Fan/modul kodi



Yüklə 68,59 Kb.
səhifə1/4
tarix10.12.2022
ölçüsü68,59 Kb.
#120755
  1   2   3   4
Tilshunoslik ilmiy tadqiqot metodologiyasi.2022.Tayyor





Fan/modul kodi
TIIM1003

Oʻquv yili
2022-2023

Semestr
3

ECTS Kreditlar
3

Fan/modul turi
Majburiy

Taʼlim tili
Oʻzbek

Haftadagi dars soatlari
2



1.

Fan nomi

Auditoriya mashgʻulotlari
(soat)

Mustaqil taʼlim
(soat)

Umumiy (soat)

Tilshunoslik ilmy tadqiqot
metodologiyasi

30

60

90















  1. Fanning mazmuni


Hozirgi davr talabalaridan kelib chiqqan holda, “Tilshunoslik ilmiy tadqiqot metodologiyasi”ning predmeti, vazifalarini yoritish, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalarning mazmun-mohiyatini aniqlash, ilmiy bilish, metod, metodologiya, metodika tushunchalarining mohiyatini anglash, ilmiy faoliyatning tiplari va metodologik yondashuvlarini bilish, jamiyatni demokratlashtirish va bozor tamoyillari asosida isloh qilingan iqtisodiyot sohasidagi o‘zgarishlarning tabiiy va ijtimoiy fanlarga ta’siri masalalarini yoritish yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Har qanday ilmiy tadqiqot muayyan maqsadga yo‘naltirishi bilan bir qatorda izlanish natijalarining inson manfaatlariga xizmat qilish darajasi bilan belgilanadi. Mazkur fan ilmiy tilshunoslikka doir ilmiy tadqiqot metodologiyasi, metodlarini o‘rganishga qaratilgan. O‘quv fanining maqsadi tilshunoslikka doir ilmiy tadqiqot metodologiyasi va metodlarini o‘zlashtirish, ilmiy tadqiqot mazmuni, ilmiy tadqiqot olib borish haqidagi bilim ko‘nikmalarini takomillashtirishdan iborat.
Fan oldiga ilmiy tadqiqotni tayyorlashda metod, metodologiya,metodika tushunchalarini farqlash,ilmiy izlanish, ilmiy dalillarning o’rnini anglash, bilimdan asosiy metadologik vosita sifatida foydalanish; ilmiy tadqiqot jarayonida masalani to’g’ri qo’yish va uni hal qilish texnologiyasini bilish ilmiy tadqiqotda axboroy va axborot texnologiyalaridan foydalanishning zarurligi anglatish vazifalari qo’yilgan.
Fan doirasida o’rganiladigan asosiy masalalar magistrantlarda ilmiy ish olib borish yuzasidan asosiy bilimlarni shakllantirish, tilshunoslik

terminlarini o’zlashtirish,lingvistik masalalarning tahlil qilinishi va yoritilishi keng qo’llaniladigan metod hamda usullarni o’rganish, mavzu doirasidagi muammoning hal qilinishi borasida muhim ahamiyat kasb etadi.


  1. Ma’ruza mashgʻulotlar boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalar


Ma’ruza mashgʻulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi: 1/ Olamning ilmiy manzarasi. (2 soat)
2/ Ilmiy tadqiqot va uning mohiyati. (2 soat)
3/ Ilmiy tadqiq jarayoni va uning tarkibiy qismlari. (2 soat)
4/ Ilmiy tadqiqotda qisqartma, havola va bibliografik ma’lumotlarni berish. (2 soat)
5/ Asosiy metodologiy yondashuvlar va tamoyillar. (2 soat) 6/ Lingvistik metod va metodologiya. (2 soat)
7/ Tilshunoslikdagi asosiy paradigmalar. (2 soat)

  1. Yüklə 68,59 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin