1-mavzu: psixologiya haqida tushuncha. Oila psixologiyasi fani predmeti maqsadi va vazifalari


Mavzu: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nikoh-oila munosabatlarining aks ettirilishi



Yüklə 145,74 Kb.
səhifə4/5
tarix10.12.2023
ölçüsü145,74 Kb.
#139488
1   2   3   4   5
1 mavzu

Mavzu: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nikoh-oila munosabatlarining aks ettirilishi

Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir, hamda jamiyat va davlat muho-fazasida bo'lish huquqiga ega



Nima sababdan biz ko'proq oila va unda yuz beradigan munosabatlarga e'tiborli bo'lamiz, nima sababdan oila maskanida o'zimizni yaxshi, baxtli his etsak, ishimiz ham yurishgandek, omadimiz chopgandek bo'ladi? Chunki oila bizning hayotimizdagi eng aziz va muqaddas dargoh! Faqat oilagina insonning baxtli bo'la olishi, o'zini kimlargadir kerakli his eta olishi yoki bo'lmasa o'zini ezilgan, omadsiz sezishiga sabab bo'la oladi. Shuningdek, jamiyat taraqqiyotining kutilgan darajaga chiqa olmasligi, uning taraqqiyotiga to'sqinlik qiluv-chi, uning inqiroziga olib keluvchi kuchlarning yuzaga kelishi-da ham oilaning hissasi kattadir. Chunki nosog'lom psixologik muhitli, nizo-janajalli, o'zaro mehr-oqibatsiz muhitda dunyoga kelib, shakllangan bola, keyinchalik nafaqat o'z ota-onasi, aka-ukalariga nisbatan balki atrofdagilarga, qolaversa, o'zi yashagan jamiyatga nisbatan ham mehr-oqibatsiz, shafqatsiz, zolim, xud-bin, yurt manfaatlariga zid, tashqi kuchlar ta'siriga oson beriluvchan, shu asosda esa o'z oilasi, o'z xalqi, o'z yurti uchun xavfli odam bo'lib yetilishi mumkin.



Oila va uning jamiyat hayotidagi o'rni beqiyos bo'lib, Konstitutsiyaning 14-bobi maxsus oilaga bag'ishlangan.


Oilalarning mustahkamligi jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, milliy xavfsizligini, uning ravnaqi, taraqqiyotini belgilovchi hal qiluvchi omil hisoblanadi. Hozirgi vaqtda jamiyatimiz uchun, insoniyat taraqqiyoti uchun, mustaqilligimiz is­tiqbollari uchun jiddiy xavf tug'dirayotgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ekologik, ichki va tashqi omillarning tahdidi ortib borayotgan ayni vaqtda oilalar mustahkamligini ta'minlash va bu masalani to'g'ri hal etilishining asosiy yo'li bo'lmish yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalasi hech kechiktirib bo'lmaydigan, sustkashlikka yo'l qo'yib bo'lmaydigan, o'ta jiddiy yondashishlarni talab etuvchi davlat, hukumat miqyosidagi dolzarb masaladir. Buning muvaffaqiyatli amalga oshishiga jamiya-timizning har bir fuqarosi, Siz o'quvchilar, ota-onalar hamma birdek mas'uldir. Bu masala hech qachon kun tartibidan tush-maydigan, o'z dolzarbligini hech qachon yo'qotmaydigan o'ta nozik, nihoyatda jiddiy masaladir. Chunki insoniyat va jamiyatimiz taraqqiyoti shu masalani biz bugun qanday hal qilishimizga bog'liq.



Mavzu: OILA XUSUSIDA SHARQ MUTAFAKKIRLARINING QARASHLARI


Inson va insoniy munosabatlar, shaxs va uning kamoloti uzoq asrlardan buyon jamiyatning eng ilg’or kishilari, olimlar, buyuk allomalar va donishmandlarning diqqat markazida asosiy masalalardan biri bo’lib kelgan. Abu Nosir Farobiy, Abu Rayhon beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Kaykovus, Xotam ibn Toy, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Rizouddin ibn Faxriddin, Muqimiy, Furqat, Yaavqiy, Uvaysiy, Nodira, Abduruf Fitradt, Abdullo Avloniy kabi sharq mutafakirlarning oila xususidagi dono fikrlarining bayoni beriladi.


Qadimgi zamonlarda ibtidoiy jamoa tuzumi davrlarida erkak va ayol munosabatlari xususiyatlari. Nikoh oila munosabatlarining yuzaga kelishi va rivojlanishi. Insoniy hissiyot, sevgining biologik asosi. Erkak va ayol jinsiy munosabatlarining shakllanishi. Erkak va ayol munosabatlarida yuzaga kelgan «tabu»lar. Nikohning dastlabki turlari. Endogam oila. Ekzogam oila. Urug’lararo nikoh.
Dastlabki juftli nikohlarning yuzaga kelishi. Egalitar nikoh (24-25 ming yillar muqaddam). Xususiy mulkchilikning yuzaga kelishi va uning nikoh oila munosabatlarining shakllanishiga ta’siri. «Sovg’a ayrboshlash». Individual juft nikohning yuzaga kelishi. Juft oila. Oilaviy rollarning yuzaga kelishi. Nikoh oila munosabatlarining ijtimoiy boshqarila boshlanishi. Monogam oila turining yuzaga kelishi.
Insoniyat taraqqiyotining keyingi formatsiyalarida nikoh oila munosabatlarining rivojlanishi. Ijtimoiy tarixiy tuzumlarda er-xotinlar, oila a’zolari munosabatlari xarakteriga qo’yadigan talablari. Ibtidoiy jamoa tuzumida ishlab chiqarish munosabatlari taraqqiyotining oilaviy munosabatlar xarakteriga ta’siri. quldorlik tuzumida oilaviy munosabatlar xarakteri. 8-mart bayramining yuzaga kelishi (qadimgi Rim).
Patriarxat poligam (ko’p xotinlilik), monogam oilalar. Familiya (lot. fomil – bir odamga tegishli qullar), nuklear (lot. nukleus – yadro) oilalar. Industrial jamiyatda nuklear oilalarning o’rni.
Oila va jamiyat munosabatlari. Oila a’zolarining ijtimoiy munosabatlari. Oilaning jamiyatdagi munosabatlarga va jamiyatning oilaga ta’siri.
Nikoh oila munosabatlari, oilaviy hayot psixologiyasiga, hozirgi zamon oilasida kuzatiladigan ko’plab holatlarga psixologik nuqtai nazardan qaraladigan bo’lsa, ularning ildizi nikoh-oila munosabatlari evolyutsiyasining uzoq o’tmishi bilan bog’liqdir. Nikoh-oila munosabatlari eramizdan oldingi iptidoiy davrlardan biologik ehtiyoj sifatida paydo bo’lib, asta-sekinlik bilan guruhlar, qabilalr, urug’chilik va asosan ongli odamlarning paydo bo’lishi, dehqonchilikning rivojlanishi natijasida, nikoh-oila munosabatlari, er-xotin oila boquvchi erkak va ayol munosabatlari shakllana boshlaydi.
Maxsus manbalarda qayd etilishicha, qur’on, hadis va boshqa muqaddas kitoblarda oila masalalarining yoritilishi. O’tmish mutafakkirlarining oila mohiyati haqidagi fikr-mulohazalari. Al-Buxoriy, Burxonuddin Marg’inoniy, At-Termiziy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Amir Temur, Ahmad Donish, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy va boshqalarning oila, oilaviy munosabatlar haqidagi qarashlari.
Oila nikoh haqida tushuncha. Oila birligini ta’minlovchi omillar: o’zaro sevgi, oilaning barcha a’zolarining ahloqiy, iqticodiy, huquqiy va boshqa o’zaro mas’uliyati, o’zaro tushunish va emotsional (hissiy) bog’liqlik, yaqinlik. Oila a’zolari o’rtasida emotsional tenglikni ta’minlash-oila a’zolari o’rtasida ishonchli muloqot, bir-birini ahloqiy, ma’naviy, hissiy qo’llab-quvvatlash, ularda xotirjamlikni (xavfsizlikni) his qilishni ta’minlash.
Darhaqiqat, Sharqning buyuk allomalari va ma’rifatparvarlari hisoblangan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Rizouddin ibn Faxruddin, Ahmad Donish, Abdulla Avloniy, Fitrat va boshqalarning asarlarida Markaziy osiyoda yashab kelayotgan xalqlar, jumladan, o’zbek xalqining oilaviy hayoti, undagi o’zaro munosabatlarning (ayniqsa er-xotin) milliy psixologik xususiyatlari, er-xotinning burch va vazifalari, oilaning turmush tarzi va tarbiyaviy muhiti va boshqalar haqida qimmatli fikrlar mavjud.
Oilaviy turmush va undagi shaxslararo munosabatlar madaniyatiga xos masalalar buyuk muhaddis allomalar Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, At-Termiziy ijodlarida hamda tasavvuf falsafasining yirik namoyandalari bo’lmish Ahmad Yassaviy, Baxovuddin Naqshband, Najmiddin Kubro tariqatlarida ham keng yoritilgandir.
Sharq mutafakkirlarining ilmiy-madaniy merosini o’rganar ekanmiz, ularda bayon qilingan oilaviy turmush qoidalari, undagi shaxslararo munosabatlar madaniyati, farzand kamoloti, erkak bilan ayol munosabati, insoniy fazilatlarning shakllanishi haqidagi qimmatli fikrlar sharq xalqlari, xususan, o’zbek xalqining og’zaki ijodi, eposining (o’zbek xalq maqollari, ertaklari, dostonlari, afsonalari, rivoyatlari) uzviyligi asosida tarkib topgan ilmiy-madaniy meros ekanligini ko’ramiz.
Chunonchi, o’zbek xalqining og’zaki ijodi va eposlarida mardlik, halollik, kamtarlik, ishonch, sevgiga-sadoqat, do’stlik, adolatlilik, mehnatsevarlik, hamfikrlilik, orastalik, go’zallik, oqillik, e’tiqod, hurmat-ehtirom, oila sha’ni va g’ururini himoya qilish, tug’ilgan joyiga muhabbat, ezgulikka intilish, halol va pok yashash ulug’langan. Bu voqelikni biz Alpomish, Kuntug’mish, Go’ro’g’li, Oysuluv, Layli va Majnun, Yusuf va Zulayho kabi qator o’zbek xalq dostonlarining qahramonlari misolida ko’rishimiz mumkin.
"Qadimiy eposlarda ayollar bilan erkaklar teng ijtimoiy mavqega ega shaxslar sifatida gavdalanadi, ayollar erlaridan qolishmaydigan jasoratli qilib tasvirlangan" .
Sevib turmush qurish, sevgida vafodorlik, oilaviy totuvlik kabi insoniy xislatlar o’rta Osiyo xalqlari, xususan, o’zbek urug’lari va elatlarining xarakterli xususiyati sifatida saqlanib qolgan.

Yüklə 145,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin