1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


Biogeotsenozlarning almashinuvi



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Biogeotsenozlarning almashinuvi. 
Ma’lum vaqt oralig‘ida biogeotsenoz-
larda o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkin. Muhitdagi abiotik va biotik omillar 
ta’siri natijasida, ekosistema tarkibiga kiruvchi populatsiyalar soni kamayib 
boradi. Vujudga kelgan yangi sharoitlar ularning hayot kechirishi uchun noqulay 
hisoblanadi. Natijada tabiiy tanlanish tufayli bu populatsiyalar qisqarib, ular 
o‘rniga shu muhit sharoitiga moslashgan populatsiyalar paydo bo‘ladi. Bu esa bir 
biogeotsenozning turlar tarkibi bilan farq qiluvchi boshqa bir biogeotsenoz bilan 
almashinuviga olib keladi. Biogeotsenozlarning ma’lum vaqt davomida boshqa 
bir biogeotsenozlar bilan almashinish jarayoni biogeotsenozlar almashinuvi yoki 
suksessiya deb ataladi. 
Suksessiya 
(lotincha «successio» – o‘rin almashish) –
 
ma’lum hududdagi 
ekosistemalarning inson va tabiat omillari ta’sirida izchillik bilan boshqa 
ekosistemalarga almashinishi. Suksessiyalar birlamchi va ikkilamchi bo‘ladi. 
Birlamchi suksessiyalar
tuproq va o‘simliklar mavjud bo‘lmagan 
joylarda kuzatiladi. Masalan, vulqonlar otilgan maydonlarda, qum tepaliklarda 
va qoyalar yuzasida sodir bo‘ladi. Ma’lum izchillikda davom etadigan 
jarayonlar natijasida barqaror biogeotsenozlar hosil bo‘ladi. Bir-biri bilan 
almashinadigan ekosistemalar 
suksessiya
ketma-ketligi
yoki 
biogeotsenozlar 
qatori
deb ataladi. Bu qatordagi ekosistemalar rivojlanayotgan ekosistemaning 


124
dastlabki bosqichlari hisoblanadi. Jamoalar va atrof-muhit bilan o‘zaro 
muvozanat holati ta’minlangan ekosistemalar klimaks bosqichidagi 
ekosistemalar deb ataladi. Klimaks bosqichigacha rivojlanish uzoq vaqt 
talab etadi (bir necha yuz yoki ming yillik). Yetuk klimaksli ekosistemalar 
tashqi muhit omillariga nisbatan yuqori barqarorlikka ega. Ekosistemada 
qanchalik turlar soni ko‘p va ular o‘rtasidagi trofik munosabatlar murakkab 
bo‘lsa, ekosistema shunchalik barqaror va turg‘un bo‘ladi. Turlar soni ko‘p 
bo‘lgan biogeotsenozlarda konsumentlar uchun oziq resurslar turi xilma-xil 
bo‘ladi, bir turdagi oziqning yetishmovchiligi yoki yo‘qolishi katta xavf 
tug‘dirmaydi, chunki konsumentlar boshqa oziq bilan ham oziqlanadi. Bu 
esa individlarni soni kamaygan turlarning o‘zini qayta tiklashiga imkon 
yaratadi. Muhit sharoitlari o‘zgarganda ham shu usulda oziq resurslari va
uning iste’molchilari o‘rtasida muvozanat saqlanadi.
Moddalar va energiyaning aylanishi to‘liq muvozanatlashgan, ya’ni 
bir turdagi organizmlarning hayotiy mahsulotlari boshqasi tomonidan 
o‘zlashtiriladigan kli maksli ekosistemalar tashqi muhitning muayyan ta’sirlariga 
nisbatan turg‘un va barqaror bo‘ladi. Klimaksli ekosistemalarga tayga, tundra, 
dasht misol bo‘ladi.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin