1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


Hayvonlarning harakat organlari evolutsiyasi



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Hayvonlarning harakat organlari evolutsiyasi. 
Ko‘pchilik hayvonlarda 
tana shaklini saqlash, himoya qilish va harakatni ta’minlovchi turli xildagi 
tayanch sistemalar mavjud. 
Bir hujayrali va umurtqasiz hayvonlarda ichki, gidrostatik va tashqi 
skelet bo‘ladi. Murakkab tuzilishga ega ichki skelet bir hujayrali dengiz 
hayvonlarida bo‘ladi. Uning skeleti hujayra markazidan chiquvchi ignaga 
o‘xshash bo‘lib, kremniy oksididan tuzilgan. Bu ichki skelet organizmni 
zararlanishdan saqlash va suvli muhitda harakatlanishga imkon beradi. 
Koloniya holda yashovchi korall poliplarida ichki skelet bo‘lib, ular ohakdan 
tuzilgan. Koloniyani tashkil etadigan har bir polip dengiz suvidagi tuzlardan 
nina shakldagi ichki skeletni hosil qiladi. Natijada ko‘p sonli poliplardan 
iborat koloniya ichida zich va qattiq tayanch vazifasini bajaradigan skelet 
paydo bo‘ladi.


212
Gidrostatik skelet umurtqasiz hayvonlar, masalan, to‘garak va halqali 
chuvalchanglarda uchraydi. Uning tanasida alohida to‘qima suyuqligi bo‘lib, 
muskullarga bosim ko‘rsatadi. Mazkur bosim ta’sirida muskullar qisqaradi 
va chuvalchang harakatlanadi (68-rasm).
Tashqi skelet bo‘g‘imoyoqlilarda uchraydi. U teri hujayralarining hosilasi 
bo‘lib, xitindan iborat. Shu sababli ular xitin qoplami deyiladi.
Tashqi skeletning harakatda ishtirok etadigan ayrim qismlari, tana 
bo‘limlarining bo‘g‘imlarida xitin qoplami yumshoq bo‘ladi. Bo‘g‘imlarning 
harakati xitin qoplamiga birikkan muskullarning qisqarishi orqali ta’minlanadi.
Xitin qoplami bo‘g‘imoyoqlilarning tanasidan suv yo‘qotilishining oldini 
oladi. Shunday qilib, bo‘g‘imoyoqlilarning tashqi skeleti (xitin qoplami) 
tayanch va ichki organlarni himoya qilish, organizmni ortiqcha suv 
yo‘qotishdan asrash vazifalarini bajaradi.
Xordali hayvonlarda ichki skeletning, ya’ni xorda, umurtqali hayvonlarda 
esa umurtqa pog‘onasining paydo bo‘lishi hayvonlar evolutsiyasidagi yirik 
aromorfozlardan biri sanaladi.
 
Tirik organizmlarning muhim xususiyatlaridan biri harakatlanish sanaladi. 
Harakatlanish tufayli hayvonlar dushmandan himoyalanadi, oziq izlab 
topadi, naslini himoya qiladi. Evolutsiya jarayonida tayanch organlarining 
takomillashuvi bilan bir qatorda harakat organlari ham taraqqiy etgan. 
Hayvonlarning harakatlanishi maxsus qisqarish xususiyatiga ega bo‘lgan 
muskullarning bo‘lishi bilan bog‘liq. Bir hujayrali sodda hayvonlar 
sitoplazma o‘simtalari, xivchinlar va kiprikchalar yordamida harakatlanadi. 
Tuban ko‘p hujayralilar, masalan, bo‘shliqichlilarda maxsus harakat 
organlari bo‘lmaydi. Ular ektoderma qavatidagi teri-muskul hujayralari, 
entoderma qavatidagi hazm qiluvchi hujayralaridagi muskul tolachalarining 
qisqarishi hisobiga harakatlanadi. 
Chuvalchanglarning teri-muskul xaltasida halqasimon va bo‘ylama 
muskullar rivojlangan. Ko‘p tukli halqali chuvalchanglar tanasining har bir 
segmentida maxsus harakat organlari – muskulli o‘simtalar (parapodiylar) 
shakllangan. Molluskalarning muskulli oyoqlari mavjud. Bo‘g‘imoyoqlilarda 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin