123
Ekosistemalar turg‘unligini uning tarkibiga kiradigan organizmlar o‘rtasidagi
trofik aloqalarning xilma-xilligi ham belgilaydi. Turlar soni kam bo‘lgan ekosiste-
ma lar barqaror bo‘lmaydi. Biogeotsenozlarning tarkibida
turlar qanchalik xilma-
xil bo‘lsa, ularning turg‘unligi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Tashqi muhit
sharoitlarining o‘zgarishi avvalgi muhitga moslashgan organizmlarni qirilishiga
olib keladi. Ekosistema tarkibida populatsiyalar genetik jihatdan qanchalik xilma-
xil bo‘lsa, ularda tashqi muhitning o‘zgargan sharoitlariga
nisbatan moslanish,
yashab qolish va organizmlarni sonini tiklash uchun imkoniyat shunchalik ko‘p
bo‘ladi. Populatsiyalarning o‘zini tiklab olishi uchun talab qilinadigan vaqt
organizmlarning ko‘payish tezligi bilan belgilanadi. Ekosistemalarning o‘zini
o‘zi boshqarish va dinamik muvozanatni saqlash xususiyati gomeostaz deb
ataladi. Ekosistema gomeostazi uning tarkibidagi turlarning
soni va tarkibining
doimiyligi bilan ifodalanadi. Insonning omil sifatida oziq zanjirlariga salbiy
ta’siri ekosistemadagi organizmlar sonining ko‘payishi yoki kamayishiga olib
keladi, natijada ekosistemaning gomeostaz holati buziladi.
Tashqi muhit sharoit
va turlar sonining o‘zgarishi hamda ayrim turlarning yo‘qolishi yoki yangi
turlarning qo‘shilishi, biogeotsenozlar turg‘unligining buzilishiga yoki boshqasi
bilan almashinishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: