shuni ham ta’kidlab oʻtish joizki, u ularni muayyan oʻziga xos yoʻnalishda oʻrganadi. Chunki, mazkur fanning oʻziga xos boʻlgan tomoni “Ijtimoiy” iborasida mujassamlashtirilganligidir.
“Ijtimoiy” (lotincha – socialis – umumiy) tushunchasining asosini shaxslar, shaxslararo munosabatlarning turli shakllari bilan bogʻliq jarayonlar tashkil etadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, agarda pedagogika oʻsib kelayotgan yosh avlodlarning ta’lim-tarbiyasi haqidagi fan boʻlsa, ijtimoiy pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonlarida bolaning jamiyatdagi hayotga qoʻshilishiga bogʻliq qonuniyat va xodisalarni oʻrganadi. Bu oʻrinda shuni ham aytib oʻtish joizki, bolaning jamiyatga “kirish” jarayoni, uning muayyan ijtimoiy tajribani qoʻlga kiritishi (bilim, qadriyat, yurish-turish qoidalari) bilan bogʻliqdir. Buni ijtimoiylashuv deyiladi.
Agarda biz ijtimoiy pedagogika mohiyatini uning obyekt va predmetini qiyoslash orqali aniqlamoqchi boʻlsak quyidagi holat kelib chiqadi. Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham obyekti- bu bola, biroq oʻrganish predmetlari turlicha. Pedagogikaning oʻrganish predmeti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblansa, ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlaridir.
Shu sababli ijtimoiy pedagogika jamiyatni va ijtimoiy munosabatlarni oʻrganadi, hamda insonlar bir-birlari bilan qanday muomalaga kirishishlarini, nima uchun bir guruhga birlashishlarini va jamiyatning boshqa ijtimoiy masalalarini aniqlashga harakat qiladi. Shuningdek u bu muammolarni ijtimoiy pedagogika vazifalariga mos ravishda oʻrganadi. Bugungi kunga kelganda ijtimoiy pedagogika mustaqil fan sifatida faoliyat koʻrsatmoqda.
Hozirda uning nazariy va amaliy faoliyati sohasiga maktab va maktabdan tashqari muassasalardagi tarbiya va qayta tarbiya, bolalar uylari, qariyalar uylarida yashovchilarga gʻamxoʻrlik, huquqbuzarlar bilan ishlash, kabilar kiradi. Ijtimoiy pedagogikaning oʻziga xosharakteri uning boshqa fanlar bilan munosabatida bevosita namoyon boʻladi.

Ijtimoiy pedagogika-shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini oʻrganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pedagogik faoliyatning samarali usullari, texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qoʻllashga qaratilgan pedagogika sohasi.

Bundan tashqari, ijtimoiy pedagogikaga bola ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini oʻrganadigan va mutaxassislarni ijtimoiy tarbiya va ta’lim usullari va texnologiyasi bilan ta’minlaydigan fan sifatida ta’rif bersa ham boʻladi.


Ijtimoiy pedagogika fan sohasi sifatida bir qator fazifalarga ega boʻlib, ularni quyidagicha guruhlash mumkin:

Yüklə 25,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin