125
bilan boyitadi. Keyinchalik bu yerda yo‘sinlar o‘sa boshlaydi. Lishayniklar va
yo‘sinlar bilan bir vaqtda bu hududda hasharotlar, o‘rgimchaklar
va boshqa
umurtqasizlar yashay boshlaydi. Shundan so‘ng shamol yordamida bir yillik
va ko‘p yillik o‘tlarning tarqalishiga imkon yaratiladi. Tuproq tarkibida qoldiq
moddalar miqdori, umurtqasiz hayvonlar va shu bilan bir paytda turli xil
xordalilar tipi vakillari bo‘lgan qushlar, sutemizuvchilar xilma-xilligi ham ortib
boradi.
Dastlab butalar, so‘ngra daraxtlar paydo bo‘ladi, hayvonot dunyosi
boyib boradi. Shu yo‘l bilan o‘rmon paydo bo‘ladi. Birlamchi suksessiyada
o‘simliklar asosiy rol o‘ynaydi, chunki ularning faoliyati tufayli tuproq tarkibi
o‘zgaradi, mineral moddalar bilan boyib boradi.
Ikkilamchi suksessiya
populatsiyalar o‘rtasidagi munosabatlar buzilgan
hududlarda kuzatiladi. Ikkilamchi suksessiya yong‘in, qurg‘oqchilik,
o‘rmonlar kesilishi yuz bergan hududlarda populatsiyalar o‘rtasida mu no-
sabatlarning qayta tiklanishi oqibatida yuz beradi.
Bunday turdagi suk-
sessiyalarda rivojlanish birlamchi suksessiyaga nisbatan tez kechadi, chunki
tuproqda o‘simliklarning
yer ostki organlari, sporalar, karaxt hol dagi
havyonlar saqlanib qolgan bo‘ladi. Ikkilamchi
suksessiyalarning amalga
oshishi ko‘pincha inson omili ta’sirida sodir bo‘lgani uchun ham ularni
antropogen suksessiya deb atash ham mumkin.
Shunday qilib, suksessiyalar natijasida sayyoramizda turli darajadagi
biologik xilma-xillik vujudga keladi.
Dostları ilə paylaş: