1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari


U uharfi yutuq, butun, tovuq, sovun kabi so’zlar , «i» ga monand talaffuz etilsa-da, qoidaga binoan «u» yoziladi. O’ o’



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə38/96
tarix18.11.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#132893
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

U uharfi yutuq, butun, tovuq, sovun kabi so’zlar , «i» ga monand talaffuz etilsa-da, qoidaga binoan «u» yoziladi.
O’ o’harfi o’zbek, o’lka, o’simlik kabi so’zlardan old qator, o’rta-keng, lablangan unli tovushni ifodalash uchun yoziladi.
E eharfi e’lon, ehtirom, fe’l, bermoq, meros, mone, tole, kofe kabi so’zlarda old qator, o’rta keng, lablanmagan unli tovushni ifodalash uchun yoziladi.
Undoshlar imlosi
1. «B» tovushi bazi so’zlarda «p», «v» tarzida aytilsa ham «b» yoziladi.
2. Bazi so’zlarda «v» tovushi «f» tarzida talaffuz qilinsa-da, doimo «v» yoziladi.
3. Ayrim hollarda «f» tovushi «p» kabi aytiladi, lekin har doim «f» yoziladi.
4. Ko’p so’zlarda «d» tovushi «t» tarzida aytilsa-da, har vaqt «d» yoziladi.
5. Ko’pgina so’zlarda «z» tovushi «s» deb o’qilsa-da «z» deb yoziladi.
6. J j harfi jon, jahon, juma, g’ijjak, vaj so’zlarida til oldi, jarangli, portlovchi «dj», jurnal, ajdar, garaj, tiraj so’zlarida esa til oldi, jarangli, sirg’aluvchi «j» undosh tovushini ifodalash uchun yoziladi.
7. Sh sh harfi ikki tovushni ifodalasa, oraga tutuq belgisi qo’yiladi: Is’hoq, as’hob kabi.
8. Ch ch harfi chumoli, choy, achchiq, soch kabi so’zlarda til oldi, jarangsiz, qorishiq undosh tovushni ifodalash uchun yoziladi.
9. R r, L l,N n, G g, K k, Y y, Ng ng, Q q, G’ g’, X x, H h harflari so’zlarda muayyan tovushni ifodalash uchun yoziladi.
10. Ayrim so’zlarda «d» va «t» undoshlari tushib qolsa ham yozuvda doimo ifodalanadi.
11. Xuddi shuningdek, metall, kilovatt, kongress kabi so’zlar oxiridagi qo’sh undoshlardan biri talaffuzda tushirilib qoldirilsa ham yozuvda hamisha ifodalanadi.
12. Tutuq belgisi ayrim so’zlarda unlidan keyin kelib, uning cho’ziqroq aytilishini ta’minlaydi.
13. Mo‘jiza, mo‘tadil, mo‘tabar kabi so’zlarda «o‘» unlisi cho’zib o’qiladi, lekin tutuq belgisi qo’yilmaydi.
14. San’at, in’om, mas’ul kabi so’zlarda unlidan oldin qo’yilib, uning undosh tovushdan ajratib aytilishini ta’minlaydi.

Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin