1-mavzu: Geografiyani o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo’llari Reja



Yüklə 383,5 Kb.
səhifə22/35
tarix16.12.2022
ölçüsü383,5 Kb.
#121230
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35
1 MAVZU Geografiyani o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyatini

Inversiya metodi. Bu ijodiy vazifalarni yechimini izlab topishga kutilmagan, yangi xolatlarda g‘oyalarni yechimini topishga qaratilgan. Bu metod muammolar yechimiga yangicha yondashish, eski qoliplardagi fikrlashlardan holi ravishdagi insonni talab etadi.Yangicha sharoitda mantiqiy fikr yuritish.Yangicha yechim topish , muammolar yechimini topishga , g‘oyalar tug‘ilishiga sabab bo‘ladi.Eskicha fikr yuritishlarda muammo o‘z yechimini topmaydi.An’anaviy metod muammoning yechimini topish vaziyatdan chiqishda tashqi tomondan qarashni taqozo qiladi.
Inversiya metodi dualizm prinsipiga yoki qonuniyatiga asoslanadi.Fikr yuritishda qarshi(to‘g‘ri va teskari) tomondan yondashuvni talab etadi.To‘g‘rirog‘i ijodiy fikr yuritishni.
Tekshirilayotgan obyektga analiz va sintez , mantiqiy va intuitiv, sintetik va dinamik xarakteristik tomondan, obyektga ichki va tashqi tomondan yondashuvni talab etadi.Masala yechimiga konkret yoki abstrakt , real va fantastik, ajratib yoki birlashtirib solishtirish orqali yechimlar topiladi.Ayrim masalalar, muammolar yechimida quy idan yuqoriga qarab yechim qidirishga to‘g‘ri keladi.
Empotik metod. Empotiya (grekcha so‘z bo‘lib, empateia - qayg‘urish ) ko‘pincha shaxsiy analog metodi ham deyiladi. Analog usulining o‘ziga xosligi shundaki, bunda intuitiv va mantiqiy fikrlarning o‘zaro uchrashuvi (to‘qnashuvi)da masala o‘z yechimini topadi. Analog keng ma’noni o‘z ichiga oladi. Analoglar o‘z navbatida boshqa analoglarni aniqlashi mumkin; ular shakl, struktura, funksiya, jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
Analoglarni aniqlashda yoki topishda ayrim xollarda giperbolitik usul qo‘llaniladi. Masalan, o‘rganilayotgan Obyektlarni, maktabni kattalashtirish yoki kichiklashtirish, ularni qismlarga bo‘lish mumkin. Ijodiy vazifalar yechimini topishda shaxsiy analogiyalar ancha qulay va yaxshi natijalar beradi.Uning yechimida shaxsiy sezgirlik, him-tuyg‘ular jarayon yechimini tezlashtiradi. Demak, empotik metod ijodiy faoliyatga suyanadi, o‘rganilayotgan obyektga nisbatan shaxsiy qayg‘urish, ijodiy yondashish orqali muammo yechimini topishga olib keladi. Ayniqsa, bu metod o‘quvchi-talabalar shaxsi tasavvurining rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Shu orqali ixtiro qilishga yoki ayrim holda o‘ziga xos original yechimlar topishga olib keladi.

Yüklə 383,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin