Psixologik bilimlar tizimida oila psixologiyasi o’rni. XXI asr sharoitda insonni o’z yolg’izligini qanday engishi kerakligi, qanday qilib o’zga odam bilan mustahkam va garmonik ittifoq tuzish va qanday qilib butun umr davomida saqlab turishi masalalari bo’yicha keskin savollar turibdi. S.L.Rubinshteyn bu haqda juda to’g’ri fikr aytgan (7-bet, 4-qator).
Oila psixologiyasini boshqa fanlar bilan aloqasi Oila kichik guruh sifatida, emotsional munosabatlar tizimining ahamiyatligi bo’yicha va ijtimoiy institut sifatida shaxs psixologiyasi, fanda ijtimoiy psixologiya fanida va sotsiologiya fanida ham o’rganiladi. Bola va ota-ona munosabatlari, tarbiya stili, bolaning oilada rivojlanishi yosh davrlari va Oila psixologiyasi ning asosiy o’rganish predmeti hisoblanadi. Oilaviy nizolar konfliktologiya fanida juda chuqur tahlil qilingan va tizimlashtirilgan. Oila barbod bo’lishi psixologik jarohotlarni, oilaviy rollarni patologiyasini keltirib chiqarishi klinik-psixologlarni va psixoterapevtlarni diqqatini o’ziga tortadi. Shu bilan birga yaqin bo’lgan psixologiya fanlari bilan ham chambarchas bog’liq. Lekin shu bilan birga psixologiyaning bir-biriga yaqin fanlardagi umumiy qiziqishlar bilan birga farq qiluvchi xususiyatlari ham ko’rinadi. Agar sotsiologlar va ijtimoiy psixologlar guruhlarni (katta va kichik) o’rgansalar, oila psixologiyasi esa shunday g’aroyib bir butun vujudga kelgan – oilaga kiruvchi individlarni o’rganadi. Bunga oilaning o’z a’zolarini rivojlanishiga ta’sirini va individning oila rivojiga va mavjudligiga ta’sirini o’rganish kiradi.
Oila ichidagi o’zaro aloqalar boshqa har qanday guruh ichidagi o’zaro aloqalarga qaraganda boshqacha bo’lib – u qarindoshlik rishtalari bilan bog’langandir. Er-xotin o’zaro munosabati tahlil qilinar ekan, sotsiologlar diqqat markazida nikoh tendentsiyalari, ajralishlar, oila siyosati tahlili tursa, oila psixologlari esa, nima sababdan odamlar bir-birlarini yoqtirib qolishadi, qanday qilib bir-birlari bilan kelishib, moslashib yashab ketishadi degan muammolarni tadqiq qilish turadi. Individning shaxsiy hayoti sotsial psixologga qaraganda oila psixologini ko’proq qiziqtiradi. Shaxsni tadqiq qiluvchi psixologlar o’z diqqatlarini individlarning farqalari va ularning ichki individual mexanizmlari esa oila tizimida paydo bo’lgan va o’sib rivojlanayotgan individga o’z diqqatlarini to’playdilar.
Bulardan tashqari oila psixologiyasi psixologiya fanining tadqiqot metodlaridan foydalanadi. Kuzatish, suxbat, intervyu,anketa,test metodlari oila psixologiyasida ham unumli foydalaniladi.