1-mavzu. Tarixiy hujjatlar va ulardan namunalar reja


Nuqta, odatda, eng ko‘p qo‘llaniladigan belgi hisoblanib, darak mazmundagi gaplarning so‘ngiga qo‘yiladi. Sarlavhalardan keyin nuqta qo‘yilmaydi. Vergul



Yüklə 99,48 Kb.
səhifə11/31
tarix26.11.2023
ölçüsü99,48 Kb.
#135189
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
1-mavzu. O‘zbek munshaoti tarixi. Tarixiy hujjat turlari reja

Nuqta, odatda, eng ko‘p qo‘llaniladigan belgi hisoblanib, darak mazmundagi gaplarning so‘ngiga qo‘yiladi. Sarlavhalardan keyin nuqta qo‘yilmaydi.
Vergul hujjat matnida qoliplashgan kirish so‘z birikmalaridan so‘ng, uuyushiq va ajratilgan bo‘laklar orasida, izohlovchi bilan izohlanmish o‘rtasida qo‘llanadi. Masalan, “Shuni hisobga olib,…”, “Men, ikkinchi kurs talabasi Munavvar qizi... ”, “Shuni ma’lum qilamizki,..”kabi.
Nuqtali vergul izohlanayotgan voqea-hodisa, narsalarning tartib raqami qavs bilan ajratilgan so‘z, birikma va gaplardan so‘ng, qismlari mazmunan farqlanuvchi qo‘shma gaplar tarkibida ishlatiladi.
Masalan: Talabaning majburiyatlari:
kollej Nizomiga binoan oq xalat kiyish;
nazariy dars va amaliy mashg’ulotlarda faol qatnashish;
berilgan topshiriq va vazifalarni o‘z vaqtida bajarish; va boshqalar.
Ikki nuqta hujjatlar matnida quyidagi holatlarda qo‘yiladi:
matn tartkibida izohlanayotgan, sanalayotgan bo‘laklardan oldingi umumlashtiruvchi “quyidagilar”, “shu haqda”so‘zlaridan keyin. Masalan: “Yig’lishga quyidagilar qatnashdilar: Akbarov A., Hamidova Z. Haqberdiyeva O. Samiyev D. Yoqubova F. Azimova N. Abduraimov Sh.
–farmoyish hujjatlaridagi “buyiraman”,” qaror qiladi”, “bajarish maqsadida” kabi so‘z va so‘z birikmalaridan keyin;
Qavs hujjat matnlarining biror bo‘lagiga izoh berish zarurati bo‘lganda qo‘llanadi. Bunda izohlovchi so‘z, manzil nomi, miqdoriy ko‘ratgich qavs ichida beriladi. Masalan, 8500 (sakkiz ming besh yuz) so‘zlik. Ho‘jalik raisi ko‘pchilik ovoz bilan ikkinchi muddatga(2005 yil 23 yanvardan 2008 yil 23 yanvargacha) qayta saylandi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, hujjatlarning tili anchayin murakkab va shu bilan birga aniq xususiyatlarga ega. Ularga amal qilish hujjatning shakily va mazmuniy uyg’unligini ta’minlaydi.


Taynch so‘z va iboralar: annotatsiya, titul varag’i, taqriz, annotatsiya, rezyume, g’oyaviy mazmun.
Ish yuritish amaliyotida turli yangi adabiyot, ilmiy-tadqiqot natijasi, o‘quv qo‘llanmasi, monografiyalar, mahsulotlar, tovar, xizmat, dori-darmonlar va shu kabilarni kishilarga taqdim qilish maqsadida tegishli soha vakillari tomonidan ularning yutuq va kamchiliklari, afzalliklari, qulayliklari asos, dalil, xulosa, isbot yoki hayotiy faktlar bilan ochib beriladi. Bunday matnlar xolislik bilan yozilishi va real bahosini olishi zarur. Bu kabi matnlar ta’rif-mulohaza, munosabat tarzidagi matnlar turkumiga kiradi. Ular orasidan taqriz, annotatsiya, rezyume kabilar ish yuritishda ancha faol qo‘llaniladi.
“Annotatsiya” so‘zi lotincha so‘z bo‘lib, “eslatma”, “izoh”, “qayd etmoq”, “belgi qo‘ymoq” ma’nolarini anglatadi. Atama sifatida esa qisqa tushunturish, ko‘rsatib o‘tish, tarkibi, mazmuni, ahamiyati, kimlar qaysi hollarda foydalanishlari mumkinligi, kimlar uchun ekanligi haqidagi kichik matn tushuniladi.
Har qanday adabiyotning titul varag’ining orqasida(ko‘p hollarda quyiroqda bo‘ladi) mazkur asarning qisqacha mazmuni, g’oyaviy yo‘nalishi, qaysi yoshdagilarga mo‘ljallanganligi qayd etiladi. Masalan, G’.G’ulomning TANLANGAN ASARLAR(G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent. 2003) to‘plami titul varag’i orqasida “Akademik shoir, o‘zbek adabiyoit ravnaqiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan G’afur G`ulom ijodi o‘zbek kitobxonlarining bir necha avlodini tarbiyalashga xizmat qilgan. Shoir tavalludining 100 yilligi munosabati bilan nashr etilgan ushbu kitobga jamlangan asarlar o‘zining g’oyaviy ruhi bilan mustaqillikni qo‘lga kiritgan xalqimizning komil insonlarni voyaga yetkazish yo‘lidagi kurashida kamarbasta bo‘lishiga ishonamiz”, degan annotatsiya bor.
Shuni aytib o‘tish kerakki, aksariyat adabiyotlarda annotasiyalar 2-betda bo‘ladi. Tituldan oldin muallifning fotosurati berilgan adabiyotlarda esa 4-sahifadan o‘rin olgan bo‘ladi.
Bundan tashqari annotatsiyalar yangi dori-darmon mahsulotlariga ham yoziladi. Masalan:
SIPRODED– 250(500)–10 ta tabletka, har biri 250(500) mgdan iborat. Keng ta’sir doirasiga ega antibakterial vosita. Nafas yo‘llari infeksiyasi, qorin bo‘shlig’I, bo‘g’imlar, suyak va teri yallig’lanishi, ko‘rish organlari yallig’lanishi va infeksion kasalliklarida keng qo‘llaniladi.”(“Sihat-salomatlik”. 2-son. 2005 yil.)
Annotatsiya aholida nashr hisoblangan o‘quv qo‘llanma, darslik va monogirafiyalarga ham yozilishi mumkin. Bunda uning hajmi nisbatan kattaroq bo‘ladi. Lekin bir betdan oshmaydi. Shuningdek, u rasmiy xat matni sifatida sarlavha, matn shakliga ega bo‘ladi. Matnni yozgan kishining muallifi ko‘rsatilmaydi.
Namuna:
H.Umurovning “Adabiyot nazariyasi” (T., Sharq. 2002) darsligining
A N N O T A T S I Y A S I:


Respublika universitetlarining O‘zbek 1filologiyasi yo‘nalish(fakultetlar)ida “Adabiyot nazariyasi” bakalavriyatning 4-kursida o‘rganiladi. Unda adabiyot, badiiy asar, ijodiy jarayonning muhim qonuniyatlari, adabiy tur va janr, ijodiy metod va uslub muammolarining mohiyati, so‘z va so‘zshunoslikning sehru jozibasi haqida zarur nazariy ta’limot beriladi.
Ushbu darslik oliy o‘quv yurtlarining filolog talaba-bakalavrlari, magistrlari, tadqiqotchilari, aspirantlari, doktarantlari va adabiyotga qiziquvchi barcha ijodkorlarga mo‘ljallangan.

Mazkur annotatsiyada darslikning qisqacha mazmuni, ahamiyati, kimlarga mo‘ljallab yozilgani o‘z ifodasini topgan.


Taqriz. Nutqiy faoliyatda retsenziya deb ataladigan muhim hujjat ham mavjud. “Retsenziya” atamasi lotincha bo‘lib, ko‘zdan kechirish, ko‘rib chiqish, tekshirish, degan ma’nolarni bildiradi. U taqriz deb ham ataladi.
Taqriz deganda, ilmiy yoki san’at(badiiy, kino, teatr, haykaltaroshlik kabi) asarlarni tanqidiy nuqtai nazardan tekshirib tahlil qilingan ilmiy maqola tushuniladi.
U bitiruv-malakaviy, nomzodlik, doktorlik ishlariga, o‘quv qo‘llanmalari, darslik kabi nashrlarga yoziladi. Taqrizda himoya yoki nashrga tavsiya etilayotgan ishga atroflicha, batafsil munosabat bildiriladi. Uning ijobiy va salbiy tomonlari xolisona ko‘rsatilib o‘tiladi, himoyaga yoki nashrga tavsiya etilish-etilmaslik haqidagi munosabat aniq bayon etiladi.
Dissertatsion ishlarga himoyasini o‘tkazuvchi ixtisoslashgan kengash yoki asarni bosib chiqaruvchi nashriyot bu kabi taqzirlarda aytilgan fikr-mulohazalarni umumlashtirib, o‘z xulosalarini chiqaradi. Taqrizning tarkibiy qismi a) sarlavha; b) matn; va v) imzodan iborat.
Sarlavhada taqriz kimning, qanday dissertatsion ishi yoki nashrga tavsiya etilayotgan asari haqida ekanligi yoziladi. So‘ngra hujjat nomi(taqriz) katta harflari bilan yangi qatorga yoziladi. Keyin asosiy matn yoziladi. U ham kirish asosiy qism va xulosadan tashkil topgan bo‘ladi. Kirishda asar mavzusida o‘rtaga qo‘yilgan masalaning dolzarblik darajasi, o‘rganilganligi ko‘rsatiladi. Asosiy qismda muallif masalaga qanchalik yondoshganligi haqida gapiriladi. Matndagi asosiy g’oya qaysi taniqli kishining qaysi fikri bilan mos kelishi, sitatlar keltirib isbotlanadi. Sitatalar qo‘shtirnoq ichida beriladi. Olinma maxsus raqam bilan belgilanib, sahifa oxirida shu raqam tartibida qaysi olimning, qaysi asarining, qaysi sahifasidan olinganligi ko‘rsatiladi. Jumladan, internet, elektronpochta, elektron darslik, multimediyalarning ham.
Xulosada taqriz yozuvchining ishga bergan bahosi, nashrga yoki himoyaga tavsiyasi aniq ko‘rsatiladi. Matndan so‘ng taqriz yozgan kishining lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, ismi, familiyasi, imzosi hamda yozilgan sana ko‘rsatiladi. Imzo kadrlar bo‘limi tomonidan tasdiqlanadi.

Yüklə 99,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin