Ma’lum bir tashkilot, muassasa yoki korxona oldida turgan asosiy vazifa va kundalik masalalarni hal etish, bajarish maqsadida qabul qilinadigan hujjatlar farmoyish hujjatlari deyiladi. Rasmiy faoliyatda farmoyish hujjatlarning buyruq, farmoyish, ko‘rsatma, topshiriq kabi turlari keng qo‘llaniladi. Masalan, tibbiyot kollejining oldida turgan asosiy vazifa malakali o`rta tibbiy xodimlarini tayyorlashdir. Buning uchun kollej direktori o`ziga berilgan vakolatdan foydalanib, avval xodimlarni ishga olish haqida buyruq qabul qiladi. So`ngra o`quvchilarni qabul qilish haqida buyruq chiqaradi. Buyruqda o‘sha asosiy vazifani qachon va qay yo‘sinda bajarish ko‘rsatilad. Uni bajarishga mas’ul bo‘lgan shaxslar tayinlanadi.
Bu kabi hujjatlar loyihasi tegishli mutaxassislar, huquqiy maslahatchi, bosh hisobchi bilan kelishilgan holda tayyorlanadi. Lozim hollarda esa kasaba uyshmasi raisi, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi kabi boshqa mas’ul shasxlar ham jalb etilishi mumkin.