Tavsiyanoma biror shaxsni ma’lum lavozimga yoki turli tashkilotlarga a’zo bo‘lishi uchun tavsiya berish maqsadida tuziladigan rasmiy hujjatdir. U ma’muriyat yoki alohida shaxs tomonidan berilishi mumkin. Tavsiyanoma matni ham deyarli tavsifnoma matniga o‘xshab tuziladi. Ammo, tavsiyanoma so‘nggida hujjat nima maqsadda berilayotgani ko‘rsatiladi. Masalan, Davlat mukofatiga tavsiya etaman; uyushma a’zoligiga tavsiya qilaman kabi.
Men N.Oxunovani 1999 yildan beri bilaman. 2000 yildan men unga dastlab akademik litseyda “Adabiyot qoidalari” fanidan, keyin esa universitetda “She’riy vaznlar”, “Folklorshunoslik” kabi fanlardan dars berdim. Bu davr ichida u o‘z she’rlari bilan respublikaga tanildi. “Kamolot” stipendianti bo‘ldi. Ilmiy tadqiqotlari bilan universitetning an’anaviy 55-56-konferensiyalarida g’olib bo‘ldi. Uning ilmiy maqolalari ham she’rlari kabi puxta, aniqligi bilan diqqatga sazovor. N.Oxunova qat’iyatli, intizomli ekanligi bilan jamoa orasida obro‘ga ega. Universitet ilmiy va ijtimoiy hayotifa faol ishtirok etmoqda. Shu sababli men Nargiza Oxunovani Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga tavsiya qilaman.
Filogiya fanlari doktori: S.Aliyev.
2005- yil 10- yanvar.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
Tavsifiy matnlar haqida ma’lumot.
2. Rasmiy uslubdagi tavsifiy matnlatni sanang.
3. Tavsifnoma deb nima aytiladi?
4. Tavsifiy matnlarning leksik-uslubiy xususiyatlari.
5. Tavsifnomaning tarkibiy qismlari.
6. Tavsifiy matn necha qismdan iborat va ularda nimalarga e’tibor beriladi.
7. Yaqin do‘stingiz yoki dugonangizga tavsifnoma yozing.
Tavsifnoma yozishda qanday til birliklaridan ko‘proq foydalandingiz?
4-MAVZU. RASMIY-IDORAVIY HUJJAT MATNLARINING TIL XUSUSIYATLARI VA ULARDA TINISH BELGILARINING QO‘LLANISHI REJA: Hujjatlarning til xususiyatlari.