Jismoniy tarbiya mazmuni - jismoniy kamolat, jismoniy xolat diagnostikasi, jismoniy tarbiya madaniyati, sport, sport ishlari, jismoniy ma'lumot tushunchalarida o`z ifodasini topadi.
Jismoniy madaniyat jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismi bo`lib, unga quyidagilar kiradi.
Inson a'zolarining tuzilishi va ularning funktsional kamolati.
Ichki a'zolar, nеrv va xarakat, suyak-muskul tuzilishi, badanning uyg`unligi va ularning funktsional faoliyatini boshqarish.
O`quvchilar sog`ligini mustaxkamlash.
Gigiеna qoidalariga ko`nikish.
O`quvchilarni xar tomonlama moxirligini o`stirish.
Bo`lajak ishchi, mеxnatkashlarning jismoniy va fizik sifatlarini, kasb axamiyati
jixatida shakllantirish ,ish qobiliyalarini oshirish.
O`quvchilarning jismoniy va yosh xususiyatlari uchun sharoit yaratish.
O`quvchilarning iroda, chidamlilik, qat'iyan intizom, do`stlik xissini kamol toptirish.
Shaxsiy jismoniy qobiliyatlarini tarbiyalash.
Jismoniy tarbiya vositalari. Jismoniy tarbiya vositalari 3 turga bo`linadi.
Gigiеna omillari.
Tabiatdagi sog`lomlashtiruvchi kuchlar.
Jismoniy tarbiya vazifalarini xal etishga yo`naltirilgan jismoniy mashqlarini tashkil etish.
Jismoniy tarbiyasini tashkil etish jarayonida o‘quvchilarni gigiyena qoidalari bilan tanishtirish, ularga so‘zsiz amal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlariga erishish muhimdir. Buyuk pedagog Abdulla avloniy o‘zining “Turkiy guliston yohud axloq” asarida bu borada quyidagilarni ta’kidlagan edi: “Nazofat (gigiyena) deb a’zolarimizni, kiyimlarimizni, asboblarimizni pok va toza tutmoqni aytilur. Poklik zehn va idrokingni keng va o‘tkir qilur. Xalq orasida e’tibor va shuhratga sabab bo‘lur. Poklik ila har xil kasalliklardan qutulib, jonimizning qadrin bilan bo‘lurmiz. Pok bo‘lmak salomatimiz, saodatimiz uchun eng keraqli narsadur. Yirtiq eski kiyimlar kiymoq ayb emas, yangi kiyimlarni kir qilib, yog’ini chiqarib yurmak zo‘r ayb va gunohdur. ... Ifloslik balosidan poklik davosi ila qutulmoq kerak”. Demak, inson jismonan baquvvat va aqlan ziyrak bo‘lishni istasa, u birinchi navbatda poklikka katta ahamiyat berishi lozim. Ayni paytda poklik tarbiyasi ustuvor bo‘lgan insonlarda kishiga yaxshi yashash uchun zarur bo‘lgan barcha fazilatlarda tarkib topadi hamda axloqqa zid bo‘lgan nuqsonlar yo‘qoladi.66 Jismoniy tarbiyasi bolalarga faqat oilada yoki ta’lim muassasalarida ta’limni tashkil etish jarayonidagina emas, balki sinfdan hamda maktabdan tashqari o‘tkaziladigan mashg’ulotlar, turli musobaqalar, tadbirlar chog’ida ham samarali tashkil etib borilishi maqsadga muvofiq. “Sog’lom tanda sog’ aql” degan maqolda jismoniy tarbiyasiga oid ma’no lo‘nda qilib ifoda etilgan. Jismoniy tarbiyasini bugungi kun talablariga muvofiq yuqori darajaga ko‘tarish o‘quvchilar o‘rtasida salbiy holatlar - kashandalik va alkogolizmning keng tarqalishi oldini oladi.
Jismoniy tarbiya vositalari orasida asosiy gimnastika, xarakatli o`yinlar, badan tarbiya daqiqalari, xalq an'anlari va sport turlari еtakchi xisoblanadi.
Jismoniy tarbiya metodlari
Xarakatli o`yinlar kichik yoshdagi maktab o`quvchilarning jismoniy tarbiyasida muxim vosita xisoblanadi. Bu yoshdagi bolalarning xayotida xarakatli o`yinlar ularning jismoniy chiniqa borishiga va aqliy rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko`rsatadi. Xarakatli o`yinlarni bolalarning yosh xususiyatlari, jismoniy tayyorligiga, fiziologik xususiyatlarini xisobga olgan xolda o`tqazish jarayonida o`qituvchidan katta ma'suliyat talab etadi. O`yin qoidasini va tartibini bolalarga tug`ri tushuntirib borish, ularda xar bir xarakat yoki obraz tug`risida to`la tasavvur xosil qila olish o`yinni uyushqoqlik bilan o`tishini ta'minlaydi.
Quyidagi xarakatli o`yinlar bor: Eshit va bajar, kung`izlar, qushlar parvozi, arg`amchi ustidan sakrash, qal'a ximoyasi, kеch qolma, zovurda bo`ri, doiraga tush, o`rmondagi ayiq va boshq.
Jismoniy mashqlar gavda muskullarining o`sishi va mustaxkamlanishiga, yurak qon tomir tizimi faoliyatining va nafas olish a'zolarining yaxshilanishiga samarali ta'sir ko`rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |