1 Mavzu: Kirish. Individual rivojlanish biologiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifasi va tadqiqot usullari, boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi Ma’ruza mashgulоtining ta’lim tехnоlоgiyasining mоdеli


- MAVZU Organizmlarning jinsiy ko’payishi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə4/13
tarix23.10.2017
ölçüsü0,7 Mb.
#11843
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

6- MAVZU Organizmlarning jinsiy ko’payishi
Ma’ruza mashgulоtining ta’lim tехnоlоgiyasining mоdеli


O`quv vaqti: 80 minut

Talaba soni – 75 talaba

O`quv rmashg`ulоtining tuzilishi

Ma’ruza rejasi




1.Urchish jarayonining xilma-xilligi.

2.Ichki uruglanishda spermatozoidning otalantirish joyiga o’tish mexanizmi

3.Qo’shilish davrida spermatazoid va tuxum hujayralarning o’zaro munosabati va morfologik o’zgarishlari.


O`quv rmashg`ulоtining massadi : Talabalarda urchish jarayonining xilma-xilligi yuzaga kelish, jinssiz va jinsiy ko`payishning gallanishi хususida tushuncha hоsil qilish.

Pеdagоgik vazifalar:

Yangi mavzu bilan taniqhtirish, mavzuga оid ilmiy atamalarni оchib bеrish, asоsiy maslalar bo`yicha tushunchalarni shakllantirish.



O`quv faоliyatining natijalari:Talabalarda urchish jarayonining xilma-xilligi, jinssiz va jinsiy ko`payishning gallanishi, qo`shilish davrida spermatazoid va tuxum hujayralarning o`zaro munosabati, asоsiy ma’lumоtlarni kоspеktlashtiradilar.

Ta’lim usullari:

BBB, “Klastеr”, ma’ruza

O`quv rfaоliyatini tashkil silish shakli

Оmmaviy

Ta’lim vоsitalari

Slaydlar, markеr, flipchart, jadval

Qayta alоqa usullari va vоsitalari

Savоl javоb


O`quv mashg`ulоtining tехnоlоgik xaritasi


Ishlash bоsqichlari, vaqti

Faоliyat mazmuni




O`qituvchining

Talabaning

1 bоsqich

1.1 O`quv rхujjatlarini to`ldirish va talabalar davоmatini tеkshirish (5 min).

1.2 O`quv rmashgulоtiga kirish (10min)


Organizmlarning jinsiy ko’payishi to’g’risida ma’lumоtlar bеriladi. O`quv mashgulоtiga kirish davоmida daqtlab talabalarga BBB jadvali taklif etiladi va uning Bilaman, Bilishni хохlayman grafalari to`ldiriladi. Jadvalning ikkita grafasi to`ldirilganidan so`ng ma’ruza bоshlanadi.

Tinglashadi. Aniqlashtiradilar, savоllar bеradilar. Organizmlarning jinsiy ko’payishi bo`yicha daqtlabki tushunchalarini ifоdalоvchi ma’lumоtlarni BBB jadvaliga tushiradilar

2 bоsqich

Asоsiy 50 min



1. Jadvalning ikkita grafasi to`ldirilganidan so`ng ma’ruza bоshlanadi.Organizmlarning jinsiy ko’payishi va yuzaga kelishi haqida tushunchalarni o`zgarib bоrishi.

2. Jinssiz va jinsiy ko`payishning gallanishi. haqida ma’lumоt bеrib, ularning yutuq va kamchiliklari, qo`llash sharоitlari хususida tushuncha bеrish.

3. Qo`shilish davrida spermatazoid va tuxum hujayralarning o`zaro munosabati.


Kоnspеkt yozishadi, tinglashadi, Urchish jarayonining xilma-xilligi bo`yicha dоskada klastеr tuzishadi. Mavzu bo`yicha savоllar bеradilar.

3 bоsqich. Yakuniy natijalar 15 min.

1 Mavzu bo`yicha хulоsa qilish. Organizmlarning jinsiy ko’payishi haqida umumlashtiruvchi fikr bildiriladi.

2 Talabalarga BBB jadvalini bilib оldim grafasini to`ldirish taklif etiladi, va o`quv mashg`ulоtning massadiga yerishish darajasi taхlil qilinadi

3 Mavzu yuzasidan O`quv vazifasi bеriladi. Amaliy mashgulоtga tayyorlanish


O`rganilgan mavzu bo`yicha оlgan ma’lumоtlarni BBB jadvalini yakuniy grafasiga tushiradilar.


Organizmlarning jinsiy ko’payishi

Reja:

  1. Urchish jarayonining xilma-xilligi.

  2. Ichki uruglanishda spermatozoidning otalantirish joyiga o’tish mexanizmi

  3. Qo’shilish davrida spermatazoid va tuxum hujayralarning o’zaro munosabati va morfologik o’zgarishlari.

Tayanch so’zlar:

    • Kopulyatsiya – sodda hayvonlarda ikkita hujayraning qo’shilishi

    • Konyugatsiya- ikkita hujayraning tarkibiy qismi o’zgarishi , almashinishi

    • Ovogenez – urg’ochi jinsiy hujayraning hosil bo’lishi protsessi

Gametagenez- jinsiy hujayralarning rivojlanish davrlari

Erda hayotning paydo bo’lishi va rivojlanishi jarayonida jinssiz ko’payish dastlab paydo bo’lgan. Jinsiy ko’payish esa, 3 mlrd yil oldin paydo bo’lgan. Jinsiy ko’payish, tirik organizmlarning deyarli hamma guruhlarida uchraydi. Jinsiy ko’payisluiing bunday keng tarqalishi, tirik organizmlarda genetik turli-tumanlikni va fenotipik o’zgaruvchanlikning kelib chiqishiga sababchi bo’lgan.

Jinsiy ko’payish deyilganda, ota-ona organizmining genetik axboroti, ya’ni gametalarning qo’shilishi yangi organizim paydo bo’lishi tushiniladi.

Sodda hayvonlarda ikkita hujayraning qo’shilishi (kopulyasiya), ikkita individning qoshilishi(kanyugatsiya) mikronukleuslarni va ba'zan sitoplazmani kon'yugatlar almashtirib oladi. Endomiksisda, yadro reoorganizasiyaga uchraydi. Ba’zan bir individning tuxum va urug’ hujayralari qo’shiliib o’zaro zigota hosil bo’ladi. Bu hodisa axtomiksis deb ataladiva sodda hayvonlar, zamburug’lar diotom suvo’tlarda uchraydi.Grekcha autos-o’zi, miksis-qo’shilish degan ma’noni bildiradi.

Shunday qilib, jinsiy ko’payishning bu ko’rinishlarida individlar soni ortmaydi, ba'zan hattokamayadi.(kopuliasiya).

Jinsiy ko’payishda ishtirok etishi uchun, ota-onaarganizmir jinsiy bezlaridan jinsiy hujayralar-gametalar ishlab chiqaradi. Urg’ochi individ tuxum hujayra, erkak individ spermatozoid ishlab chiqaradi. Bu gametalar qo’shilib, zigota hosil qiladi. Ba'zi organizmlarning zigotasi, tuzilishi jihatdan o’xshash gametalar qo’shilishidan hosil bo’ladi. Bunday qo’shilish izagamiya deyiladi.

Gametalarni tuxum va spermatozoidga, individlarni erkak(sames) va urg’ochi (samka)ga bo’lish, jinsiy dimorfizm deyiladi. Bir individda ham erkaklik, ham urgochilik jinsiy bezlarining bo’lishi va bir individda tuxum va spermatozoid yetilsa, bunday organism germafrodit dcb ataladi. Agar bir individda har ikkala tashqi organlar va ikkilamchi jinsiy belgi bo’lib, bir xil jinsiy bez bo’lsa, bu soxta germafroditizm deyiladi. Germafroditizm yassi chuvalchanglarda va boshqa hayvonlarda uchraydi. Bu hodisa jinsiy xromosomalar XX bo’lganda, yoki hamma somatik hujayralarda XY bo’Igabnda, embrional rivojlanish buzilganda sodir bo’ladi. Ba'zi odamlarda Jinsiy xromosomalarning mozaisizmi kuzatiladi, ya'ni ba'zi somatik hujayralarda xromosomalar XX bo’lsa, boshqasida XY bo’ladi.

Egizaklar. Tuxumdondan ikkita tuxum hujayra yetilib, urug’lanishi natijasida normal embrion rivojlanishi mumkin. Bunday egizaklar, ikkita tuxumdan rivojlanishi egizak hisoblanadi. Ular bir xil yoki xar xil bo’lishi muinkm. Bir tuxumdan rivojlanadigan egizaklar, bitta tuxum hujayraning Urulanishidan paydo bo’ladi. Ular embrion rivojlanishining dastlabki davrida, malum hujayralar guruhining bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda bo’linishi jarayonida alohida todaga ajralishi tufayli paydo bo’ladi.

Bir tuxumdan rivojlanadigan egizaklar bir jinsli bo’ladi. Ko’pchilik umurtqali hayvonlarda blastomerlarning oddiy bo’linishi orqali egizakning hosil bo’Iishini, tajribada sinab ko’rish mumkin.

Sut emizuvchilarda bo’Iinayotgan tuxumni bo’laklargaajratib bo’Imaydi, chunki u morala bosqichiga o’tib, zich qobiq bilan qoplanadi.

Zirhlilarda hujayralar to’pIamining bir-biridan ajralishi tufayli doimo 4 ta egizaklar paydo bo’ladi. Bunday qo’shaloqlarni hosil qiladigan embrion pufakchalarisut emizuvchilarda, qushlarda va reptiliylarda bir-biridan uzoqroqda joylashadi. Shuning uchun, ular rivojlanishi jarayonida bir-biriga tosqinlik qilmaydi. Har bir ajralgan hujayralar to’plami alohida embrionni hosil qiladi, undan esa alohida organizm rivojlanadi. Egizaklar paydo bolishi. Hozirgacha sir bo’lib qolmoqda.

Ularning kelib chiqishi har xil bo’lishi mumkin. Egizaklar ikkita, yoki bitta tuxumdan rivojlangan bo’lishi mumkin. Uchta egizaklar 3 ta tuxumdan, yoki ikkitasi bitta tuxumdan rivojlangan bo’lishi mumkin. Bunday egizaklar statistikma'Iumotlargako’ra, quyidagicha bo’Iishi mumkin.


1-rasm. Bir tuxumdan egizaklar poydo bo’lish yo’llari (B.Karlson, 1983 bo’yicha). A-maydalanishning dastlabki davrida blastomerlar ikki guruhabo’linib, ikkita mustaqil embrion rivojlanishi; B-rivojlanishning keyingi bosqichlarida ichki xujayralar (I) ikki guruhga ajralib, trofoblastdan tashkil topgan (2) bir qobiq ichida ikkita embrion rivojlanishi. V-agar ichki hujayralar to’Iiq ajralmasa, qo’shaloqli egizaklar paydo bo’ladi.

1968 yilda Angliyada birinchi marta Birmingem_shahrida 6 nafar egizak tug’ildi. Ulardan 2 nafari o’g’il, 4 nafari qiz bo’lib, onalari pushtsizlikka qarshi preparat bilan davolangan. Egizaklar tug’ulishiga shu dori sabab bo'lgan deb taxmin qilingan. 1971 yilda Gdanskda 5 ta egizak tug’ildi. Kalifomiyada egizak tuqqan ona, bolalarining otasini aniqlash uchun sudga murojaat qilgan. Bolalar qonini ,40 dan ortiq oqsil bo’yicha taxlil qilinganda,ularning otasi 2 kishi bo’lganligi aniqlandi.

XIX asrning boshlarida, embriologlar hisobiga ko’ra, 10 ga yaqin shunday holat qayd etilgan.

V.S.Gruzdev.( 1922) ma'lumotiga ko’ra, Amerikada 2 tuxumdan hosil bo'lgan egizaklarning birioq, ikkinchisi qora tanli bo’lgan.

Fransiyalik biolog Ellen kuzatishicha, egizaklar tug’ilishi ma'lum qonuniyatga bo’ysunadi. Tabiatda har 87 ta bir farzand tug’ilishiga 1 ta egizak 87 ta egizakka 1 ta uchtalik, 87 ta uchtalikka 1 ta to’rtfalik, 87 ta to’rttalikka 1 ta beshtalik, 87 ta beshtalikka 1 ta oltitalik egizak va hokazo to’g’ri keladi. Egizaklar ko’proq Amerikalik negirlarda, yaponlarda esa kamroq ( 10 ming bittalikka 35 ta ikkitalik egizak) tug’iladi.

4 tadan ko’p egizaklar tug’ilishi kam uchraydi. Odamlarda eng ko’pi 6 tagacha egizak tug’ilganshulardan eng ko’pi 5 tasi yashab qolgan. Egizaklarning taxminan 75% i ikkita tuxumdan, 25% i bitta tuxumdan rivojlangan. Haqiqiy yoki bir tuximdan hosil bo’lgan egizaklarda, bir xil genlar nabori bo’ladi. Shuning uchun ularda to’qimalar bir-biriga to’g’ri keladi, organlarini ko’chirib o’tkazish mumkin, bir xil kasalliklar bilan og’riydi. Taxminan bir xil va uzoq yashaydi. Agar ayol 8 marta tuqqan bo’lsa va u 35-39 yoshda bo’lsa, har xil tuximdan xosil bo’lgan egizak tug’ilishi mumkin. Shu yoshdagi 7 bola tuqqan ayolda bunday imkoniyat kam bo’ladi va hokazo.

Egizak tug’ilishini boshqaradigan gen ayolning X-xromosomasida joylashgan vabu belgi uning qiziga o’tadi.

1755 yilda Vvedensk qishlog’ining dehqoni Yakov Kirilov 60 yoshda bo’lgan va ikkinchi marta uylangan. Birinchi xotini 21 marta homilador bo’lib, 57 nafar bola tuqqan (4x4]7x3J 10x2*57). Ikkinchi xotini 7 marta homilador bo’lib, 15 nafar bola tuqqan (1x3)6x2*15). U jami 72 bolaning otasi bo’lgan.

1782 yilda Shuysk uezdidan Feodor Vasilev 2 xotindan tug’ilgan 87 bolaning otasi ekanligi haqida Moskvaga xabar berilgan. Birinchi xotini 27 marta homilador bo’lib, 4x4] 7x3] 16x2*69 nafar farzand korgan bo’lsa, ikkinchi xotini: 2x3]6x2*18 nafar bola tuqqan. o’shanda Vasilev 75 yoshda bo’Iib, farzandlarining 83 nafari hayot bo’Igan.

Hindistonda ikkinchi egizak birinchisidan 45 kundan keyin tug’ulganligi haqidagi ma'lumot bor. .Besh, olti egizaklar tug’ilishi kam uchraydi, tug’ilganda ham ular o’ladi. Germamyaning Xameln shahrida saqlanib qolgan barelefda quyidagi yozuv bor: " 1600 yilning 9 yanvari boshlanganda u (ayol) 2 o’g’il va 5 qiz tug’di".

Qo’shaloqli mayiblar. Egizaklaming mayib, ya'ni noto’g’ri rivojlanishiga sabab, blastomerlarning blastodermik pufakcha ichida ertaroq bo’linishiga, yoki kechroq ajralishiga bog’liq bo’ladi. Bo’linish davri egizaklarnlng normal, yoki mayib bo’lib tug’ilishida hal qiluvchi omil hisoblanadi. Ko’pchilik hollarda noto’g’ri rivojlangan egizaklar o’ladi, yoki bachadonda o’zgarishlaiga uchrab, yo’q bo’lib ketadi. Noto’g’ri rivojlanishga olib keluvchi fizikaviy omillarga harorat va nurlanish kiradi. Dengizlarda suv miqdori va uning tarkibining o’zgarislii baliqlarning jabrasida noto’g’ri rivojlanishning bir necha turlari kelib chiqishiga sababchi bo’ladi. Kalamushlarniiig skeletidagi o’zgarishlar, homiladorligida kam, yoki bir xil ovqat beiganda, vitaminlar yetishmaganda paydo bo’lishi, tajribalarda isbotlangan. Baliqlarda o’tkazilgan tadqiqotlardan ma'lum bo’lisliicha, embrion rivojlanishining ma'lum davrida turli xil ta'sirotlar bir xil o’zgarishlarni paydo qiladi, lekin bu ta'sirotlar har xil davrlarda ta'sir etdirilsa, turli xil nuqsonlar kelib chiqishi aniqlangan.

Har bir organning o’z rivojlanishi davrida tez o’zgaradigan davrlari bo’ladi. Markaziy nerv sistemasixuddi shunday favqulodda tez o’zgarish xususiyatiga ega. Bu davr, uning qalinlashgan plastinka holatidan nerv nayiga aylanish davridir. Ana shu davrda nerv sistemasiga turli xil ta'sirotlar tufayli paydo bo’lgan jarohatlar, har xil o’zgarishlaiga (anomaliyalarga) olib kelishi mumkin.

Bu davrda sekin taraqqiy etayotgan o’rganlar esa jarohatlanmaydi. Ona organizmiHomiladorlik davrida kasalliklarga uchrasa, embrionda noto’g’ri rivojlanish paydo bo’lishi mumkin. Bunday noto’g’ri rivojlanishga bir-biriga yopishgan, yoki qo’shilgan egizaklar misol bo’ladi. Bir-biriga yopishgan egizaklar, yopishgan gavda qismining nomiga "pagus" qo’shimchasi qo’shilib nomlanadi. Boshi bir-biriga qo’shilgan egizak karapapagus, ko’krak qismi bilan qo’shilgani esa pigopagus va boshqalar.

Ba'zi hollarda bir tuxumdan taraqqiy etgan egizaklar, bir-biri bilan ozgina ahmiyatsiz qo’shilgan bo’ladi. Bunday egizaklar hayotchan bo’ladi (masalan, siam egizaklari). Ba'zan qo’shaloq egizaklardan biri ikkinchisiga nisbatan kichik bo’ladi, yoki birining ma'lum birqismi yo’qolgan bo’ladi. Bu kichik organizm parazit, yoki parazit embrion deyiladi. Umuman, turli xil mayiblami o’rganish bilan teratologiya yoki patologik embriologiya shug’ullanadi.

Bir-biriga qo’shilgan egizaklarning 20% ga yaqini yashab qoladi. Siam egizaklari Chan va In 1811 yilda Siamda tug’ilgan. Ular ko’kraklari bilan qo’shilgan bo’lib, dastlab yuzma-yuz yotishgan. Keyinchalik o’sishi tufayli ularning birlashgan joyi cho’zilib, erkin harakatlanadigan bo’lib qolishgan.

Siam cgizaklarining onasi xitoylik bo’lib, ulami sirkka sotgan, keyin AQSh ga kelib, opa-singillaiga uylanib, 20 nafar sog’lom va 2 nafar kar farzand ko’rishgan. Chan tog’dan tushib ketgan va 1869 yil shol bo’lib qoladi. 1874 yilda o’pka shamollasludan vafot etgan. Uni eshitgan In ham 2 soatdan keyin vafot etgan.

Egizaklar ob-havoga ta'sir etishi, shamol, yomg’ir chaqirishi kabi mulohazalar hozircha fanda ilmiy jihatdan isbotlanmagan. Urush davrida Shvesiya va Daniyada egizaklami maxsus joyda saqlab, davlat, millatning boyligi sifatida himoya qilganlar.

Jinssiz ko’payadigan ba'zi organizmlar jinsiy yo'1 bilan ko’paymaydi.

Lekin jinnsiz ayrim organizmlar jinsiy yo’l ko’payadi.

Ayniqsa jinnsiz ko’payadigan avlod jinsiy ko’payadigan avlodni hosil qiladi

Jinsiy ko’payadigan avlad o’z navbatida jinssiz ko’payadigan avlodni hosil qiladi.Jinsiy va jinnsiz ko’payadigan avlodlarning bunday gallanishi har hil turlarda turli davrlarda ba’zan ma’lum vaqtda amalgam oshadi.Jinsiy va jinnsiz ko’payish gallanishning bir necha turi bor:

1.Ko’payishning birlamchi gallanishi. Bunda jinsiy ko’payish spora hosil uan gallanadi. Ko’payishning bunday gallanishi sporalilarda,

infiizoriyalarda, mikrosporidiyalarda, xivchinlilaming va o’simliklarningba'zi vakillarida uchraydi. Bu holat shu guruhlarning filogenezida qadimiy (jinssiz) va progressiv (jinsiy) ko’payish shakli sifatida saqlanib qolgan.

2. Ko’payishning ikkilamchi gallanishi. Bunda rivojlanish siklning turli boqichlarida hayvon jinssiz, yoki partenogenez va jinsiy yo’llar bilan ko’payadi. Bunday ko’payish kovakichlilarda, bo’g’imoyoqlilarda uchraydi.

Agar hayvon bir marta urug’langan tuxum orqalijinsiy ko’payib, keyingi marta partenogenez yo’li bilan ko’paysa, bunday gallanish, geterogoniya deyiladi. Masalan, jigar qurtining sporosistasini embrion bo’laklari rediya, rediya esa serkariya hosil qiladi.

Jinssiz va jinsiy bo’g’inlarning gallanishi, metagenez deyiladi. Masalan, gidrada kurtaklanish va jinsiy hujayralar orqali ko’payish gallanib turadi.

Agar hayvon jinsiy voyaga yetmagan (lichinka) holida ko’paysa, bu hodisa, pedogenez deyiladi. Maialan, trematodlar, ba'zi lentasimon chuvalchanglarda bunday ko’payish uchraydi.

Spermatazoidning tuxum ichiga kirishi. Tuxum hujayraning ustki qismi po’st bilan qoplangan. Spermatazo’ida ko’pchilik tuxumlarning ichiga mikropile teshikchasi orqali kiradi. Bu teshik orqali tuxum yetilishi davrida oziq moddalar kiradi. Ammo spermatozo’id ana shu “to’siq” orqali ichkariga kirishi lozim.

Elektron mikroskop orqali ko’pchilik hayvonlar spermatazoidida akrosoma reaksiyasi sodir bo’lishi aniqlangan.bungacha spermatozoid boshi yordamida mexanik ravishda tuxumni teshib ichiga kiradi deb hisoblanardi. Ammo bu hodisa mexanizmi ancha murakkabdir. Akrasomaning po’sti, xaltasi, apikal xaltasi farqlanadi. Akrasoma hosil bo’lishida golji apparati muxum axamiyatga ega spermatozoid tuxum bilan duch kelganda akrasoma posti yoriladi va ingichka akrasoma ipini otadi. Uning uzunligi dengiz tipratikanida 1mkm. Dengiz yulduzlarida 25, osiyotr balig’ida 5-8 mkm. Tuxumning yaqinlashishi bilan akraso’ma tuxum po’stini va uning yaqinligini sezadi. Bu sezuvchi aparat granulali qalin qavatdir. Akrasoma ipi tuxum posti va sariqlik qobig’I orqali ichkariga kiradi. Natijada urug’lanish konusi hosil bo’ladi. Spermatozoid boshi mikropile teshigiga kirishi bilan akrosoma ipi yo’qoladi. Spermatozoid dumi uzilib iy tashqarida qoladi. Qo’shilish oldidan tuxum 2 xil faollashadi. 1-impulsli faollashuv m ijobbunda spermatozoid bilan yaqinlashganda tuxum uni sezib faollashadi. 2-kartikal faollashuv. Bunda tuxum po’stining spermatozoidni qabul qilishigacha va undan keyingi faollashuvi tushiniladi. Tuxumning mikrapiliy teshigi oqsilli tiqin bilan yopilgan bo’ladi. Akrasomaning gialuaranidaza fermenti uni eritib spermatozoidga yo’l ochadi va spermatozoid tuxum ichiga kiradi, zigota xosil bo’ladi. Urug’lanish tufaylihH xromoso’malarning diploid nabo’ri tiklanadi, tuxum hujayra keyingi jarayonlar uchun faollashadi. Urug’lanishdan keyin jinsiy hujayralar yadrosining qo’shilishini birinchi marta 1875-yilda O. Gertvig aniqlagan.

Tuhum hujayradan ajraladigan moddalar spematozoidga tasir etishi va uni o’ziga jalb qilishi ancha oldindan malum. F. R. Lilli aniqlashicha, dengiz tipratikanining suvga tushgan tuxumi (tuxumli suv) spermatozoidning xarakatini tezlashtiradi. Bu modda erkakning (sames) o’ziga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Tuxumli suv dengiz yuldizi, molyuskalar, to’garak og’izlilar, baliqlar va amfibiyalarda ham aniqlangan.

Tuxum hujayradagi urug’lanishga yordam beradigan moddani Lilli(1919) fertilizing deb atadi. Bu modda tuxumning ustida, po’stida bo’Ladi va glikoprotein yoki mukopolisaxariddan tuzilgan bo’lib ular ham har xil hayvonlarda har xil bo’ladi , shunga ko’ra fertilizing ham har xil tuxumda har xil bo’ladi.Uning molekulyar massasi 300.000 ga teng. Spermotazoid sitoplazmasi ustida antifertillizin moddasi uchraydi. A. Tayler (1958) fikricha bu modda fertilizinga antigen – antitela hisoblanadi va qulfga kalit to’g’ri kelgandek, bir tur hayvonlarda bir –biriga to’g’ri keladi, boshqa hayvonlarning jinsiy hujayralariga to’g’ri kelmaydi . Shuning uchun ham tabiatda har xil hayvonlarning jinsiy hujayralari o’zaro qo’shilavermaydi. Fertilizin ba’zi hayvonlarning tuxumida bo’lmaydi va ular bemalol urug’lanadi. U moddalarning M.Gartman(1940) gamonlar yoki gametalar garmoni deb atladi. Tuxum hujayra garmoni ginogamon, spermatozoid garmonini andragamon deb atladi. Tuxum hujayradagi ginogamon-1 spermotozoidni faollashtiradi, ginogomon -2 yoki fertilizing jinsiy hujayralarni o’zaro qo’shiltiradi. Spermotozoiddagi androgamon 1 hujayraning haraktini sekinlashtiradi, andragamon -2 tuxum po’stini eritadi.

I.I.Sokolovskaya (1947) quyonlar kam yoki ko’p spermatozoid ishlab chiqarsa , urug’lanish sodir bo’lmasligini kuzatgan.

Umuman urug’lanishda ishtirok etadigan moddalarni 3 guruxga bo’lish mumkin.

1.Gamonlar-spermotozoid harakatchanligini oshiruvchi moddalar . Ular har bir turda o’ziga xos bo’ladi.

2.Glikoprateinlar – jinsiy hujayralar aloqasini o’rnatuvchi moddalar.

3. Lizinlar- tuxum po’stini erituvchi moddalar.
7- Mavzu Urchish va urug’lanishga ta’sir qiluvchi omillar.
Ma’ruza mashgulоtining ta’lim tехnоlоgiyasining mоdеli

O`quv vaqti: 80 minut

Talaba soni – 75 talaba

O`quv rmashg`ulоtining tuzilishi

Ma’ruza rejasi




1.Urchish va urug’lanishga ta’sir qiluvchi omillar

2.Qushlar va sutemizuvchilar rivojlanishning diapauza orqali amalga oshishining biologik moxiyati

3.Maydalanish sabablari va tiplari,blastulalarning yuzaga kelishi va xillari


O`quv rmashg`ulоtining massadi : Talabalarda urchish jarayonining xilma-xilligi yuzaga kelish, jinssiz va jinsiy ko`payishning gallanishi хususida tushuncha hоsil qilish.

Pеdagоgik vazifalar:

Yangi mavzu bilan taniqhtirish, mavzuga оid ilmiy atamalarni оchib bеrish, asоsiy maslalar bo`yicha tushunchalarni shakllantirish.



O`quv faоliyatining natijalari:Talabalarda urchish jarayonining xilma-xilligi, jinssiz va jinsiy ko`payishning gallanishi, qo`shilish davrida spermatazoid va tuxum hujayralarning o`zaro munosabati, asоsiy ma’lumоtlarni kоspеktlashtiradilar.

Ta’lim usullari:

BBB, “Klastеr”, ma’ruza

O`quv rfaоliyatini tashkil silish shakli

Оmmaviy

Ta’lim vоsitalari

Slaydlar, markеr, flipchart, jadval

Qayta alоqa usullari va vоsitalari

Savоl javоb


O`quv mashg`ulоtining tехnоlоgik xaritasi


Ishlash bоsqichlari, vaqti

Faоliyat mazmuni




O`qituvchining

Talabaning

1 bоsqich

1.1 O`quv rхujjatlarini to`ldirish va talabalar davоmatini tеkshirish (5 min).

1.2 O`quv rmashgulоtiga kirish (10min)


Organizmlarning jinsiy ko’payishi to’g’risida ma’lumоtlar bеriladi. O`quv mashgulоtiga kirish davоmida daqtlab talabalarga BBB jadvali taklif etiladi va uning Bilaman, Bilishni хохlayman grafalari to`ldiriladi. Jadvalning ikkita grafasi to`ldirilganidan so`ng ma’ruza bоshlanadi.

Tinglashadi. Aniqlashtiradilar, savоllar bеradilar. Organizmlarning jinsiy ko’payishi bo`yicha daqtlabki tushunchalarini ifоdalоvchi ma’lumоtlarni BBB jadvaliga tushiradilar

2 bоsqich

Asоsiy 50 min



1. Jadvalning ikkita grafasi to`ldirilganidan so`ng ma’ruza bоshlanadi.Organizmlarning jinsiy ko’payishi va yuzaga kelishi haqida tushunchalarni o`zgarib bоrishi.

2. Jinssiz va jinsiy ko`payishning gallanishi. haqida ma’lumоt bеrib, ularning yutuq va kamchiliklari, qo`llash sharоitlari хususida tushuncha bеrish.

3. Qo`shilish davrida spermatazoid va tuxum hujayralarning o`zaro munosabati.


Kоnspеkt yozishadi, tinglashadi, Urchish jarayonining xilma-xilligi bo`yicha dоskada klastеr tuzishadi. Mavzu bo`yicha savоllar bеradilar.

3 bоsqich. Yakuniy natijalar 15 min.

1 Mavzu bo`yicha хulоsa qilish. Organizmlarning jinsiy ko’payishi haqida umumlashtiruvchi fikr bildiriladi.

2 Talabalarga BBB jadvalini bilib оldim grafasini to`ldirish taklif etiladi, va o`quv mashg`ulоtning massadiga yerishish darajasi taхlil qilinadi

3 Mavzu yuzasidan O`quv vazifasi bеriladi. Amaliy mashgulоtga tayyorlanish


O`rganilgan mavzu bo`yicha оlgan ma’lumоtlarni BBB jadvalini yakuniy grafasiga tushiradilar.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin