120
ekosistemalar inson tomonidan doimiy nazoratni talab etadi. Faqat ayrim
turdan iborat maxsus ekosistemadan (masalan, g‘o‘zadan) vaqtinchalik
iqtisodiy foyda olish mumkin. Ammo juda katta maydonlardagi g‘o‘za
monokulturasi tuproq strukturasining buzilishiga, uning sho‘rlanishiga,
zararkunandalarning ko‘payishiga va natijada ekosistemaning buzilishiga
olib keladi. Almashlab ekishni qo‘llash, ekologik jamoaga qo‘shimcha
tarkibiy qismlarni, masalan, biologik kurashda ishtirok etadigan organizmlar –
entomofag (hasharotxo‘r), changlantiruvchi asalarilarni qo‘shish, ekologik
sistemaning stabillashuviga yordam beradi.
Cho‘l, o‘tloq, dasht kabi yaylov sifatida foydalaniladigan tabiiy
ekosistemalarning mahsuldorligini oshirish uchun serhosil o‘tlar ekish,
o‘g‘itlash va tuproqni sun’iy sug‘orish usullaridan foydalanish mumkin.
Agrosenozlarning iqtisodiy samaradorligini yanada oshirish uchun ekinlarga
ishlov berishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, yangi
o‘simlik navlari va ularning duragaylarini yaratishda genetik injeneriya va
biotexnologiya usullaridan foydalanish zarur.
Dostları ilə paylaş: