1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari


Ayrim undosh tovushlar orfoepiyasi



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə30/96
tarix18.11.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#132893
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

2. Ayrim undosh tovushlar orfoepiyasi.
Undosh tovushlar talaffuzida hech qanday o’zgarishga uchramasdan so’zning turli o’rinlarida kelib aynan aytiladi va yoziladi. Lekin shu bilan birga ayrim undosh tovushlar talaffuzda o’zgarishga uchraydi, bu ularning so’zda kelgan o’rniga, qanday tovushlar bilan yonma-yon kelishiga bog’liq bo’ladi.
Undoshlarning quyidagi talaffuz holatlari orfoepiya me’yoriga kiritilgan:
1) so’z oxirida kelgan b undoshi jarangsizlashib, p tovushiga moyil aytiladi: maktab-maktap, odob-odop, sarob-sarop kabi;
2) so’z oxirida kelgan d undoshi jarangsizlashib t tarzida aytiladi: iqtisod-iqtisot, daromad-daromat kabi;
3) Jj undoshi juda, tijorat, vaj so’zlarida jarangli qorishiq undosh kabi, jurnal, mujda, tiraj kabi so’zlarda til oldi jarangli sirg’aluvchi undosh sifatida talaffuz etiladi. So’z o’rtasida va oxirida kelgan qorishiq portlovchi j undoshi ch tarzida aytiladi: lahja-lahcha, avj-avch, mavj-mavch, iloj-iloch kabi;
4) ruscha-internatsional so’zlar tarkibidagi v undoshi f undoshiga moyil talaffuz qilinadi: avtomat-aftomat, avtoruchka-aftoruchka, avtobus-aftobus, ustav-ustaf, passiv-passif kabi;
5) Ff undoshi fursat, talaffuz, sof so’zlarida p emas, f kabi talaffuz qilinadi;
6) Xx va Hh undoshlarining yozilishi va talaffuzida farq bo’ladi: Xx - chuqur til orqa jarangsiz sirg’aluvchi undosh bo’lib, Hh - jarangsiz sirg’aluvchi bo’g’iz undoshidir. Bu undoshlarni farqlamaslik ma’no o’zgarishiga olib keladi: shox- shoh, har -xar, hil- xil kabi.
7) ayrimso’zlarningo’rtasida, oxiridaqo’llanganzundoshisundoshitarzidaaytiladi: izhor-ishor, iztirob-istirop, faraz-faraskabi; shuningdek, ruscha-internatsionalso’zlardahamshundayholatkuzatiladi: gipnoz-gipnos, karniz-karnis, narkoz-narkoskabi;
8) ayrimundoshlardanoldinqo’llanganqundoshixtarzidaaytiladi: vaqt-vaxt, naqd-naxt, to’qson-to’xson, maqsad-maxsat, taqsimot-taxsimot;
9) so’zoxiridakelgank, qjarangsizundoshlaribazanjaranglig, g’ tovushigamoyilaytiladi: -bilak-bilag, yurak-yurag, o’roq-o’rog’, sariq-sarig’ kabi; shuningdek,ruscha-internatsionalso’zlardaham kundoshijarangligtarzidaaytiladi: znachok-znachog, galstuk-galstugkabi.
10) ayrimso’zlardaso’zoxiridakelgant, dundoshlaritalaffuzdatushibqoladi: go’sht-go’sh, g’isht-g’ish, xursand-xursan, baland-balankabi;
11) birinchivaikkinchibo’g’inoxiridakelgannundoshio’zidankeyinkelganbundoshiningta’sirida m tarzidaaytiladi: tanbur-tambur, sunbul-sumbul, yakshanba-yakshamba, manba-mamba kabi;
12) o’zlashmaso’zlarso’zo’rtasida, oxiridayonma-yonkelganikkibirxilundoshdanbiritalaffuzdatushibqoladi: mujassam-mujasam, munavvar-munavar, taassurot-taasurot; grammatika-gramatika, metall-metalkabi.
13) so’z bo’g’inlaridagi urg’uni o’z o’rnida qo’yib talaffuz qilmaslik, so’z ma’nolarini o’zgartirishi mumkin: bo`g’lar- bog’la`r, su`rma- surma`, qishlo`qcha- qishloqcha`, a`tlas- atla`s, eti`k- e`tik, o`lma- olma`, mexa`nik- mexani`k kabi.

Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin